avtomat o‗chirish funksiyasini ishlatishni ko‗rsataman. Qanday qilib
kompyuterni avtomat o‗chirish mumkinligini 2 usulini yoritib beraman.
Birinchisi «komandnaya stroka» orqali, ikkinchisi grafika orqali. Birinchi usuli
Windows operatsion tizimining boshqa versiyalarida ham ishlaydi,
grafik usuli
esa Windowsning boshqa versiyalarida boshqacha ko‗rinishga ega bo‗lishi
mumkin. Windows operatsion tizimida kompyuterni o‗chirishga, «shutdown»
komandasi javob beradi. Bu komanda bilan birga bir necha kalit harflarni ham
berish mumkin. Demak boshladik.
1-usul: PUSK -> Programmi -> Standartnie -> Komandnaya stroka, yoki PUSK
-> Vipolnit -> cmd
Bu qora ekranga quyidagi komandani berib, shutdown komandasining barcha
kalit harflarini ko‗rib olishimiz mumkin.
C:\> shutdown /?
Biz uchun eng muhim 3
ta kalit harf mavjud, bular:
S — kompyuterni o‗chirish(aktiv dasturlar bo‗lsa ham).
T — nechi soniyadan so‗ng o‗chirish kerakligini berish
A— o‗chirishni bekor qilish
davom etamiz, kompyuterni avtomat o‗chirish uchun, quyidagi komandani qora
ekran(cmd)ga yozamiz.
C:\> shutdown -s -t 3600
Bu komanda orqali biz, operatsion tizimga, 1 soatdan so‗ng
kompyuterini
o‗chirishimiz kerakligini bildirmoqdamiz(vaqtni istalgancha o‗zgartirishimiz
mumkin, faqat sekundda berish lozim). Shundan so‗ng hisoblagich ishga tushadi
va 1 soatni hisoblashni boshlaydi. Bu komandani bekor qilish uchun quyidagi
komanda beriladi. C:\> shutdown -a
Dostları ilə paylaş: