Ma’lumotli shaxsda quyidagi xususiyatlar mavjud bo’ladi: aniqlik; fikrning
keng va egiluvchanligi; muammolarning keng doirasida mo’ljal ola bilish va ularni
yyechishga intilish; ehtiyojning xilma-xilligi; voqealar rivojlanishini bashorat qila
bilish va o’z faoliyatini modellashtira olish; yuqori ishchanlik. Matematik ta’limning
asosiy maqsadi, o’quvchilarda real hayotga matematik nuqtayi nazardan qaray bilish
uquvini, matematika va ilovasining amaliy yo’nalishlarini ko’ra bilishni
shakllantirishdan iborat bo’ladi.
Matematik ta’limning intellektual va axloqiy qadriyatlarni shakllatirish, inson
ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati nihoyatda katta. Matematikani o’rganish
jarayonida matematik qobiliyat rivojlanadi, matematik ta’kidlarning go’zalligini his
etish tuyg’usi shakllana boradi, keng tasavvur etish rivojlanadi, qat’iyatli bo’lish
xususiyati tarbiyalana boradi, maqsad sari intilish kuchayadi, intizom hamda
fikrlashga nisbatan tanqidiy ko’z bilan qarash mustahkamlanadi.
Zamonaviy matematik ta’limni qayta o’zgartirish tizimini quyidagilar tashkil
etadi:
–
demokratiyalashtirish (har bir o’quvchi to’laqonli matematik ta’lim olishi huquqi
ta’minlanadi);
–
oshkoralik (matematikaga o’qitishning holati hamda erishilayotgan natijalar
to’g’risidagi ochiq va to’liq ma’lumotlarning mavjudligi);
–
markazlashuvni bekor qilish (hududlar va maktablarning dasturlar va darsliklarni
tanlash erkinligi, matematik ta’limdagi muammolarni o’zi mustaqil yyechish
huquqi);
–
realizm (matematik ta’lim sohasida real (aniq) siyosat yuritish).
Dostları ilə paylaş: