O`qituvchi Sana Mavzu: Kompyuter Darsning maqsadi: ta`limiy


Jami 45 daqiqa I Tashkiliy qism



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə6/7
tarix10.11.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#68405
1   2   3   4   5   6   7
1-sinf O\'qish IV- chorak tayyor

Jami

45 daqiqa

I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish; Kun yangiligi
d) ingliz tili daqiqasi ; boldness- jasorat
O’qituvchi mavzuni e’lon qiladi.Shu vaqt sinfga “Bilag’on” “Bilmasvoy” ning qo’lidan tortib kirib keladi.”Bilag’on” toza kiyingan.”Bilmasvoy” tartibsiz kiyingan, qo’lida yirtilgan, ezilgan kitob. Bilag’onning qo’lidan chiqmoqchi bo’lib shovqin soladi.O’qituvchi : Nima gap tinchlikmi? Sizlar kimsizlar?
Bilag’on : Men Bilag’onman.
Bilmasvoy: Men Bilmasvoyman
O’qituvchi: Nima uchun urushyapsizlar?
Bilmasvoy: Men maktabga bormoqchi emasman.Mana bu esa meni sudrab olib kelayapti.
Bilag’on: Axir maktab bilim maskani . Bilmasvoyning o’zlashtirishi juda past.Yana dars qoldirsa, o’qishni o’rgana olmay qoladi-ku.
O’qituvchi: Juda to’g’ri, o’quvchi hech qachon sababsiz dars qoldirmaskligi kerak. Maktab bu - oftob demakdir. Xuddi shu bo’limda biz maktab haqida sher o’rgangan edik. Kelinglar shu she’rni yodga olamiz.
O’quvchilar “Maktab-oftob qo’shig’i”ni ashula qilib jo’r bo’lib kuylashadi.
Bilag’on: Bu she’r bilan biz ham o’qish darsida tanishganmiz.To’g’rimi,Bilmasvoy?
Bilmasvoy: Men bu she’rni o’qimaganman, chunki kitobimning shu varag’I yirtilib, tushib qolgan.
O’qituvchi: Kitob haqidagi suhbatni boshlashdan avval quyidagi testlarning to’g’ri javoblarini topishga harakan qilinglar-chi.
1.Eng sevgan joy qayer ekan?
a) maktab, oftob. b) bog’cha, ko’cha.
2. “Maktab-oftob qo’shig’i”ning muallifi kim?
a) Zafar Diyor. b) Q.Muhammadiy.
“Kitob mening do’stimsan” she’rini bir o’quvchi yoddan aytib beradi.
Kitob, bilim haqida topishmoq aytish o’yini o’tkaziladi. O’yinda“Bilag’on” “Bilmasvoy” ham qatnashadi. Bilmasvoy topishmoqqa noto’g’ri javoblar aytadi.
O’qituvchi: Kitob o’quvchilarning chuqur bilim egallashlariga yordam beradi. 2.Testlar yechish.
1.Yusuf Xos Hojib bilimni nimaga o’xshatgan?
a) Qorong’I tundagi mash’aladan taralayotgan nurga.
b)Yangilik yaratish uchun, kitob o’qishga.
2. Bilim nima beradi?
a)hech nima b) sharaf-shon.
3.Inson nima tufayli ofatlardan omon qoladi?
a) o’z bilimi tufayli b) obro’si tufayli
Bilmasvoy: Endi men ham kitobni asrab-avaylayman. Bugunoq borib, barcha kitoblarimni ta’mirlayman.
O’qituvchi: Kitob bizga bilim olishga, aqlimizni charxlashga…yordam beradi.Darslikdagi boshqotirma va rebusni yechish.2-boshqotirmaga o’quvchilardiqqatini qaratish. Bolalar mana bu bolaga maktabga borishga yordam bersangiz yana bir hikmatli gapni bilib olasiz.“Ilmli xor bo’lmas” gapi kelib chiqadi.
Hozirgi davrda bilim egallash uchun yana nima yordam berishi mumkin?
Bilag’on: Kompyuter.
O’qutuvchi: -Bunda bizning davrimizning mo’jizasi bo’lgan kompyuterlar yordam beradi.”Kompyuter” matni esga olinadi.
O’quvchilardan biri kompyuter haqida so’zlab beradi.
O’qituvchi: Oralaringizdan kim kompyuterni ko’rgan? Unda o’yin o’ynagan bo’lishi mumkin.
Bilag’on: Men kompyuterda turli o’yinlar o’ynaganman. Ammo kompyuterni yanada yaxshiroq o’rganish uchun “Yosh kompyuterchilar” to’garagiga a’zo bo’laman.
Bilmasvoy: Bilag’on, jon o’rtoqjon, meni ham shu to’garakka olib borgin.
Bilag’on: Albatta olib boraman. Axir sen ham a’lochi o’quvchilar safiga qo’shilsang, men faqat xursand bo’laman.
“Kim ko’p biladi” didaktik o’yinini o’tkazish.
-Kim kitob haqida maqol, hikmatli so’zlarni biladi?
Eng ko’p aytgan o’quvchi g’olib sanaladi.
O’qituvchi: Kitobni ko’p o’qigan o’quvchilar har qanday yaxshi niyatlariga yetadilar. O’quvchilardan biri Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat “ she’rini aytib beradi.
“Toshbaqa va quyon “ matni asosida ham testlar yechiladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin