1-boshlovchi Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda ilm-fan, texnika taraqqiyoti jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda..Viloyatimiz, Respublikamiz vakillari jahon olimpiadalarida qatnashib munosib o‘rinni egallayotganlari fikrimizning yorqin dalilidir. Bunday muvaffaqiyatlarga erishish o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Albatta bu yutuqlar ustozlarning muallimlarning mislsiz zahmatlari evaziga qo‘lga kiritilgan.
2-boshlovchi To‘g‘ri aytasiz, Zebiniso, keling endigi navbatni ____________________________________________________
-She’rlar (6 kishi)
1-boshlovchi Mustaqil yurtimda ustoz izzatda
Qayerga uzatsa yetadi qo‘li
Muallim sabog‘in ayting olmas kim
Sizga nasib etsin ulug‘ zot yo‘li
2-boshlovchi Mustaqil O‘zbekistonimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilib, jumladan, Navoiy viloyatimizda 80 dan ortiq millat vakillari totuv va inoq yashab kelmoqdalar.Endigi navbat _________________________________________ga.
__________________________________
1-boshlovchi Kunduz kunsiz, dengiz suvsiz bo‘lmaganidek, ustoz shogirdsiz bo‘lmaydi Ustoz va shogirdlar orasidagi munosabat barcha zamonlarda ba’zan jiddiy, ba’zan hajviy tarzda tilga olingan. ______________________________________________
_____________________________ - Raqs Xorazmcha
Sahna ko‘rinishi (Ona tili)
Qo‘shiq
1-boshlovchi Muallim - murabbiy, mo‘tabar, muhtaram zot. Uni mo‘tabar qilgan bolalarga cheksiz mehri, muhtaram qilgan muhabbatidir.
Maktabga qadam qo‘ygan murg‘ak qalblar muallim mehri, muhabbati ila ulg‘ayadi, shu sabab ustozlarni e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Shoir aytganidek,
2-boshlovchi Ustozlar! Bugun sizlarni qancha olqishlasak, qancha sharaflasak shuncha oz. siz ustozlarning poyingizga guldastalar sochib hurmatlab e’zozlasak arziydi. Bugun sizlarni ulug‘ ayyomingiz bilan yana bir bor muborakbod etamiz.