O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Doimiy xotira
. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan 
doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy 
sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham 
u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC 
kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion 
sistemasini boshlanQich yuklanishini ta‘minlash, qurilmalarga xizmat 
ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. 
Kesh xotira
. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun 
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning 
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha 
tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi 
nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga 
murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. 
Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha 
kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. 
PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi. 
Videoxotira. 
Videoxotira 
monitor 
ekraniga 
Videoma‘lumotlarni 


(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, 
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning 
uchun Videoxotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. 
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi. 
Shina
. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi electron sxemalar 
mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar 
mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb 
ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan 
aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir 
qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi electron 
plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi 
kompyuterlar ta‘mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiqish 
va o`zgartirish imkoniyatini beradi. Sistema platasi kompyuterning asosiy 
platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, 
shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba‘zi bir qurilmalar, ishni 
boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham 
joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. 
Bunday shinalarning ma‘lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali 
kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Kompyuterda kiritish-
chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa 
qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va 
boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari 
parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, 
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. 
Monitor
. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni 
tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u 
televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. 
Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman 
aytganda zararli, shuning uchun ham ba‘zi kompyuterlarda past radiatsiya 
(Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga 
ta‘siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi 
yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER VideoGrafic Adapter-katta 
Videografik adapter) monitorlarda nurlarning ta‘sirini ancha kamaytirilishiga 
erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning 
tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va 
vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda 
tasvirlash qobiliyati 800×600, 15 dyymli monitorda 1024×768, 17 dyymli 
monitorda 1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan 
tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar 
(nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga 
teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan 
monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez 
ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez 


ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari 
ham mavjud. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin