sozlashlar eng quyi pog‗onaga tegishlidir. Shu sababli bunga barcha dasturiy
vositalar ta‘sirchandir. BIOS SETUPning ba‘zi bir ko‗rsatkichlarining o‗zgarishi
kompyuterning ishonchli ishlashini kamaytiradi yoki umuman kompyuterni
ishdan chiqaradi. BIOS ning optimal sozlanishini saralash – bu xavfsiz interfaol
jarayon emas. «Bo‗sh» kompyuter uchun BIOS SETUP ni sozlash uncha xavfli
emas. Agar ishlab turgan tizimda BIOS SETUP ko‗rsatkichlari o‗zgartirilsa,
kompyuterda mavjud bo‗lgan barcha axborot tahdid ostida qolishi mumkin.
Ishlab turgan kompyuterni BIOS SETUP vositasi
yordamida sozlashdan oldin
zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni tashqi ma‘lumot tashuvchilarga (yoki local
tarmoqning
tarmoq
diskiga)
zaxirali
nusxalashni
bajarish
kerak.
Alohida sozlashlarni yoki o‗zaro aloqador sozlash guruhini o‗zgartirishlarni
mustaqil bosqich sifatida qarash kerak. Har bir bosqichni bu sozlashlar tizimga
qanday ta‘sir ko‗rsatganini tekshirish bilan tugatish lozim. Ba‘zi bir
o‗zgartirishlarning oqibatlari darhol ko‗rinmaydi. O‗zgartirishlar haqidagi
protokolni
bir
necha
kun
saqlash
maqsadga
muvofiq
bo‗ladi.
Agar muammolar hosil bo‗lsa, ularni ma‘lum joyda to‗xtatish va
tuzatish imkoni
bo‗ladi.
BIOS SETUP interfeysi. SETUP vositalarini faollashtirish uchun kompyuterni
yuklashning dastlabki bosqichida klaviaturadan aniq bir tugmani (ko‗pincha
DELETE tugmasini) bosish kerak. Uni kompyuter o‗zini testlayotgan vaqtda
bosish
qulaydir.
SETUP vositasi interfeysi ko‗p pog‗onali menyu ko‗rinishida bajarilgan BIOS
SETUP dasturining asosiy menyusi. bog‗liq. Yuqori pog‗ona
menyusining
bandlari kursorni boshqarish tugmalari bilan tanlanadi. ENTER tugmasini
bosganda aniq sozlashlarni va navbatdagi pog‗onaning menyusini saqlagan
keyingi pog‗onaning menyusi ochiladi. Ko‗rsatkichlarning qiymati PAGE UP va
PAGE DOWN tugmalari yordamida o‗zgartiriladi, yuqori pog‗onaning
menyusiga qaytish uchun esa ESC tugmasidan foydalaniladi.
Yuqori
pog‗onadagi menyu tarkibiga standart sozlashlarni saralash va ularni saqlashni
(yoki uni rad etishni) ta‘minlovchi buyruqlar kiradi. Bu buyruqlarni tasdiqlash
uchun
Y tugmasini, undan keyin esa ENTER tugmasini bosish kerak. ENTER
yoki ESC tugmalari darhol bosilganda buyruq bekor qilinadi. BIOS ning har xil
versiyalarida buyruqning aniq ifodalanishi farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: