Sintetik balans – foydalanish yo’nalishiga ko’ra YOER umumiy taqsimoti va iste’molini ifodalaydi.
Analitik balans – YOER ishlab chiqarish xarajatlarida energiyadan samarali foydalanishni baholashda asoslangan (normativ) va YOER ishlab chiqarilmagan yo’qotilishini tavsiflaydi.
Analitik balanslar quyidagilarga bo‘linadi: -loyihalashda loyihada ko’zda tutilgan, o’zgarmaydigan yo’qotilishda va asoslanmagan (ishlab chiqarilmagan) yo’qotilishni bartaraf etish sharoitida energoresurslar iste’molini ifodalaydi.
-shartli yoqilg’i hisobida hisoblangan energiya tashuvchilarni barcha turlari iste’moli bo’yicha tuziladigan kiritilgan loyihasi.
-ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini o‘zgartirmaydigan alohida energiya tejamkorlik tadbirlarini inobatga oluvchidan tashkil topgan ratsionalizatorlik loyihalari;
- yangi energiya tejamkor texnologiyalarni qo’llash evazidan tuziladigan optimal loyihalar.
Sanoat korxonalarida energiyadan foydalanish va iste’mol balanslari. YOER iste’molchilarining energetikaviy pasporti Sanoat korxonalarining (sanoat korxonalari alohida bo‘limlarining) umumiy holdagi energetikaviy balansi tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
ΣQi = ΣQifoy + Σqiyo’q + ΣQi.ch j (1) bu erda Qi - ob’ektga keltirilgan i – turdagi energetik resurslar energiyasi, KVt; Qi foydali - i – turdagi iste’mol qilingan energiya resurslar, KVt; Qi yo‘q - i– turdagi energiya resurslarni yo‘qotilgan energiyasi, KVt; Qi.ch j - i turdagi energetikaviy resurslardan ishlab chiqarilgan energiya, KVt (ikkilamchi energetikaviy resurslarni ham inobatga olgan holda)
Texnologik jarayon xususiyatidan kelib chiqqan holda (1) tenglama paterial balans tenglamasi bilan to‘ldirilishi kerak bo’ladi.
Sanoat korxonalarining yillik faoliyati natijalariga ko’ra: -tashqi manbalardan YOER iste’molining jamlovchi balansi;
-energiya resurslarning alohida turlari bo’yicha foydalanilgan va iste’molini xususiy normativ-hisobiy balansi
-energiya resurslarining alohida turlari bo’yicha yoqilg’i-energetik resurslardan haqiqiy foydalanilgan va iste’molini xususiy balansi.
Chetki manbalar hisobidan YOER yig’ma iste’mol balansi statik hisobotlar yuritiladi. Bu balansni tuzishda energiya resurslarning hisobi alohida hisoblagich ko’rsatkichidan olinadi. Energiya resurslar iste’moli natura ko’rinishida (KVt.v, Gkal, t, ming m3 va boshqa ko’rinishda) keltiriladi.
Balansni tuzishda energiya ta’minoti manbalari, subabonentlar hamda iste’molchilarning YOER umumiy ulushlari ko’rsatiladi. YOER iste’molchilarining yig’ma balansida korxonaning energetik pasportini shakllantirish maqsadida qo’shimcha ravishda issiqlik tashuvchilarning parametrlari (issiqlik energiyasi kirishi) ham ko’rsatiladi, uning iste’moli tarkibidan alohida holda qozon-pech (gazsimon, suyuq va qattiq) va motor yoqilg’isi (benzin, dizel yoqilg’isi) inobatga olinadi.