Nutqiy va kommunikativ qobilyat.
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan
bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan
oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rga-
nilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday
nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qituv-
chilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va
muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida
o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga
quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash,
jamoatchilik fikri. Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining
tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
O‘quvchining u yoki bu xatti harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib,
ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-
harakati to‘xtatib qo‘yiladi. Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib,
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga
erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy
intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul
maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan
biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi. Rag‘batlantirish va
jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar
xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat
va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun
o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z
burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy
ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan
nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli
bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga
qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamoaning
tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini
ta’minlaydi, o‘quvchilarning birbirlariga do‘stona munosabatini
shakllantiradi. uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik
mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa
yana istе'dod, layoqat va zеhn, ya'ni inson nеrv tizimida anatomo-
fiziologik xususiyat bo`lishi ham zarur. Ana shu tabiiy zaminda
qobiliyat
dеb
ataluvchi
ruhiy
xususiyat
taraqqiy
etadi.
Pedagogik
qobiliyat
turlari.
Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida
qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’I va tarbiyalab
yetishtirmog’i
lozim.
1.Bilish
qobiliyati.
2.Tushuntira
olish
qobiliyati.
3.Kuzatuvchanlik
qobiliyati.
4.Nutq
qobiliyati
5.Tashkilotchilik
qobiliyati.
6.Obro’
orttira
olish
qobiliyati.
7.To’g’ri
muomala
qilish
qobiliyati.
8.Kelajakni
ko’ra
olish
qobiliyati
9.Diqqatni
taqsimlay
olish
qobiliyati
Kommunikativ
qobiliyat
o’zi
nima?
Kоmmunikаtiv qоbiliyat – bu pеdаgоgik o’zаrо hаrаkаt sоhаsidа mахsus
ko’rinishgа egа bo’lgаn mulоqоtgа qоbiliyatlilikdir. Psiхоlоgik
аdаbiyotlаrdа kоmmunikаtiv qоbiliyatlаrning bir qаnchа turlаri аjrаtib
ko’rsаtilаdi: 1) insоnning insоnni tushunа оlishi (insоnni shахs sifаtidа,
uning аlоhidа jihаtlаrini, mоtiv vа ehtiyojlаrini bаhоlаsh, tаshqi хulq-
аtvоrini ichki оlаmi bilаn bоg’liqlikdа ko’rib chiqish, yuz, qo’l, gаvdа
hаrаkаtlаrini “o’qish” ko’nikmаsi) 2) insоnni o’z-o’zini аnglаy оlishi
(o’z bilimi, qоbiliyati, o’z хаrаktеri vа bоshqа qirrаlаrini bаhоlаsh, insоn
bоshqаlаr tоmоnidаn qаy tаrzdа qаbul qilinishi vа аtrоfdаgilаr ko’zi
bilаn bаhоlаsh); 3) mulоqоt vаziyatini to’g’ri bаhоlаy оlish ko’nikmаsi
(mаvjud hоlаtni kuzаtish, uning nаmоyon bo’lish bеlgilаri hаqidа
ko’prоq ахbоrоtlаrni аjаrаtа оlish, ulаrgа e’tibоrni qаrаtish, yuzаgа
kеlаyotgаn vаziyatning ijtimоiy vа psiхоlоgik mоhiyatini to’g’ri idrоk
etish
vа
bаhоlаsh).
Kishining o`z tuyg`u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika
va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish
qobiliyatidir. Bu o`qituvchilik kasbidagi muhim qobiliyatlardandir.
Chunki o`qituvchidan o`quvchilarga uzatiladigan axborot asosan
ikkinchi signal tizimi-nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan
uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. (“Biz uchun adabiyot
o`qituvchimiz-Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo`q.
Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto
tanaffusga
chalingan
qo`ng`iroq
ham
halaqit
beradi”).
Darsda qobiliyatli o`qituvchining nutqi hamma vaqt o`quvchilarga
qaratilagn bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntiradimi,
o`quvchining javobini sharhlab beradimi, o`quvchilar javobini, ularning
hatti-harakatlari yoki xulq-atvorini ma`qullaydimi yoki tanbeh beradimi,
xullas, nima qilishidan qat`iyo nazar uning nutqi hamma vaqt o`zining
ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi
lozim. O`qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va
o`quvchilar uchun tushunarli bo`lishi kerak. Beriladigan axborotlar
shunday tuzilishi kerakki, bunda o`quvchilarning fikru-zikri va diqqat-
e`tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo`lsin. Buning uchun esa
o`qituvchi o`rtacha savol tashlab, asta-sekinlik bilan o`quvchilarni
to`g`ri
javobga
olib
keladi,
o`quvchilarning
diqqat-e`tiborini
faollashtiruvchi (“Bunda ayniqsa ziyrak bo`ling!”, “o`ylang, yana o`ylab
ko`ring!”) kabi so`z va iboralarni o`z me`yorida ishlatadi. O`qituvchi
uzun jumlalarni, murakkab og`zaki izohlarni, qiyin atamalarni va
zarurati bo`lmasa, turli ta`riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga
o`qituvchi shuni ham hisobga olishi kerak-ki, o`qituvchining lo`nda-
lo`nda bo`lib chiqqan qisqa nutqi ko`p hollarda o`quvchilarga
tushunarsiz bo`lib qolar ekan. O`qituvchining o`z o`rnida ishlatilgan
hazil aralash va xayrihohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi
o`quvchilarni juda jonlantirib, o`quvchilar tomonidan o`ta yaxshi qabul
qilinar ekan.
3.
Dostları ilə paylaş: |