O’qituvchi faoliyatida nutq texnikasi va madaniyati
Shodiya Mo‘minjon qizi Mirzayeva
Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada nutq texnikasi, notiqlik san’ati, nutq madaniyati
haqida so‘z yuritiladi hamda o‘qituvchining faoliyatida nutq texnikasi qanchalik
muhim o‘rin tutishi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. Shuningdek, nutq madaniyati
bilan bog‘liq muammolar keltirib o‘tiladi va ularga yechim bo‘luvchi bir qancha
takliflar keltirib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: notiqlik san’ati, ideal notiq, nutq odobi, suhango‘ylar, nutq
texnikasi, til va nutq, nutqning ravonligi, dialektizm, varvarizm, jargon
Speech technique and culture in teacher's activity
Shodiya Mominjan kizi Mirzayeva
Urganch State University
Abstract: This article talks about speech technique, oratory art, speech culture
and gives information about the importance of speech technique in the work of a
teacher. Also, problems related to the culture of speech are mentioned and a number of
suggestions for their solutions are given.
Keywords: art of oratory, ideal speaker, speech etiquette, idioms, speech
technique, language and speech, fluency of speech, dialectism, barbarism, jargon
KIRISH. Ma’lumki, jamiyatning keajagini qurishda o‘zining katta hissasini
qo‘shuvchi insonlar o‘qituvchilardir. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning
ma’naviyatini o‘stirishga xizmat qiluvchi hamda ularning vatanga muhabbat ruhida
tarbiyalovchi insonlar, hech shubhasiz, o‘qituvchilardir.o‘qituvchining pedagigik
mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
mustaqillikdan keyingi yillarda ushbu muammoga jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasimuhim
ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri millat tilidir.
Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o‘z ona
tiliga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh
avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati
alohida e’tibor kasb etadi. O‘qituvchining nutqiy madaniyatini shakllantirish uning
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1089
kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahamiyatga egaligi to‘g‘riisda mulohaza yuritar
ekanmiz, avvalo, notiqlik san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional
notiqlik san’ati Yunonisto, O‘rta Osiyo va Hindistonda o‘zinign uzoq tarixiga ega.
ASOSIY QISM. Tarixchi olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, notiqlik san’atiga
eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan. Qadimgi Yunonistonda
bolalarga bilim berish faylasuflarning zimmasiga yuklatilar edi. Ular notiqlik
san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘zlarining chiroyli so‘zlari, baland va
ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuri, ongiga kirib borganlar, ta;lim va tarbiyada
ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining
nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba Qadimgi
Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos,
lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’atlari bilan birga notiqlik
san’ati ham muhim san’at asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning
muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh
avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita
ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng
takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining
quyidahoi uchta qonuniyati qizg‘in takomillashtirilib, notiqning unga jiddiy e’tibor
berishi talab qilingan:
•
Tinglovchiga tushuntirish(ma’lum bir g‘oyani).
•
Tinglovchinign tafakkurini uyg‘otish(fikrini, ongini, maqsadini).
•
Tinglovchini o‘ziga jalb qilish(huzur-halovat va qoniqish hissini uyg‘otish
asosida).
Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat
bag‘ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchlariga
sadoqatli bo‘lishga, eng yaxshi insoniy fazilatlarga amal qilib, ularni doimo bajarishga,
odob va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu ularning asosiy vazifasi
hisoblanardi. Yunonistonda notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va
chiroyli nutqlari hamda noyob asarlari bialn jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan
Sokrat(Suqrot), Platon(Aflotun), Dinarx, Giperid, Gorgiy(Horgiy), Demosfen,
Kvintilian kabi namoyondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari bo‘lib
yetishganlar.
Mamlakatimizda notiqlik san’atining rivojlanishi O‘rta Osiyo madaniyati tarixi
bilan bog‘liq bo‘lib, nutq madaniyati hamisha o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib kelgan.
O‘rta Osiyoda notiqlik san’atining xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o‘sha
davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini
nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar,
voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1090
beradi. Movarounnahrda notiqlik san’ati voizlik deb atalgan. Voizlik, ya’ni va’zxonlik
“Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosini
anglatgan. “Va’z” so‘zi arab tilidan pand-nasihat ma’nosini beradi. Va’z aytuvchi, nutq
so‘zlovchi shaxs Voiz deb aytilgan. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongiga,
his-tuyg‘usiga ta’sir etish mahorati bo‘lib, qadimgi Sharqda hukmdorlar ushbu san’at
namoyondalari xizmatini yuksak darajada qadrlaganlar. IX asrdan boshlab, davlat
hukmdorlari notiqlik bilan bog‘liq barcha tadbirlarni maxsus tayyorgarlikka ega so‘z
ustalariga yuklab, ularni voizlar deb ataganlar.
Nutq madaniyati - til normalarini egallamoq, talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish, gap
tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari har xil
sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak.nutqda til - fikr almashish quroli,
o‘qituvchi qalbinign oynasi, o‘qituvchinign dars berish uslubini, pedagogic mahoratini
to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda - tildagi rang-barang vositalar o‘z ifodasini
topsa, bunday nutq - boy nutqdir. Nutq madaniyati - ijtimoiy madaniyatni, kishilik
jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har
ikki shakli - yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir.
O‘qituvchi uchun nutq madaniyati va nutq texnikasi juda ham zarur bo‘lgan omil
sanaladi. O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi
va nutqdagi to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o‘qituvchining og‘zaki
nutq jarayoni nazarda tutiladi va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida paydo
bo‘ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga olinadi. Ya’ni, notiq-o‘qituvchi o‘quvchilarni
hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, hatto yosh xususiyatlarigacha, nutq
ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha kuzatib turishi, o‘z nutqining o‘quvchilar
tomonidan qanday qabul qilinayitganini nazorat qilishi lozim. Professional bilimga ega
bo‘lgan o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq emas, oddiy,
yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar ham ilmiy va
rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari kerak emas. Xullas, notiq-o‘qituvchidan
vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lganhjar qanday fikrini
to‘laligicha o‘quvchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo‘yiladi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab va doimiy
munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan jarayon. Psixologik til bilan aytganda nutq
texnikasi, notiq nutqining o‘rinli yoki o‘rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ladi.
Demak, u o‘z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o‘quvchilar holatiga qarab tuzishi,
o‘zgartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi, o‘quvchilarni
zeriktirib qo‘ymasligi uchun tilning tasviriy vositalari bo‘lmish metonimiya, metafora
kabilardan foydalanishi lozim. O‘quvchilar diqqatini jalb etish, o‘rganilayotgan
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1091
mavzuga
ularni
qiziqtira olish o‘qituvchi mutq texnikasining asosiy
xususiyatlaridandir.
XULOSA. O‘qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo‘lishi, o‘quv materialini
talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar o‘qituvchi
nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovushning noto‘g‘ri aytilishi kulgiga
sabab bo‘ladi. Bir ohangdagi nutq tezda charchatadi. Individual suhbat paytidagi
o‘qituvchining baland ovozidan o‘quvchi o‘zini aldanayotgandek his etadi. Bu
o‘qituvchiga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg‘otadi. Ayrim mutaxassislar
insonning tovushi va uning tembri tug‘ma xususiyat deb aytishadi. Lekin hozirgi
eksperimental fiziologiya tovush sifatini o‘zgartirish mumkinligini tasdiqlaydi.
Shunday ekan, har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlashi, o‘quvchilarga ijobiy ta’sir
etishni puxta egallashi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. B. S. Abdullayeva, A. A. Xoliqov, H. M. Sodiqov, Sh. Q. Primov, Sh. R.
Zarmasov. Umumiy oedagogika. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2021.
2. N. Atayeva, M. Salayeva, S. Hasanov. Umumiy pedagogika. – Toshkent: “Fan
va texnologiya”, 2015.
3. A. S. Makarenko. Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi bir xulosalar. – Toshkent:
“O‘qituvchi”, 1988.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1092
Dostları ilə paylaş: |