Kirish
Ushbu fan o‘zida shaxsiy kompyuter va ofis qurilmariga xizmat
ko‘rsatish, SH.K. qismlarini almashtirish va ta‘mirlashning kasbiy bilimlarini
mujassam etganligi bilan muhim va aktualdir. Bunda shaxsiy kompyuter va ofis
qurilmari vazifasining asosiy prinsiplari alohida yoritilgan.
Qurilmalarni
modernizatsiya yoki almashtirishda nafaqat ularga xizmat ko‘rsatish, balki yangi
qurilmalarnio‘rnatish prinsipi ham tushuntiriladi. O‘quvchilar uchun ushbu
fanning o‘qitilishini yakuni sifatida shaxsiy kompyuter qismlarini yig‘ish,
modernizatsiya qilish, qismlarni almashtirish ko‘nikmalari, shu bilan birga turli
ofis qurilmalarini o‘rnatish va sozlash ko‘nikmalarini egallash hisoblanadi.
Fanning maqsadi: Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalarini ta‘mirlash va texnik
xizmat ko‘rsatish- Ushbu fan kompyuterning tashkil etuvchilarini va ularga
umumiy texnik ko‘rsatishni, SHK qo‘llanilishiga
qarab uning komponentlarini
tanlashni o‘rganadi. SHK dan tashqari ushbu fan turli xildagi ofis qurilmalarini,
ularni o‘rnatishni, sozlashni hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘rganadi.
Ushbu fanda SHK vazifasi va SHK tashkil etuvchilarini asosiy prinsiplari bayon
etilgan, shuningdek, eski qurilmalarni almashtirish yoki shikastlanganlarini
qayta tiklash usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Turli xildagi ofis jihozlari, printer, KFQ,
laminatorlar, shrederlar, plotterlar, shuningdek xavfsizlik
sistemasi elementlari
ko‘rib chiqilgan. SHK ni yig‘ish asoslari, eski va zamonaviy kompyuterlarni
modernizatsiya qilish, turli printer va KFQ larning ulanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Buyurtma-tahlil, narx/sifat/unumdorlik prinsiplari bo‘yicha SHK tashkil
etuvchilarining tanlash prinsiplari tushuntirilgan.
Oxirgi bir necha yillar
kompyuter bozorida paydo bo‘lgan yangi texnologiyalar , ularning vazifa
prinsiplari , o‘rnatish va nosozliklarning asosiy muammolari, shuningdek ushbu
qurilmalarning ta‘mirlanishi ko‘zda tutilgan. Texnik xizmat ko‘rsatish
dasturiy
xizmat ko‘rsatish majmuasi bilan beriladi.
Dostları ilə paylaş: