1-Tema:
Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari
Reja:
1.
Kompyuterdan foydalanishdagi talablar
2.
Kompyuter xonasida qo‘yiladigan taqiqlar
3.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud.
Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga
mosligini tekshirish
kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida
ishlashi mumkin. Barcha ta‘lim muassasalarining «Informatika
va axborot
texnologiyalari» xonalari va ularni jihozlash uchun talablar
«Ta‟lim
muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni
tibbiy ko‟rikdan o‟tkazish tartibi
to‘g‘risida nizom» (ro‘yxat raqami 2387,
2012 yil 29 avgust) (O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‟plami,
2012 y., 35-son, 407-modda)
asosida amalga oshirilishi lozim.
Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida
quyidagilar taqiqlanadi:
kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulash yoki
o‘chirish;
kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga
tegish;
kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali
idishlarni ochish va ishlatish;
nam qo‘l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash;
kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish;
kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
1.
Informatika o‘quv xonasining kengligi 6 m dan ortiq bo‘lgan
xonalarni ikki
tomonlama yoritishda balandligi 2,2 – 2,9 m dan oshmaydigan deraza bo‘lishi
lozim.
2.
Informatika o‘quv xonasining doskasi sun‘iy yoritishda ikki tomondan bir xil
uzoqlikda
va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan
lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo‘llanilishi lozim.
Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas.
3.
Informatika o‘quv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va
dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo‗sharoitida harorat
va namlikning optimal holatda bo‘lishini ta‘minlay oladigan havo‗haydovchi
shamollatish vositalari bo‘lishi lozim.
4.
Kompyuter stollariga elektr manbaining tortilishi qo‘zg‘almaydigan va
ko‘rinmaydigan bo‘lishi lozim.
5.
Informatika o‘quv xonasida yong‘in xavfsizligini ta‘minlash uchun foydalanish
muddati ko‘rsatilgan va to‘ldirilgan o‘t o‘chirgich bo‘lishi lozim.
6.
Informatika o‘quv xonasidagi sinf doskasi, ish stollari va javonlarning sathi nur
qaytarmaydigan bo‘lishi lozim.
7.
Informatika o‘quv xonasidagi zararli kimyoviy moddalarning havodagi miqdori
havo‘atmosferasining sutkalik konsentrasiyasidan oshmasligi lozim.
8.
Informatika o‘quv xonasini yerto‘lalarda joylashtirish taqiqlanadi.
9.
Informatika o‘quv xonasi doskasining chap yoki o‘ng
tomonida elektr
ta‘minotidan o‘chirib yoqish uchun qurilma bo‘lishi kerak.
10.
Kompyuterning operativ xotirasida va qattiq diskida kuller (ventilyator) bo‘lishi
kerak.
11.
Kompyuterning klaviaturasi va g‘ildirakli sichqonchasi bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: