Quvib o‘tishda avtomobilni boshqarish Yo‘l harakati qoidalariga asosan quvib o‘tish deganda avtomobilni egallagan harakatlanish bo‘lagidan chiqib oldindan ketayotgan transport vositandan o‘zib ketishi tushuniladi.
Quvib o‘tish murakkab manevr bo‘lib haydovchini o‘z vaqtini yo‘qotmaslik va ko‘zlagan manziliga tezroq etib olishi istagi maqsadida sodir bo‘ladi.
Quvib o‘tishni ikki turga ajratish mumkin (tugallanmay qolgan quvib o‘tishni hisobga olmaganda):
Avtomobil egallab turgan harakatlanish bo‘lagidan chiqib oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tadi va shu harakatlanish bo‘lagida harakatni davom etiradi-sodda quvib o‘tish( 38-rasm).
Avtomobil egallab turgan harakatlanish bo‘lagidan chiqib oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tadi va keyin yana o‘zining avval harakatlangan harakat yo‘lagiga qaytib o‘tadi-murakkab quvib o‘tish
Sodda quvib o‘tish turida oldinda harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan tez harakatlanayotgan birinchi avtomobil yondagi harakatlanish yo‘lagida avtomobil bor-yo‘qligini orqani kuzatish ko‘zgusi orqali kuzatib boradi va orqadan kelayotgan avtomobilga halaqit bermasligiga ishonch hosil qilganidagina quvib o‘tishga kirishadi. Quvib o‘tish jarayonini boshlangunicha haydovchi birinchi bilan ikkinchi avtomobil orasida ma’lum bir xavfsizlik oralig‘ini (X1) saqlashi kerak bo‘ladi. Bunday quvib o‘tishlar bir tomonga harakatlanish yo‘lagi ikki va undan ortiq bo‘lganda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston avtomobil yo‘llariNIng 70% dan ko‘proq qismini ikki tasmali, ya’ni harakatlanish yo‘lagi ikkita bo‘lgan yo‘llar tashkil etadi. SHuning uchun bunday yo‘llarda asosan murakkab quvib o‘tish jarayoni amalga oshiriladi. Bu usul harakatlanish yo‘lagi ikkitadan ko‘p bo‘lgan hollarda ham juda ko‘p takrorlanadi.
1.1. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
Vaqt: 80 daqiqa
O`quvchilar soni: _____ nafar
O`quv mashg`ulotining shakli va turi:
Nazariy - yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’ulot.
O`quv-mashgulotining rejasi
1. Transport vositasidan foydalanishga imkon berish shart bo‘lgan holatlar.