O'qitishning asosiy maqsadlari Matematika so'zi qadimgi grekcha mathema so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi «fanlarni bilish»


Hozirgi zamon matematikasining asosiy yo’nalishlari. Matematikaga



Yüklə 73,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü73,3 Kb.
#209783
1   2   3   4   5   6   7
1-maruza

Hozirgi zamon matematikasining asosiy yo’nalishlari. Matematikaga 
o’quv predmeti sifatida tavsif.
 
Ta’lim – bu avlodlarning avlodlarga muntazam ravishda ijtimomiy 
ahamiyatga molik tajribalarni yetkazib turishning tashkiliy jarayonidir. Bu 
tushunchadan falsafada, psixologiyada, pedagogika fanida va maktab ta’limi 
amaliyotida keng qo’llaniladi. Zamonaviy ta’lim o’quvchining o’zini-o’zi 
rivojlantirishi va o’zini-o’zi anglashini, insoniy bilimlarga intilishini, o’quvchi 
e’tibori atrof-olamga va o’ziga murojaat qilishga qaratilgan bo’lishini, hayotda o’z 
o’rnini topishga intilishini kuchaytirishga ko’maklashishga qaratilgan bo’ladi.
Matematik ta’lim
– o’quvchilar tomonidan matematik bilimlar tizimining 
egallanishi, bilish uquvi va ko’nikma asosida o’z dunyoqarashini shakllantirilishi, 
shaxsning axloqiy va boshqa sifatlarini, ijodiy kuch va boshqa imkoniyatlarini 
rivojlantirishga ko’maklashuvchi jarayon va u beradigan natijadir.
Ta’lim ikki aspektda ko’rib chiqiladi: 
–ijtimoiy (jamiyatning ta’limga talabini aks ettiradigan); 
–shaxsiy (har bir shaxsga mo’ljallangan maqsadni belgilaydigan). 


Ma’lumotli shaxsda quyidagi xususiyatlar mavjud bo’ladi: aniqlik; fikrning 
keng va egiluvchanligi; muammolarning keng doirasida mo’ljal ola bilish va ularni 
yyechishga intilish; ehtiyojning xilma-xilligi; voqealar rivojlanishini bashorat qila 
bilish va o’z faoliyatini modellashtira olish; yuqori ishchanlik. Matematik ta’limning 
asosiy maqsadi, o’quvchilarda real hayotga matematik nuqtayi nazardan qaray bilish 
uquvini, matematika va ilovasining amaliy yo’nalishlarini ko’ra bilishni 
shakllantirishdan iborat bo’ladi.
Matematik ta’limning intellektual va axloqiy qadriyatlarni shakllatirish, inson 
ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati nihoyatda katta. Matematikani o’rganish 
jarayonida matematik qobiliyat rivojlanadi, matematik ta’kidlarning go’zalligini his 
etish tuyg’usi shakllana boradi, keng tasavvur etish rivojlanadi, qat’iyatli bo’lish 
xususiyati tarbiyalana boradi, maqsad sari intilish kuchayadi, intizom hamda 
fikrlashga nisbatan tanqidiy ko’z bilan qarash mustahkamlanadi.
Zamonaviy matematik ta’limni qayta o’zgartirish tizimini quyidagilar tashkil 
etadi: 

demokratiyalashtirish (har bir o’quvchi to’laqonli matematik ta’lim olishi huquqi 
ta’minlanadi); 

oshkoralik (matematikaga o’qitishning holati hamda erishilayotgan natijalar 
to’g’risidagi ochiq va to’liq ma’lumotlarning mavjudligi); 

markazlashuvni bekor qilish (hududlar va maktablarning dasturlar va darsliklarni 
tanlash erkinligi, matematik ta’limdagi muammolarni o’zi mustaqil yyechish 
huquqi); 

realizm (matematik ta’lim sohasida real (aniq) siyosat yuritish). 

Yüklə 73,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin