O'QITUVCHI NUTQINING TO'G'IRILIGI,
RAVONLIGI, ANIQLIGI VA TA'SIRCHANLIGINI
OSHIRISH
Reja:
1. Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati.
2. Nutqiy va kommunikativ qobilyat.
3.O'qituvchi nutqining tog'riligi, ravonligi, aniqligi va ta'sirchanligini
oshirish .
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
.
1.Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati
.
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o’quvchiga etkazishda
qo’llaniladigan vositalar tushuniladi.O’qituvchining ovozi, talaffuzi,
diktsiyasi, umuman, tirik nutqi hamisha o’quvchilar, ayniqsa, kichik
sinflardagi o’quichilar uchun o’ziga xos etalon, namuna vazifasini
bajaradi. O’qituvchining tirik nutqidagi, kattadir, kichikdir, har qanday
nuqson o’quvchi nazaridan chеtda qolmaydi, darhol uning diqqatini
tortadi. Bunday nuqson o’qituvchi nutqida muptazam kuzatilsa,
o’quvchi o’qituvchidan nohaq bo’lsa-da, ranjigan hollarida mazkur
nuqson asosida uni sirtdan kalaka, mazax qilishgacha borishi mumkin.
Masalan, o’quvchilar o’zaro ana shunday o’qituvchi haqida
gaplashganda, uni mazkur nuqsonli ovoz, talaffuz yoki diktsiya bilan
eslashadiki, bu umumiy tarbiya jarayoni uchun ham ijobiy holat emas,
albatta.Kasbiga sadoqatli o’qituvchi o’z o’quvchisi ko’zi o’ngida
qusursiz va qadrli ustoz imijini yaratish, uni saqlash uchun hamisha
nutqining fonеtik rasoligi haqida qayg’urishi zarur. To’g’ri, tug’ma
xirqirokdik, chiyildokdik kabi ovozni yoqimsiz qiladigan jihatlardan
tamoman qutulishning iloji yo’q. Ammo nutq tеxnikasini еtarli darajada
bilmaslik oqibatida yuzaga kеladigan nuqsonlardan fonеtik bilimlardan
xabardorlik, ovozni yo’lga qo’yish (ruschada "postanovka golosa"), aniq
talaffuz qilish, nutq jarayonida to’g’ri nafas olish bo’yicha turli mashqlar
yordamida imkon qadar xalos bo’lish mumkin.Mashhur qadimgi yunon
notig’i Dеmosfеnning dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa
bo’lganligidan chiroyli va ta'sirli nutq ayta olmaganligi haqida
tarixchilar yozganlar. Bu sohani chuqur o’rgangan olim S.Inomxo’jaеv
ta'kidlaganidеk, kеyinroq Dеmosfеn nutq tеxnikasi asoslarini egallashga
juda
jiddiy
kirishgan.
Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka
aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi: 1) ichki nutq;
2) tashqi nutq. O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga
oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan
fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir. O‘qituvchi
mulohazasi va fikrining til vositasida nutq organlariga ta’siri va harakati
bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq – tashqi nutq bo‘lib, u
ijtimoiy
hodisadir.
O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash, mutolaa qilish va eshitishdan
iborat. Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ay-
rim matn va kitob shaklida bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan
tartibda o‘zining hajmi bilan notiqqa havola etiladigan. Pеdаgоgik-
psiхоlоgik аdаbiyotlаr tаhlili аsоsidа nutqning quyidаgi o’zigа
хоsliklаrini
аjrаtib
ko’rsаtish
mumkin:
1. Funktsiyalаri: mulоqоt, shахsgа tа’sir ko’rsаtish, tа’lim vа tаrbiya
vоsitаsi.
2. Shаkllаri: tаshqi nutq (оg’zаki): mоnоlоg, diаlоg, pоlilоg; yozmа:
dоklаd,
rеfеrаt,
аnnоtаtsiya
vа
bоshqаlаr;
ichki
nuqt.
3. Nutq tехnikаsi: pеdаgоg оvоzining kаsbiy sifаti: tеmbr, intоnаtsiya,
diktsiya,
tеmpоritm
(bir
minudа
120
tа
so’z).
4.
Nutqiy
fаоliyat
turlаri:
o’qish,
yozish,
gаpirish.
5. Nutq uslublаri: ilmiy, rаsmiy, so’zlаshuv, bаdiiy, оmmаbоp.
6. Nutqqа qo’yilаdigаn tаlаblаr: tаlаffuzning аniqligi, ifоdаviylik,
emоtsiоnаllik, diktsiyaning tushunаrligi, tоvushlаrning аniq tаlаffuz
qilinishi, оbrаzlilik, nutq mаdаniyati, so’zdаn fоydаlаnish qоidаlаrigа
riоya
qilish,
tеmpоritmgа
аmаl
qilish.
7. Nutqni egаllаshdа yo’l qo’yilаdigаn kаmchiliklаr: mоnоtоnlik,
tеmpоritmning оshib kеtishi, nоto’g’ri diktsiya, so’zlаrni nоo’rin
qo’llаsh,
til
qоidаlаrini
buzish.
O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri
sanaladi va nutqdagi to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik
tinglovchiga
ta’sir
etish
uchun
yo‘naltirilgan
bo‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan, o‘qituvchining og‘zaki nutq
jarayoni nazarda tutiladi va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida
paydo bo‘ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga olinadi. Ya’ni notiq-o‘qituvchi
o‘quvchilarni hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, hatto
yosh xususiyatlarigacha, nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha
kuzatib turishi, o‘z nutqining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul
qilinayotganini nazorat qilishi lozim. Professional bilimga ega bo‘lgan
o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq emas,
oddiy, yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan yosh
o‘qituvchilar ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari
kerak emas. Xullas, notiq–o‘qituvchidan vaziyatga qarab ish tutish talab
qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lgan har qanday fikrini to‘laligicha
o‘quvchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo‘yiladi.
O‘quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o‘qi-
tuvchi oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning
uchun esa, o‘qituvchida yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi
bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi
kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni
o‘zaro bog‘lab, o‘quvchilarni avvalo nutq rejasi bilan tanishtirib, so‘zni
boshlash lozim. Vaqtni hisobga olish, notiqlik fazilatlaridan biridir.
Chunki so‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar
iloji bo‘lsa, sal oldinroq tugatilsa, o‘quvchilar zerikishmaydi.
Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi haqidagi gap ma’lum ma’noda nutq
sifatlari haqida aytilgan gaplarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi
nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik
xatoliklarni tahlil qilish, pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni shakllan-
tirishga xizmat qiladi. Nutqdagi fikrlarni o‘quvchilarga mazmunli yetka-
zishning xilma-xil yo‘llari va vositalari mavjud. Ularni yordamchi vosi-
talar deb ham atash mumkin. Masalan, yumor yoki biror hikoyatni olay-
lik. Nutqdagi uzluksiz ilmiy-ommabop fikr oqimi, uning bir maromda
bayon qilinishi o‘quvchini ham, har qanday tinglovchini ham zeriktirib
qo‘yishi mumkin. Shunday paytda, yumor, hikoyat, qiziqarli voqealar
haqida gapirish o‘qituvchiga juda qo‘l keladi. Yumorning nutq
mazmuniga mos holda keltirilishi yana ham yaxshidir. Shunday qilinsa,
o‘quvchi ham dam oladi, ham o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan
qiziqish
paydo
bo‘ladi.
Nutqda mavzu doirasida ba’zi fikr va mulohazalarni keltirish ham
maqsadga muvofiqdir. Bunday fikrlar notiq fikrining to‘g‘riligini, haq-
qoniy ekanligini isbotlash uchun foydalaniladi, faqat ulardan foyda-
lanishni suiste’mol qilmaslik kerak. Badiiy adabiyot namunalaridan,
hikmatli so‘zlardan, tildagi ifoda – tasvir vositalaridan nutqda o‘rni bilan
foydalanish
ham
ijobiy
natijalarga
erishishni
ta’minlaydi.
Nutqning o‘quvchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday
taassurot qoldirishida o‘qituvchining nutqiy jarayon davomida o‘zini
qanday tuta bili shi, imo-ishoralari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham
o‘rni bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, o‘quvchilarga hurmat
bilan qarash kabi fazilatlar nutqning o‘quvchilar tomonidan e’tibor bilan
tinglanishiga
sabab
bo‘ladi.
Mukammal notiqlik san’atiga ega bo‘lish – o‘qituvchilar uchun ulkan
mehnat talab qiladigan murakkab jarayondir. Nutqning o‘tkirligi,
yorqinligi va originalligi tinglovchi va o‘quvchilarda his-tuyg‘u va qizi-
qish uyg‘otishi, uning e’tiborini qaratishi, aytilayotgan narsaning
mazmunini yaxshilab yetkazish uchun zarurdir.
2.
Dostları ilə paylaş: |