hisoblanadi. Nutqning to`g’ri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi
va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson
tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to`g’ri bo`lmasa, u aniq ham,
maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`g’rilik deganda, -
deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining
zarur va birinchi
sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining
qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug’at va
grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak,
nutqning to`g’ri bo`lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga
muvofiq
kelishi
bo`lib
hisob-lanadi.
Nutqning to`g’ri bo`lishi asosan ikki me’yorga urg’u va grammatik
me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`g’inlarning
zarb bilan talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg’uning tushishi hamma
tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa
kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urg’usiz
olib qaraganda uning qanday ma’no anglatayotganini
bilish qiyin
bo`ladi. Urg’u esa undagi ma’noning reallashuviga ko`maklashadi, ya’ni
o*lma tarzida urg’u birinchi bo`g’inga tushganda harakat, olma* tarzida
oxirgi bo`g’inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi.
Xulosa
Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos
bo`lgan so`zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular
rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy
uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo
bunday so`z va iboralarni so`zlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish
matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga A.Qahhorning
«Nutq» hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bo`lgan
hamda shu yo`l bilan g’oyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan
nutqi misol bo`la oladi. Parcha keltiramiz: O`rtoq rafiqam!
Ijozat
berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy
burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to`lgan kunda
sizni bevosita tabrik qilishga! E’tibor beraylik: suhbatda o`nlab yoki
yuzlab kishi emas, ikki kishi er va xotin ishtirok etayapti. Avval xotin bu
gaplarni hazil deb o`ylaydi, «qiyqirib chapak chaladi».
Ammo notiq
jiddiy qiyofada so`zida davom etadi. Birinchidan, ikkinchidan deb oilada
bir yil davomida yuz bergan yutuq-kamchiliklarni rasmiy ravishda sanab
o`tadi va nutqni quyidagicha yakunlaydi. Lekin bu kamchiliklarga
qaramay, turmushimizni a’lo darajada olib borayotganligimizga hyech
qanday shubha bo`lishi mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan
qisqacha so`zimni tamom qilib, oilamiz
bundan keyin ham sharaflar
bilan qoplanajagiga to`la ishonch bildirishga ijozat bering! Notiq nutqini
tugatgandan keyin yana asliga qaytadi. Xotini uning har bir so`zidan
zavqlanadi,
kuladi.
1.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari
va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar.
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni
mard va oliyjanob xalqimiz
bilan
birga
quramiz.
“O‘zbekiston”,
2017.
3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. –
T.:
Cho‘lpon,
2005.
4. Isaev I.F. Professionalno-pedagogicheskaya kultura prepodavatelya:
Uchebnoe posobie dlya vuzov / I. F. Isaev. – M.: Akademiya, 2002.
5. Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and
Culture.
–
Routledge,
USA,
2012.
6 .A. Zunnunov va boshqalar. Adabiyot o’qitish metodikasi.
Toshkent
«O’qituvchi».
7 .A.G’ulomov. ona tili o’qitish prinsiplari va metodlari. Toshkent.
«O’qituvchi»,