O'qituvchi: Ernazarov A. E. Reja


Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha



Yüklə 19,19 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü19,19 Kb.
#200287
1   2   3   4   5
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yaratish texnologiyasi

Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha
Umumdavlat va tarmoq-lararo boshqarish organlari, tarmoq va hududiy boshqarish organlari, tashkilotlarining axborot tizimlariga ajraladi.
Tegishli organning avtomatlashtirish va ishlash maqsadlariga bog‘liq holda umumdavlat va tarmoqlararo axborot tizimlari nomla-nishda muayyan farqlarga ega.
Davlat va tarmoqlararo boshqarish organlariga axborotni qayta ishlash tizimlari, ma’lumotlar bazasi va banki, ekspert va axborot-izlash tizimlari kiradi, ular davlat xokimiyati organlari va boshqaruv, tarmoqlararo organlar ishini ta’minlaydi.
Tarmoqlararo avtomatlashgan axborot tizimlari milliy iqti-sodni boshqarish organlarining (bank, moliya, statistika, ta’minot va boshqalar) ixtisoslashgan tizimidir. Ular o‘z tarkibida qudratli hisoblash komplekslari, tarmoqlararo ko‘p darajali avtomatlashgan axborot tizimlariga ega bo‘lib, iqtisodiy va xo‘jalik bashoratlarini, davlat byudjetini ishlab chiqish, xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlari faoliya-ti natijalarini nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi.
Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun axborot tizimlarini tuzilmalarining bo‘g‘inliligidan kelib chiqib ajratish mumkin: vazirlik (idora, konsern, assotsiatsiya, xolding) axborot tizimlari – birlashma – korxona.
Agar korxonaga ishlab chiqarish, sex, brigada kabilar majmuasini namoyon etuvchi tizim deb qaralsa, bu darajalarning har birida axborot texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Ularning har birida tegishlicha axborot tizimlari ham paydo bo‘ladi. Bu pog‘onada quyi, asosiy element asosiy ish joylarida axborot texnologiyalaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bu holda «avtomatlashgan ish joyi» (AIJ) tushunchasidan foydalaniladi. Yirik korxonalar uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash integratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish yo‘li bilan, quyidagi komponentlar tarkibida amalga oshiriladi:
korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KBAAT);

Yüklə 19,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin