O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolarning o'ziga xos xususiyatlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolarning o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 36,8 Kb.
səhifə5/7
tarix19.10.2023
ölçüsü36,8 Kb.
#157380
1   2   3   4   5   6   7
O\'qituvchi va o\'quvchi o\'rtasidagi nizolarning o\'ziga xos xususiyatlari

3. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolarning o'ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda pedagogika fani oldida ta’lim mazmunini modernizatsiyalash va uning o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq bo‘lgan keng doiradagi vazifalar yechimini topish zarurati dolzarb
muammolardan biri bo‘lib kelmokda. SHunday ekan bu muammoni hal etish uchun biz birinchi navbatda o‘qituvchi faoliyatiga alohida urg‘u berishimiz zarur. Ma’lumki, ta’lim islohatlarini amalga oshirishda o‘qituvchi faoliyati asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘qituvchi omili yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy bilimlarni egallashlari orqali kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda asosiy hisoblanadi. Davr taraqqiyoti va ehtiyojlari asosida o‘qituvchi
“shaxsi»ni rivojlantirish, pedagogik-psixologik ta’sir etish vositasida ulardagi qobiliyat, qizikish, iste’dod, e’tiqod hamda amaliy ko‘nikmalarni shakplantirish bugungi kunning asosiy vazifasidir.
Hozirgi kun texnik rivojlanish davrida ba’zi o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligining yo‘qligi, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshishi, kasbiy-shaxsiy bilim, ko‘nikma va
malakalarining to‘la shakllanmaganligi, pedagogik maxoratining yetishmasligi, o‘z kasbining pedagogik-psixologik mohiyatini tushunmasligi kabilar yoki aksincha ularning o‘z qobiliyatlarini
ko‘rsatishda ba’zi bir kamchiliklarning hali xano‘zgacha mavjudligi zamonaviy o‘qituvchi qiyofasini shakllantirishga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omillar bo‘lib qolmokda. SHunday ekan ta’lim
samaradorligiga erishish uchun bo‘lajak o‘qituvchi ishini tashkil etishda «Pedagogik va psixologik masalalar” bo‘yicha davlat talablarini keltirib o‘tamiz:
• halq ta’lim tizimida pedagogik va psixologik xizmat, uning maqsad va vazifalarini bilishi;
• pedagogik-psixologik tadqiqot metodlarini bilishi va o‘z faoliyati davomida ulardan foydalana olish malakasiga ega bo‘lishi;
• o‘zbek halqining etnopsixologik xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi;
• pedagogik hamkorlik psixologiyasini bilishi va uni amaliyotda ko‘llash malakasiga ega bo‘lishi;
• pedagogika va psixologiyaning sohalari, uning nazariy-amaliy masalalari haqidagi tasavvurga ega bo‘lishi;
• pedagogik qobiliyat turlarini bilishi va egaplashi;
• psixologik-pedagogik tashhis va uning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi o‘rnini, rolini bilish, ayrim psixologik tashhis metodikalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;
• yosh davrlar psixologiyasi, bola ruhiy rivojlanishining yosh xu susiyatlari, bola shaxsi shakllanishida ijtimoiy va tabiiy omillarning roli haqida zamonaviy ta’limotlardan xabardor bo‘lishi;
• o‘quvchilarni tarbiyalashda “ oila, maktab, mahalla hamkorligi” konsyepsiyasining asosiy g‘oyalarini bilish. Ota-onalar balan ishlashda oiladagi shaxslararo munosabatlar va ularning bola
shaxsining shakllanishiga ta’siri haqidagi psixologik bilimlardan foydalana olishi;
• ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik-psixologik muammolari, izlanishlar, bu sohadagi yangilik va yutuqlarni kompyuter muloqot tizimi asosida ish ko‘rishi va ma’lumotga ega bo‘lishi lozim;
• pedagogik jamoa va o‘quvchi-tarbiyachilar guruhidagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlari haqida jamoadagi psixologik iqlim va uni yaxshilash yo‘llari haqida bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
Bu talablarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lajak o‘qituvchi, o‘z o‘quvchisiga: aqliy psixologik qobiliyat, oliyjanoblik, ma’naviy yetuklikni va boshqa yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalay oladi. Bu
jarayonda G.Boymurodova o‘qituvchi va o‘quvchilarning yoshiga hos pedagogik-psixologik individual xususiyatlarni quyidagicha klassifikatsiyalaydi:
• o‘quvchilarni ongli intizomga rioya qilishga odatlantirish;
• pedagogik faoliyatda adolatli yo‘l tutish;
• sinf yoki auditoriya jamoasidagi tarbiyaviy ishlarni izchil olib borish;
• o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini munosib rag‘batlantirib borish;
• berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishni talab qilish;
• sinf yoki auditoriya faollari harakatini qo‘llab-quvvatlash kabi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq deb ta’kidlab o‘ttanlar.
SHu munosabat bilan butun dunyoda bo‘lgani kabi bizning Respublikamizda ham ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, uning mazmunini boyitish sohasida jadal pedagogik-psixologik harakatlar
amalga oshirilmoqda. Bunda o‘quvchining amaliy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etish va shaxsiy tajribasidan foydalanish yo‘llari izlanmokda. Ta’lim va tarbiya ko‘p qirrali va murakkab jarayon bo‘lganligi sababli o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida ayrim kelishmovchiliklar sodir bo‘lib turadi. Kelishmovchiliklarning oldi olinmasa nizoga aylanadi. SHuning uchun ham ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarni
bartaraf qilish ko‘pchilik pedagog va psixolog tadqiqotchilarni qiziqtirib kelmokda. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarni, ya’ni konfliktologik kayfiyat va
xususiyatlarni o‘rganish jamiyatdagi inkirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy to‘qnashuvlarning oldini olishga ko‘mak beradi. Bugungi kunda jamiyatimizda paydo bo‘layotgan nizolar ichida o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi nizolar eng murakkab va dolzarb muammoga aylanmokda. YUqorida ta’kidlanganidek, o‘qituvchi o‘quvchining yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarini ta’lim va tarbiya jarayonida e’tiborga olmasa, o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqishi
ayon .Masalan, 7-sinfdagi “L” ismli qiz ozg‘in, darsda tez charchab qoladi, jahli tez, sal gapga yo urishadi, yo yig‘laydi. Ba’zan boshqa birovlarga aytilgan gaplarni ham o‘ziga aytilgandek qabul qiladi.
Qiskasi, tibbiyot xodimlari bu qizga hech adashmasdan “nevroz” kassaligining boshlangich bosqichlari boshlangan, debtashhis qo‘yishlari mumkin. Butun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, nevroz eng ko‘p tarkalgan kasalliklardan biri bo‘lib, YEr shari axolisining 85 foizida bu kasallik ozmi-ko‘pmi bor. Belgilari:
ertalab uykudan charchab turadi, ozgina shovkin ham salbiy ta’sir etadi. Tez charchab qoladi.
Arzimagan gapni ham ko‘ngliga oladi. Ko‘p kutishni yoqtirmaydi, sabr-toqatsiz, yig‘loki yoki asabiylashganda bakirib beradi. Uyqusi notinch. YUkorida keltirilgan “L”da ham shu belgilar mavjud
bo‘lib, o‘qituvchining unga bergan arzimagan tanbehidan o‘ta hayajonlangan. Bir xafta darsga kelmagan. Uqishga kelgan kuni u o‘qituvchi bilan yana tortishib qolgan, chunki o‘qituvchi bir xafta
darsga kelmaganligining sababini so‘ragan. O‘quv yilining boshidan boshlangan nizo, o‘quv yilining oxiri bahorga kelib avjga chikqan, ya’ni qiz va uning onasi “o‘qituvchi meni tinmasdan haqorat qiladi,
har darsda tanbeh beradi, baxoimni pasaytirib qo‘yadi” va haqozolar deb tuman halk ta’limi bo‘limiga shikoyat yozadi. Tekshirishlar bu ayblarning asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Ammo, o‘qituvchining kamchiligi bu yerda shundan iboratki, u o‘quvchining shaxsiy psixologik xususiyatlarini - (injiqligini, asabiyligini, sirkasi suv ko‘tarmasligini) e’tiborga olmasdan ish ko‘rgan. Maktab psixologi bilan maslahatlashmagan, qizning ota-onasiga haqiqiy axvol haqida ma’lumot bermagan. Natijada nizo kelib chiqkan. Vaholanki, “L”ning ruhiy va asabiy holati haqida, unga yordam haqida psixolog va psixoterapevt bilan maslahatlashish zarur edi.
Olib borayotgan ko‘zatishlarimizdan aniqlanishicha, nizolarning kelib chiqish sabab va oqibatlari shaxs tarbiyasi va madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu borada pedagog olimlar, tajribali o‘qituvchilar,
tarbiyachilar, ota-onalar, mahalla faollari hamkorligida istiqbolli tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishlari talab etiladi.
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilishning ayrim pedagogik va psixologik jihatlari, masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqotga oid izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablardan birinchisi o‘qituvchining o‘z kasbiga qiziqmasligi, o‘z kasbining moxlyatini yaxshi bilmasligi, o‘quvchilarga berayottan bilimining sayyozligi, qo‘polligi, extiyotsizligi, o‘quvchi va ota- onalar bilan muomala qilish tajribasining yetishmasligi, o‘quvchining qalbiga yo‘l topa olmasligidir.
Nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablardan yana biri psixolog IV.Straxov aytganidek, ayrim o‘qituvchilarning pedagogik takt maxoratiga ega emasligidir. Nizolarni bartaraf etish uchun tarbiyaviy
ta’sirni oshirish maqsadida pedagogik va psxologik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni inobatga olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur psixologik holatlarni hisobga olish zarurdir.
SHunday ekan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilishning ayrim pedagogik va psixologik jihatlari, masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqotga oid izlanishlar asosida ulardan ba’zilarini keltiramiz:kamchiligi bu yerda shundan iboratki, u o‘quvchining shaxsiy psixologik xususiyatlarini - (injiqligini, asabiyligini, sirkasi suv ko‘tarmasligini) e’tiborga olmasdan ish ko‘rgan. Maktab psixologi bilan maslahatlashmagan, qizning ota-onasiga haqiqiy axvol haqida ma’lumot bermagan. Natijada nizo kelib chiqkan. Vaholanki, “L”ning ruhiy va asabiy holati haqida, unga yordam haqida psixolog va psixoterapevt bilan maslahatlashish zarur edi. Olib borayotgan o‘zatishlarimizdan aniqlanishicha, nizolarning kelib chiqish sabab va oqibatlari
shaxs tarbiyasi va madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu borada pedagog olimlar, tajribali o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar, mahalla faollari hamkorligida istiqbolli tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishlari talab etiladi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilishning ayrim pedagogik va psixologik jihatlari, masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqotga oid izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablardan birinchisi o‘qituvchining o‘z kasbiga qiziqmasligi, o‘z kasbining moxlyatini yaxshi bilmasligi,o‘quvchilarga berayottan bilimining sayyozligi, qo‘polligi, extiyotsizligi, o‘quvchi va ota- onalar bilan muomala qilish tajribasining yetishmasligi, o‘quvchining qalbiga yo‘l topa olmasligidir.
Nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablardan yana biri psixolog IV.Straxov aytganidek, ayrim o‘qituvchilarning pedagogik takt maxoratiga ega emasligidir. Nizolarni bartaraf etish uchun tarbiyaviy ta’sirni oshirish maqsadida pedagogik va psxologik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni inobatga olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur psixologik holatlarni hisobga olish zarurdir.
SHunday ekan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilishning ayrim pedagogik va psixologik jihatlari, masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqotga oid izlanishlar asosida ulardan ba’zilarini keltiramiz:
Ism. O‘quvchidan jahlingiz chiqib turgan takdirda ham unga ismini aytib murojaat qiling. Bu unga qilingan murojaatga muloyim-talabchan harakter baxsh etadi. SHuni ham e’tiborga olish lozimki, aynan o‘smirlar o‘zlarining ismlarini ko‘p eshitmaydilar. Maktabda ularga ko‘pincha familiyalarini aytib murojaat qiladilar: «Sen, Valiyev, yana bezorilik kilyapsanmi!», «Bugun Xo‘jayeva javob beradi» O‘smirlar bu yoshda bir-birlarini lakablarini yoki ismlarini chala aytib chakiradilar, ota-onalar esa quyidagicha shaklda o‘smirga murojaat qshtadilar: «Menga qara, darsingni qildingmi?», «Uyalmaysanmi, doim senga o‘z vazifangni eslatib turish kerak!» va x.k. Axir har bir kishi o‘zining ismini leksik boyliqsagi eng yaxshi so‘z deb hisoblaydi va uni eshitib, o‘quvchi darhol inson bilan ishonchli muloqotga kirishadi. Muloqotning «noverbal» vositalarn va tinglash ko‘nikmasn. O‘qituvchining o‘quvchi bilan muloqotida nutqning mazmuni bilan birga mimika, ohang, nutq intonatsiyasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kattalar bilan muloqot intonatsiyasi 40% axborotga ega ekan.
Bola bilan muloqotda esa intonatsiyaning ta’siri ortadi. Bola kattalarning o‘ziga qaratilgan murojaatining intonatsiyasiga qarab, ularning o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini bilib oladi U «hissiy eshitish»ga ega. Unga qarab bola aytilgan so‘zlarning mazmun-ma’nosini hamda kattalarning munosabatini bilib oladi. So‘zlarni idroq qilganda u avvalo intonatsiyaga javoban harakat qiladi, shundan so‘nggina aytilgan so‘zning ma’nosini ilg‘aydi. Intonatsiyada kattalarning bolaga qaratilgan nugqidagi kechinmalar namoyon bo‘ladi va bola unga javoban harakat qiladi. Tinglang. O‘qituvchi ham o‘quvchini tinglashi va eshita olishi lozim. O‘qituvchi nutqining samaradorligi o‘quvchining tinglay olish ko‘nikmasiga bog‘liq bo‘ladi. Buni esa bir qator sabablarga ko‘ra bajarish oson emas: birinchidan, o‘quvchidan bir maromdagi va bir-biriga bog‘langan nutqni kutish qiyin.
SHunga ko‘ra kattalar o‘z nutqini ko‘pincha bo‘lib gapiradilar. SHu bilan so‘z iboralarini yanada qiyinlashtiradilar («Mayli, hammasi tushunarli, bor!»), ammo u o‘zi uchun eng asosiysini gapirmagan bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘quvchi gapirishni istaganda, o‘qituvchining tinglash uchun har doim ham vaqti bo‘lavermaydi, o‘qituvchi nimanidir bilmoqchi bo‘lganda esa, o‘quvchi o‘zining suhbatga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan bo‘ladi, ha, tinglamaydiganlar bilan gaplashish kimni ham qiziqtirardi.
Ta’na, Bolaning yaqinlarini yuziga solib, ta’na kilmang! Hech qachon o‘quvchini, ayniksa o‘smirni, oilasidagi notinchliklarni, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillarining axlokini yuziga solib, malomat kilmaslik kerak. Bunday ta’na uchun o‘quvchilar o‘qituvchilarni hech qachon kechirmaydilar! O‘qituvchi bunday qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib qo‘yadi. O‘quvchining ko‘z oldida o‘zining o‘qituvchi va katta kishi sifatidagi obro‘sini yo‘qotadi. Ammo, afsuski, ushbu qoidaning buzilishi tez-tez uchrab turadi. Har bir kishi ota-onasi qanday bo‘lmasin ularga nisbatan muqaddas hislarga ega bo‘ladi. «Hissiyotlarni qaytarish» usuli orqali konfliktning oldini olish va muvaffakiyatli hal qilish mumkin.
O‘zining kasbiy nuqtai nazarini anglash, o‘quvchi xulqi motivlarini tushunish o‘qituvchiga o‘zining shaxsiy hissiyotlari asiridan chiqish (bu esa oson emas) va bola kechinmalariga hamdard bo‘lishga yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda shaxs yuksalishining har bir davrini «boshdan kechiradi», ularning omadsizliklariga kuyinadi, muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘ladi, xulq va ishilarining barbod bo‘lganidan xafa bo‘ladi. Bag‘rikenglik bilan ularni kechiradi - bularning hammasi o‘qituvchining obro‘sini to‘kmaydi, balki ularning nuqtai-nazarlarini hissiy yaqinlashtiradi, bir-birlarini tushunishlariga olib keladi, o‘quvchilar bilan munosabatlardagi stereotiplardan qutulishga yordam beradi. Bularsiz pedagogik hamkorlik o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Bunda o‘qituvchi eng yomon o‘quvchining ham yaxshi tomonini ko‘ra oladi, uning to‘zalishiga umid qiladi. Kunlardan birida matematika o‘qituvchisi o‘qituvchilar xonasida, xursandchilik va hayrat bilan Tolib (juda «og‘ir» bola)ning ishini ko‘rsatdi: «Qaranglar Tolib darsda grafik chizdi. Bilasizlarmi, sezdirmay sekin yuziga qaradim: diqqati jamlangan, mehrli va chiroyli. Bu daqiqada u o‘zgacha edi. Balki, biz uni erta «og‘ir»ga chiqarib qo‘ygandirmiz, a?» O‘quvchilar o‘zlari bilan xursandchiliklarini bo‘lisha oladigan o‘qituvchilar bilan bo‘lgan munosabatni qadrlaydilar. Bunday munosabatlarda konfliktlar ham ro‘y berib turadi, ammo ularni hal qilish osonroq, munosabatlar konfrontatsiyagacha yetib bormaydi.
Pedagogik konfliktlarda oxirigacha «haq» va «nohaq»lar, g‘olib va yutqizganlar bo‘lmaydi, har bir pedagogik muvaffaqiyatsizlikda, o‘quvchining og‘ir taqdirida o‘qituvchining ham aybi bor. Jazo. O‘qituvchi konfliktni hal kilganda jazoni asosiy ta’sir vositasidan biri deb hisoblaydi. Ularning fikricha, shu bilan xulqning takrorlanmasligiga erishiladi, bu esa o‘quvchini qo‘rqitadi.

Yüklə 36,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin