O’qituvchi Sherqulov B. G’. Ma’ruzachi: B. G’. Sherqulov adabiyotlar


Alohida turdagi energiya resurslar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə5/7
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114674
1   2   3   4   5   6   7
ETT 5 маъруза (3)

Alohida turdagi energiya resurslardan foydalanish va iste’mol qilishning hisobiy-me’yoriy, xususiy energetik balanslari – mavjud iste’mol va yo’qotilish normasini inobatga olgan holda, normal ishlab chiqarish siklini ta’minlovchi YOER aniq iste’moli va foydalangan qismini ajratish uchun tuziladi.
Energiya resurslar iste’moli ham texnologik sikl ham xususiy ehtiyoj (isitish, ventilyasiyalash va havoni mo‘‘tadillash, qaynoq suv ta’minoti) uchun normalanadi.
Alohida turdagi energetik resurslar uchun YOER foydalanish va iste’moli aniq, xususiy energetik balansi mazmuniga ko‘ra analitikaviy, tuzilish usuliga ko’ra hisobiy-instrumental hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Energiya tejamkorlik” to‘g‘risidagi qonuniga asosan tashkiliy formasi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, birlik YOER iste’moli 6000 tshyo yoki 1000 t motor yoqilg‘isidan oshsa pasportlashtirish talab etiladi.
Yoqilg’i – energetikaviy resurslar iste’molining energetikaviy pasporti – bu me’yoriy hujjat bo‘lib, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonalarning xo‘jalik faoliyatida iste’mol qilingan yoqilg‘i energetik resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichini hamda energiya tejamkorlik tadbirlarini ifodalaydi.
YOER iste’molchisining energetikaviy pasporti energetikaviy tekshirish asosida ishlab chiqilib, YOER samarali foydalanish darajasini baholash va energiya tejamkor tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Energetik tekshiruv ob’ektlari sifatida: ishlab chiqarish jihozlari, mashinalar, qurilmalar, agregatlar, YOER iste’molchilari, mahsulot ishlab chiqarish uchun bir turdagi energiyani boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchilar va ish bajaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchilar bo‘lishi mumkin.
YOER iste’molchilarining energetikaviy pasportini yakuniy qismida quyidagilar o’z aksini topishi kerak:
- tekshirish natijasidan befoyda sarf etilgan YOER qiymati so‘m yoki natura ko‘rinishida qayd etilishi;
- YOER samarali foydalanishga yo‘naltirilgan energiya tejamkor tavsiyalar, ularning qo‘llanilish va uning harajatlarini qoplash muddati;
YOER iste’molchilarining iste’molchilar energetikaviy pasporti o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
- YOER iste’molchilari pasportining titul (sarvaraq) listi, unda korxonaning energiya xo‘jaligi va YOER iste’moli pasport holati bo‘yicha javobgar shaxs ko‘rsatiladi;
- YOER iste’molchilari haqida umumiy ma’lumotlar, unda korxonaning nomi, manzili, korxonada ishlab chiqariladigan asosiy va ikkilamchi mahsulotlar hajmi hamda korxonada faoliyat ko‘rsatadigan xodimlar soni;
- umumiy iste’molda bo‘lgan energiya tashuvchilar haqida ma’lumotlar, bunda korxonaning yillik energetik iste’moli va barcha ko‘rinishdagi energetik resurslarning tijoriy hisoblari;
- energiya ta’minotida bo’lgan transformator nimstansiyalar (podstansiyalar)ning ma’lumotlari katta energiya iste’moliga ega bo’lgan iste’molchilar: texnologik jarayonlar, nasoslar, ventilyatsion va ko’tarish, transport jihozlari, payvandlash va sovitish jihozlari, yoritish vositalari va boshqalar;
- me’yoriy yo’qotishlarni inobatga olgan holda elektr energiyasining haqiqiy va hisobiy me’yoriy kirimi hamda sarfi haqidagi ma’lumotlar;
- ulardan foydalanish va samaradorligini ko‘rsatgan holda energiya manbalar (IEM, qozonxona)ini texnik energetik ma’lumotlari;
- issiqlik energiyasini qaynoq suv va bug’ ko’rinishida foydalanuvchi katta energiya sig’imiga ega bo’lgan texnologik jarayonlarni texnikaviy va energetikaviy xarakteristikasi;
- texnologik jarayonlar isitish, ventilyasiyalash va qaynoq suv ta’minoti yo‘nalishi va bo‘limi bo‘yicha issiqlik energiyasining hisobiy-me’yoriy iste’moli;
- qayta tiklanadigan energiya manbasi, alternativ yoqilg‘i hamda IEM foydalanish haqida ma’lumotlar;
- YOER samarali foydalanish ko‘rsatkichlari energiyaning solishtirma sarfi haqida ma’lumotlar;
- energiya tejamkor tadbirlar haqida ma’lumotlar YOER har bir turidan samarali foydalanish haqida ma’lumot;

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin