O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi



Yüklə 30 Kb.
səhifə2/3
tarix20.09.2022
ölçüsü30 Kb.
#63845
1   2   3
Murabbiylar-kuni

O’quvchi: (Mahfuza opaga)
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.
Qalbimiz, mehrimiz, ustoz, siz bilan
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim
1 boshlovchi
Olamning gultojisi inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani, suyuklisi ustoz-muallimlardir.
2 boshlovchi
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim
Ikkala boshlovchilar:
Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz.
Raqs.
1 boshlovchi
O’qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Respublikamiz Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktabr- O’qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda.
2 boshlovchi
Dunyoning hech bir mamlakatida o’qituvchi va murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor qaratilmagan. Shu fursatdan foydalanib, 318-sonli “Ixtisoslashgan maktab-bog’cha”miz murabbiy va o’qituvchilarini barchamiz nomidan tabriklashga ijozat bersangiz.
(Ustozlarga gullar taqdim etiladi)
1 boshlovchi
Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,
Ellarda dostondir mehnatlaringiz.
Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz
Bizning muallimlarimiz (barcha)

O’quvchi:
Shogirgim obroyim, yuzim degan zot
Ishonchim, umidim, ko’zim degan zot.
Bolajonim- o’g’lim, qizim degan zot
Bu sizsiz ustozlar, hokisorlarim!
O’quvchi:
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Gog quvonch, goh alam, ko’z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
Siz mening g’ururim, iftixorlarim.
O’quvchi:
Tortilib, o’ylanib yashabsiz bilsam,
Bir umr kuymanib yashabsiz bilsam,
Ertam deb o’ylanib yashabsiz bilsam
Ey mening fidoyi alp chinorlarim.
O’quvchi:
G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,
Barchasin ardoqlab etdim ehtirom,
Mehrimning sharobin tutdim to’la jom
Faxrga sharafdir ustoz degan nom.

Yüklə 30 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin