O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot



Yüklə 26,14 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü26,14 Kb.
#195027
1   2   3   4
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot-fayllar.org (1)

Pedagogik muloqot – bu o’qituvchi professional aktivligining bir ko’rinishi bo’lib, bunda ta’lim va tarbiya vazifalarini o’qituvchi hamda o’quv – tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bir vaziyatda o’qituvchi baho beruvchi rolida chiqadi (o’qituvchi – direktor, o’qituvchi – ota - ona), ikkinchi holda uning o’zi baho oluvchi (o’qituvchi – direktor, o’qituvchi – metodist va inspektor va xokazo) hisoblanadi. Ravshanki, bunday hollarda pedagogik ta’sir ko’rsatish vazifalari va vositalari ham o’qituvchining pedagogik muloqoti har xil bo’ladi. Biz qo’yida faqat o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqotini qarab chiqamiz.
Pedagogik muloqotning tarkibiy qismlari uning vazifalari, o’qituvchining o’quvchilar va kasbdoshlari bilan o’zaro aloqalari vositalari hamda usullari, muloqot xarakteriga baho berishdan iborat bo’ladi. Muloqot vazifalari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: o’quvchiga yangi ma’lumot berish yoki fikr almashish; o’qituvchi bilan o’quvchilarning bir – birlarini o’zaro bilishlari; bir – birlarining hulqlarini tuzatish va boshqarish; muloqot har bir ishtirokchisi shaxsining imkoniyatlarini ochish va undan foydalanish, ularning o’z oldilarida turgan muammolarini o’zlari mustaqil hal etishlari; o’qituvchi shaxsiy fikrining pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligi; muloqot ishtirokchilarining bir – birlaridan qanoat hosil qilgan
Muloqot texnikasini bilish o’qituvchiga har bir vaziyatda o’z hatti-harakatlarini to’g’ri tashkil etishiga yordam beradi. O’zaro ta’sir uchun tanlangan noto’g’ri pedagogik hatti-harakat yoki noto’g’ri muloqot shaklini qo’llanilishi, ya’ni muloqotga uni amalga oshirish nuqtai nazardan tayyorlanmaganlik, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida kelishmovchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Kommunikativ o’zaro ta’sir samaradorligini oshiruvchi quyidagi vositalarga to’xtalib o’tamiz: muloqotga moslashish mushaklarning safarbarligi, tashabbuskorlik, rollar pozitsiyasidan oqilona foydalanish, imo-ishora, har bir fikrni oldingisiga nisbatan balandroq tovush bilan boshlash, muloqotning ko’p qatlamligini e’tiborga olish.
Muloqotga moslashish- iborasi K. S. Stanislavskiy tomonidan kiritilgan bo’lib, u hal etilayotgan masala va pedagogik vaziyat xususiyatiga moslashgan ruhiy mimika va pantamimika, nutq va harakat usullari sistemasini tanlab muloqot tarkibini tashkil etishni anglatadi. Insoniy muloqatning har qanday akti ob’ektga moslashlar sistemasidan iborat bo’ladi. Professional kommunikatsiyada moslashish o’zaro ta’sir etish samarasini oshiradi.
Yosh o’qituvchi o’zida har bir yangi pedagogik vaziyatga kommunikativ moslashuvlar tizimini juda tez kirita olish malakalarini shakllantirishi zarur. Ta’sir ko’rsatishning har bir metodi muloqatga moslashish sistemasi bilan birgalikda o’zgacha ohang, ahamiyat, kuch va yo’nalish kasb etadi.
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.

Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:


a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi subekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi.
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim:
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbi­yaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi; muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usul-larini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi.
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiravchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:
- pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;
- o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir;
- o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;
- o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi. Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va subektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z - mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklaratsiyalarida o‘z ifodasini topadi.
2. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
Ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda mu­him ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan. Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor - elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo‘jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlaming samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:
- birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;
- ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;
- uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
- to‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;
- beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va kechirimli bo‘lish;
- oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
- ettinchisi: doimo el g‘amini eyish;
- sakkizinchisi: aybini tan olish;
- to‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;
- o‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish. Muloqot Sharqona tarbiyada axloq ko‘rki sanalgan. Muallim har bir o‘quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida namoyon bo‘lishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot - azaldan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til - aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Alisher Navoiy "Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘li-shini, uning nasihatidan chiqmaslikni" o‘z asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining "til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan"). Uning his tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o‘qituvchi "tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita") ekanligini unutmasligi kerak.
Ikki yoki undan ortiq narsalarni qanday solishtirishni va qanday qilib solishtirishni o'rganish

Venn diagrammasi ikki yoki undan ortiq narsalarni, voqealarni, odamlar va tushunchalarni taqqoslash va farqlash uchun ishlatiladigan ingl. Vositadir. Odatda til san'atida va matematika kurslarida turli xillik va o'xshashliklarni tashkil qilish uchun ishlatiladi.


Ushbu sodda grafik o'quvchilarning ikkita narsaning bir vaqtning o'zida turli xil va bir xil bo'lganligini tushunishlarini osonlashtiradi.

Venn diagrammasi nima?

Venn diagrammasi murakkablashishi mumkin, ammo eng sodda shaklda bu o'rtada bir-biriga o'xshash ikki doiradir.


Ushbu sahifaning yuqorisidagi fotosuratdan foydalanib, Venn diagrammasi qanday ishlaydi?
  • Har bir doira taqqoslanadigan bitta elementni ifodalaydi: 1-band va 2-band.


  • Sariq qoziqlar 1-bandga xos xususiyatlarni ifodalaydi. Moviy qafaslar 2-bandga xos xususiyatlarni ifodalaydi.


  • Yashil qafaslar, 1-modda va 2-bandda umumiy xususiyatlarga ega bo'lgan sifatlarni ifodalaydi.


Oddiy Venn diagrammasi ikkitadan ortiq narsalarni solishtirish uchun ishlatilishi mumkin.


Venn diagrammasi qanday ishlatilgan?

Bolalar Venn diagrammalarini til san'atidan foydalanishni tez-tez o'rganadilar. U bir xil kitobda ikki xil kitobda yoki ikkita belgi bilan solishtirish uchun ishlatilishi mumkin.


Venn diagrammasi quyidagi holatlarda ham qo'llanilishi mumkin:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin