O'qituvchi nutqining to'G'iriligi, ravonligi, aniqligi va ta'sirchanligini oshirish



Yüklə 255,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix24.09.2023
ölçüsü255,67 Kb.
#147922
1   2   3   4
O\'QITUVCHI NUTQINING TO\'G\'IRILIGI, RAVONLIGI, ANIQLIGI VA TA\'SIRCHANLIGINI ANIQLASH

Nutqning 
to`g’riligi
Nutqning to`g’ri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati 


hisoblanadi. Nutqning to`g’ri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi 
va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson 
tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to`g’ri bo`lmasa, u aniq ham, 
maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`g’rilik deganda, - 
deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi 
sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining 
qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug’at va 
grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, 
nutqning to`g’ri bo`lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq 
kelishi 
bo`lib 
hisob-lanadi.
Nutqning to`g’ri bo`lishi asosan ikki me’yorga urg’u va grammatik 
me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`g’inlarning 
zarb bilan talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg’uning tushishi hamma 
tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa 
kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urg’usiz 
olib qaraganda uning qanday ma’no anglatayotganini bilish qiyin 
bo`ladi. Urg’u esa undagi ma’noning reallashuviga ko`maklashadi, ya’ni 
o*lma tarzida urg’u birinchi bo`g’inga tushganda harakat, olma* tarzida 
oxirgi bo`g’inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi.
 


 
Xulosa 
Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos 
bo`lgan so`zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular 
rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy 
uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo 
bunday so`z va iboralarni so`zlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish 
matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga A.Qahhorning 
«Nutq» hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bo`lgan 
hamda shu yo`l bilan g’oyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan 
nutqi misol bo`la oladi. Parcha keltiramiz: O`rtoq rafiqam! Ijozat 
berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy 
burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to`lgan kunda 
sizni bevosita tabrik qilishga! E’tibor beraylik: suhbatda o`nlab yoki 
yuzlab kishi emas, ikki kishi er va xotin ishtirok etayapti. Avval xotin bu 
gaplarni hazil deb o`ylaydi, «qiyqirib chapak chaladi». Ammo notiq 
jiddiy qiyofada so`zida davom etadi. Birinchidan, ikkinchidan deb oilada 
bir yil davomida yuz bergan yutuq-kamchiliklarni rasmiy ravishda sanab 
o`tadi va nutqni quyidagicha yakunlaydi. Lekin bu kamchiliklarga 
qaramay, turmushimizni a’lo darajada olib borayotganligimizga hyech 
qanday shubha bo`lishi mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan 
qisqacha so`zimni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar 
bilan qoplanajagiga to`la ishonch bildirishga ijozat bering! Notiq nutqini 
tugatgandan keyin yana asliga qaytadi. Xotini uning har bir so`zidan 
zavqlanadi, 
kuladi.


 
1.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari 
va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar. 
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz 
bilan 
birga 
quramiz. 
“O‘zbekiston”, 
2017.
3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. – 
T.: 
Cho‘lpon, 
2005.
4. Isaev I.F. Professionalno-pedagogicheskaya kultura prepodavatelya: 
Uchebnoe posobie dlya vuzov / I. F. Isaev. – M.: Akademiya, 2002.
5. Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and 
Culture. 
– 
Routledge, 
USA, 
2012.
6 .A. Zunnunov va boshqalar. Adabiyot o’qitish metodikasi.
Toshkent 
«O’qituvchi».
7 .A.G’ulomov. ona tili o’qitish prinsiplari va metodlari. Toshkent.
«O’qituvchi»,

Yüklə 255,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin