O‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini vujudga keltirishning pedagogik ahamiyati



Yüklə 309,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix21.06.2023
ölçüsü309,88 Kb.
#133528
  1   2   3   4   5
o-qituvchi-o-quvchi-hamkorligini-vujudga-keltirishning-pedagogik-ahamiyati



O‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini vujudga keltirishning 
pedagogik ahamiyati
Nargiza Gaybullayevna Dilova 
Nargiza.dilova@mail.ru 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Maqolada o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini vujudga keltirishning 
pedagogik ahamiyati haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: pedagogik hamkorlik, o‘qitish muhiti, rejalashtirish, masad va 
vazifalar, o‘qitish metodlari, baholash, hamkorlikdagi faoliyat, xulq-atvor, ongli 
moslashish, bilim, tajriba, hayotiy ko‘nikma. 
Pedagogical importance of teacher-student cooperation 
Nargiza Gaybullayevna Dilova 
Nargiza.dilova@mail.ru 
Bukhara State University 
 
Abstract: The article discusses the pedagogical significance of teacher-student 
collaboration. 
Keywords: pedagogical collaboration, learning environment, planning, goals 
and objectives, teaching methods, assessment, collaborative activities, behavior, 
conscious adaptation, knowledge, experience, life skills 
Bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda 
muayyan to‘siqlar ham mavjud. Bu to‘siqlarning aksariyati o‘qituvchi va o‘quvchilar 
ongida namoyon bo‘lmoqda. Bu amalda mavjud bo‘lgan pedagogik an’analar bilan 
bog‘liq. Mazkur fikrni oydinlashtirishga intilar ekanmiz, bugungi kunda ta’lim 
jarayonida pedagogik ongni yangicha, ya’ni hamkorlik asosida rivojlantirishga 
bo‘lgan harakatlar sust kechmoqda. 
Ta’lim jarayonida har bir o‘quvchida mustaqillikka va hamkorlikka intilish 
ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bilimlarni o‘zlashtirish faqatgina 
mavjud ob’ektiv hodisa sifatida talqin etilishi mumkin emas. Unda o‘z-o‘zini 
rivojlantirishning bir qator ichki quvvatlari ham ishtirok etadi. U sub’ektivlik 
belgilariga ham ega. Shaxsiy tajribaga xos bo‘lgan, uning tabiiyligini baholamagan, 
ilmiyligi, ilmiy-tarixiy ongga zid bo‘lmagan xususiyatidir. U o‘zida muayyan shaxs 
ongiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ifodalaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
567


O‘quvchining axloqi uzoq vaqt mobaynida mustaqillikka nazariy emas, balki 
amaliy ishonch bag‘ishlaydi. Bugungi kunda o‘qituvchilar tanlagan mavqe aniq 
imkoniyatlarni egallashga yo‘naltirilgan. U pedagogik faoliyatning yangi qadriyatlari 
va mazmun-mohiyatini aniqlash zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki, bugungi kunda 
pedagogik jarayon axborotli-yo‘naltiruvchilik quvvatidan axloqiy qadriyatlarga jalb 
qiluvchi nafis texnologiyalarni qo‘llashni talab qilishga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayonga o‘tishni talab qilmoqda. 
Mazkur ikki xil pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biridan farqli jihatlari: a) aniq, 
oddiy, biroq, faqatgina tayyor bilimlarni o‘quvchilarga uzatishga xizmat qiladi; b) 
ko‘proq darajada dolzarb va samarali, ta’lim-tarbiyaning mustaqil tarzda tashkil 
etilishini ta’minlashga qaratilgan. Biroq, u o‘ta murakkab, muayyan va qat’iy 
texnologiya ko‘rinishida namoyon bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyalarga hamkorlik 
asosida yondashuv bir qadar ob’ektiv ahamiyat kasb etadi. Mazkur voqelik muayyan 
darajada aniq jarayonlar bilan bog‘liqdir. U o‘ziga xos belgilar, xususiyatlar, 
tamoyillar, mazmun, mavjudlik shartlariga ega. Bularning barchasi uning o‘quvchilar 
ongida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Hamkorlikning pedagogik qimmati shundan iboratki, u o‘quvchiga xos bo‘lgan 
o‘lchovlarni bilishning asosiy metodi sifatida o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash 
imkonini beradi. Pedagogik hamkorlikning o‘ziga xos metodlari va tamoyillari 
yordamida o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘zining insonparvarlikka asoslangan 
pedagogik faoliyatini amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, u o‘quvchilarni 
yaxshiroq tushunishga muvaffaq bo‘ladi. Pedagogik hamkorlik yordamida pedagogik 
faoliyatda yangicha instrumentariy vujudga keladi. Bu esa, o‘quvchilarni 
tushunishning fikriy izlanuvchi va pedagogik hodisalarni qayta baholash metodidir. 
Pedagogik hamkorlik pedagogik madaniyatning yangi, yanada nazokatli o‘lchovlarini 
namoyon qilish imkonini beradi. 
Hamkorlikka asoslangan do‘stona muhitdagi ta’lim jarayonini interfaol usullar 
yordamida tashkil etish samaradorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi. Shu maqsadda 
biz dastlab o‘qitishning an’anaviy usullari bilan interfaol usullarni qiyoslashga 
harakat qildik. 

Yüklə 309,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin