O'qitishning asosiy maqsadlari Matematika so'zi qadimgi grekcha mathema so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi «fanlarni bilish»



Yüklə 73,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü73,3 Kb.
#209783
1   2   3   4   5   6   7
1-maruza

Rivojlantiruvchi vazifa –
bilishning psixologik jarayonlari va inson 
xususiyatlarining shakllanishida namoyon bo’ladi. Masalan, diqqat, xotira, fikrlash, 
bilish faolligi va mustaqillik, qobiliyatlar, shuningdek, aqliy faoliyatning mantiqiy 
metodlarini (tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktsiyalash v.h.) qo’llash shular 
jumlasidandir. 
Inshakltsion vazifa – 
o’qish davomida o’quvchi matematik g’oyalarning 
paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi, olimlarning tarjimayi holi, u yoki bu 
konsepsiyaga oid turli nuqtayi nazarlar bilan tanishuvdan iborat bo’ladi. Shu tariqa 
o’quvchi o’qish jarayonida yetarli darajada katta hajmdagi inshakltsiya oladi
matematikaning har xil ilovalari, matematika sohasidagi yangi kashfiyotlar bilan 
tanishadi. 
Evristik vazifa –
o’qituvchi o’qitish jarayonida o’quvchining qobiliyatini 
o’stirishga qaratilgan sharoitlarni tashkil etishi bilan izohlanadi. Shuningdek
o’qituvchi tomonidan matematikaga o’qitish paytida evristik metodlarni kiritishi va 
ulardan har xil vaziyatlarda foydalanishni o’rgatishi ham evristik vazifaga kiradi.
Oldindan ko’ra bilish vazifasi
– matematikaning bu vazifasi o’quvchilarda 
prognoz (bashorat) qilish: hal etilmagan muammolarni topish, gipotezalarni ilgari 
surish, muammoning muqobil yechimini ko’ra bilash uquvini shakllantiradi. 
Estetik vazifa – 
o’quvchilarni go’zallikka yaqinlashtirishni, ularda estetik 
didni shakllantirishni nazarda turtadi. Bu boradagi o’quv materiallari mantiqan 
izchil, tizimli va o’ziga tortuvchan (jallb etuvchi) bo’lishi kerak. 
Amaliy vazifa –
o’quvchilarni masallarni yyechishga o’rgatishdan, real 
dunyo hodisalarini matematik tadqiq qilishni shakllantirishdan, o’quv materialini 
amaliy yo’nalishga aylantirishdan iborat bo’ladi. Matematik bilimning 


rivojlanishida aniq amaliy masalalarni yyechishga intilish ehtiyoji boshlang’ich omil 
sanaladi. Matematika sohasida olg’a qarab harakatlanish ehtiyojlarning tug’ilishi 
bilan bog’liq holda izohlanadi.

Yüklə 73,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin