O'qituvchi: Ernazarov A. E. Reja



Yüklə 19,19 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü19,19 Kb.
#200287
  1   2   3   4   5
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratish texnologiyasi


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ikkinchi va kechki ta'lim fakulteti BI- K- 123 guruh talabasi Utepova Mafruzaning iqtisodiyotda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari fanidan “Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratish texnologiyasi” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
O'qituvchi: Ernazarov A.E.
REJA:
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tuzilmasi
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli

Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi – tashkilotning maqsadidan kelib chiqadigan talablarga mu-vofiq axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo‘ljallangan standart protseduralar xodimlar, dasturiy vosi-talar, asbob – uskuna, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan majmuidir.
Mazkur tizim birgalikda harakat qiluvchi kompyuterlar va telekommunikatsiyalar, kompyuter axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab – quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINING TASNIFI
Axborot tizimi tushunchasi ko‘p kirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot texnologiyasi qo‘llanilayotgan ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi. Axborot tizimini to‘liq va har tomonlama bilish uchun uning o‘ziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda kuyida axborot tizimini har bir qator belgilariga ko‘ra tasniflash variantlari ko‘rib chiqiladi:
avtomatlashtirish darajasi
qo‘llanilish sohalari bo‘yicha
boshqaruv tizimidagi darajasi bo‘yicha va hokazo
boshqarish jarayonining turlari bo‘yicha
qo‘llanilish yo‘nalishi bo‘yicha
boshqarish ob’ektining ishlash sohasi bo‘yicha
Axborot tizimining tasnif belgilari ichida ularning qo‘llanish sohalari asosiy hisoblanadi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va noavtomatlashtirilgan (an’anaviy) boshqarish tizimlari o‘zaro farqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) uzining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga ol-masa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnolo-giyalarni boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu spesifikasidan kelib chikib avtomatik bo‘lolmaydi.
Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgar-tirib boriladi), ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlab topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi mumkin, bu tizimni boshlangach axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar).

Yüklə 19,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin