O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə356/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

MMX Pentium protsessori
. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 
1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication 
Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor 
matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa, 
keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala 
boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda 
ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, 
tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, 
multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta‘minlashdan iborat. Bu amallar 
qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni 
tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish 
amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq 
bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni 
talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni 
yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama 
ustunligini ko`rsatadi. 
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata 
olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS 
sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari 
ko`proq 
bo`lgan 
programmalarni, 
xususan 
WINDOWS 
3.1,3.11 
programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 
16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 
2000 operatsio sistemasida ishlash uchun, Foto‗Shop, Corell Drawe va boshqa 
hozirgi zamon programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va 
PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi 
protsessorlar va programma mahsulotlarini paydo‗bo`lishi bilan yil sayin oshib 
boradi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin