O’qituvchi faoliyatida nutq texnikasi va madaniyati



Yüklə 169,97 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.05.2023
ölçüsü169,97 Kb.
#119382
5167-Article Text-10010-1-10-20230304



O’qituvchi faoliyatida nutq texnikasi va madaniyati 
 
Shodiya Mo‘minjon qizi Mirzayeva 
Urganch davlat universiteti 
Annotatsiya: Mazkur maqolada nutq texnikasi, notiqlik san’ati, nutq madaniyati 
haqida so‘z yuritiladi hamda o‘qituvchining faoliyatida nutq texnikasi qanchalik 
muhim o‘rin tutishi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. Shuningdek, nutq madaniyati 
bilan bog‘liq muammolar keltirib o‘tiladi va ularga yechim bo‘luvchi bir qancha 
takliflar keltirib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: notiqlik san’ati, ideal notiq, nutq odobi, suhango‘ylar, nutq 
texnikasi, til va nutq, nutqning ravonligi, dialektizm, varvarizm, jargon 
Speech technique and culture in teacher's activity 
Shodiya Mominjan kizi Mirzayeva 
Urganch State University 
Abstract: This article talks about speech technique, oratory art, speech culture 
and gives information about the importance of speech technique in the work of a 
teacher. Also, problems related to the culture of speech are mentioned and a number of 
suggestions for their solutions are given. 
Keywords: art of oratory, ideal speaker, speech etiquette, idioms, speech 
technique, language and speech, fluency of speech, dialectism, barbarism, jargon 
KIRISH. Ma’lumki, jamiyatning keajagini qurishda o‘zining katta hissasini 
qo‘shuvchi insonlar o‘qituvchilardir. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning 
ma’naviyatini o‘stirishga xizmat qiluvchi hamda ularning vatanga muhabbat ruhida 
tarbiyalovchi insonlar, hech shubhasiz, o‘qituvchilardir.o‘qituvchining pedagigik 
mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, 
mustaqillikdan keyingi yillarda ushbu muammoga jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh 
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasimuhim 
ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri millat tilidir. 
Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod tarbiyasida o‘z ona 
tiliga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh 
avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida o‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati 
alohida e’tibor kasb etadi. O‘qituvchining nutqiy madaniyatini shakllantirish uning 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1089


kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahamiyatga egaligi to‘g‘riisda mulohaza yuritar 
ekanmiz, avvalo, notiqlik san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional 
notiqlik san’ati Yunonisto, O‘rta Osiyo va Hindistonda o‘zinign uzoq tarixiga ega. 
ASOSIY QISM. Tarixchi olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, notiqlik san’atiga 
eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan. Qadimgi Yunonistonda 
bolalarga bilim berish faylasuflarning zimmasiga yuklatilar edi. Ular notiqlik 
san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘zlarining chiroyli so‘zlari, baland va 
ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuri, ongiga kirib borganlar, ta;lim va tarbiyada 
ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining 
nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba Qadimgi 
Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, 
lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’atlari bilan birga notiqlik 
san’ati ham muhim san’at asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning 
muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh 
avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita 
ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng 
takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining 
quyidahoi uchta qonuniyati qizg‘in takomillashtirilib, notiqning unga jiddiy e’tibor 
berishi talab qilingan: 

Tinglovchiga tushuntirish(ma’lum bir g‘oyani). 

Tinglovchinign tafakkurini uyg‘otish(fikrini, ongini, maqsadini). 

Tinglovchini o‘ziga jalb qilish(huzur-halovat va qoniqish hissini uyg‘otish 
asosida). 
Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat 
bag‘ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchlariga 
sadoqatli bo‘lishga, eng yaxshi insoniy fazilatlarga amal qilib, ularni doimo bajarishga, 
odob va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu ularning asosiy vazifasi 
hisoblanardi. Yunonistonda notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va 
chiroyli nutqlari hamda noyob asarlari bialn jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan 
Sokrat(Suqrot), Platon(Aflotun), Dinarx, Giperid, Gorgiy(Horgiy), Demosfen, 
Kvintilian kabi namoyondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari bo‘lib 
yetishganlar. 
Mamlakatimizda notiqlik san’atining rivojlanishi O‘rta Osiyo madaniyati tarixi 
bilan bog‘liq bo‘lib, nutq madaniyati hamisha o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib kelgan. 
O‘rta Osiyoda notiqlik san’atining xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o‘sha 
davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san’ati ustalarini 
nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, 
voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1090


beradi. Movarounnahrda notiqlik san’ati voizlik deb atalgan. Voizlik, ya’ni va’zxonlik 
“Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosini 
anglatgan. “Va’z” so‘zi arab tilidan pand-nasihat ma’nosini beradi. Va’z aytuvchi, nutq 
so‘zlovchi shaxs Voiz deb aytilgan. Voizlik san’ati tinglovchining, jamoaning ongiga, 
his-tuyg‘usiga ta’sir etish mahorati bo‘lib, qadimgi Sharqda hukmdorlar ushbu san’at 
namoyondalari xizmatini yuksak darajada qadrlaganlar. IX asrdan boshlab, davlat 
hukmdorlari notiqlik bilan bog‘liq barcha tadbirlarni maxsus tayyorgarlikka ega so‘z 
ustalariga yuklab, ularni voizlar deb ataganlar. 
Nutq madaniyati - til normalarini egallamoq, talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish, gap 
tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari har xil 
sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak.nutqda til - fikr almashish quroli, 
o‘qituvchi qalbinign oynasi, o‘qituvchinign dars berish uslubini, pedagogic mahoratini 
to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda - tildagi rang-barang vositalar o‘z ifodasini 
topsa, bunday nutq - boy nutqdir. Nutq madaniyati - ijtimoiy madaniyatni, kishilik 
jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har 
ikki shakli - yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir.
O‘qituvchi uchun nutq madaniyati va nutq texnikasi juda ham zarur bo‘lgan omil 
sanaladi. O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi 
va nutqdagi to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o‘qituvchining og‘zaki 
nutq jarayoni nazarda tutiladi va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida paydo 
bo‘ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga olinadi. Ya’ni, notiq-o‘qituvchi o‘quvchilarni 
hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, hatto yosh xususiyatlarigacha, nutq 
ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha kuzatib turishi, o‘z nutqining o‘quvchilar 
tomonidan qanday qabul qilinayitganini nazorat qilishi lozim. Professional bilimga ega 
bo‘lgan o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq emas, oddiy, 
yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar ham ilmiy va 
rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari kerak emas. Xullas, notiq-o‘qituvchidan 
vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lganhjar qanday fikrini 
to‘laligicha o‘quvchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo‘yiladi. 
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab va doimiy 
munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan jarayon. Psixologik til bilan aytganda nutq 
texnikasi, notiq nutqining o‘rinli yoki o‘rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo‘ladi. 
O‘qituvchi har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ladi. 
Demak, u o‘z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, o‘quvchilar holatiga qarab tuzishi, 
o‘zgartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi, o‘quvchilarni 
zeriktirib qo‘ymasligi uchun tilning tasviriy vositalari bo‘lmish metonimiya, metafora 
kabilardan foydalanishi lozim. O‘quvchilar diqqatini jalb etish, o‘rganilayotgan 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1091


mavzuga 
ularni 
qiziqtira olish o‘qituvchi mutq texnikasining asosiy 
xususiyatlaridandir.
XULOSA. O‘qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo‘lishi, o‘quv materialini 
talabalar tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash garovidir. Bolalar o‘qituvchi 
nutqiga juda e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovushning noto‘g‘ri aytilishi kulgiga 
sabab bo‘ladi. Bir ohangdagi nutq tezda charchatadi. Individual suhbat paytidagi 
o‘qituvchining baland ovozidan o‘quvchi o‘zini aldanayotgandek his etadi. Bu 
o‘qituvchiga ishonchsizlik bilan qarash hislarini uyg‘otadi. Ayrim mutaxassislar 
insonning tovushi va uning tembri tug‘ma xususiyat deb aytishadi. Lekin hozirgi 
eksperimental fiziologiya tovush sifatini o‘zgartirish mumkinligini tasdiqlaydi. 
Shunday ekan, har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlashi, o‘quvchilarga ijobiy ta’sir 
etishni puxta egallashi lozim. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. B. S. Abdullayeva, A. A. Xoliqov, H. M. Sodiqov, Sh. Q. Primov, Sh. R. 
Zarmasov. Umumiy oedagogika. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2021. 
2. N. Atayeva, M. Salayeva, S. Hasanov. Umumiy pedagogika. – Toshkent: “Fan 
va texnologiya”, 2015. 
3. A. S. Makarenko. Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi bir xulosalar. – Toshkent: 
“O‘qituvchi”, 1988. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1092

Yüklə 169,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin