O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolarning o'ziga xos xususiyatlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 36,8 Kb.
səhifə4/7
tarix19.10.2023
ölçüsü36,8 Kb.
#157380
1   2   3   4   5   6   7
O\'qituvchi va o\'quvchi o\'rtasidagi nizolarning o\'ziga xos xususiyatlari

Pedagogik jamoada nizolar
Pedagogik jarayonning muhim ishtirokchisi talaba bo’lib, ular orasidagi aksar konfliktlar kichik guruhlarda liderlikka intilish natijasida namoyon bo’ladi.
Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga
nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham tortishi mumkin. Bu esa konfliktik
eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini kengayishiga sabab bo’ladi. Talaba-talaba va
talaba-o’qituvchi konfliktida konfliktogenlarni qo’llamasdan, samarali uslublarni
ishlatgan holda muammo echimiga kelish mumkin.
Shuning uchun nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish odatda muammoni
aniqlash, uni tahlil qilish, uni hal qilish bo’yicha harakatlar va natijalarni baholash
tsiklini o’z ichiga oladi. Har qanday aniq bir vaziyatda nizolarni hal qilish
bo’yicha siyosatni ishlab chiqishga kirishishdan avval ularning manbalarini
aniqlash zarur.
Birinchi navbatda nima sodir bo’lganligini aniqlash kerak. Muammo nimadan
iborat? Ushbu bosqichda muammoni aniqlash bilan barcha rozi bo’lishi uchun
hodisalarni bayon etish muhim.
Nizo tahlil qilib chiqilganidan so’ng hamkorlik ruhida birgalikda barchani
murosaga keltirish yo’lini izlashga o’tish mumkin.
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi nizoni hal qilishda nizoning sabablarini
tahlil qilishdan tashqari yoshi omilini hisobga olish kerak.
“O’qituvchi - o’quvchi” amaliy nizoli vaziyatlar bilan bir qatorda shahsiy
hususiyatdagi qarama-qarshiliklar ham uchrab turadi.
Nizoli vaziyatga tushib qolib o’qituvchi o’zining faolligini yoki suhbatdoshini yahshiroq tushunishga yoki nizoni bostirish yoki uni oldini olish maqsadida o’z psihologik holatini boshqarishga qaratishi mumkin. Birinchi holatda nizoli vaziyatni hal qilishga insonlar orasidagi bir-birini tushunishlarini yo’lga qo’yish,
anglashilmovchiliklarni, kelishmovchiliklarni yo’qotish yo’li bilan erishiladi. Umuman olganda, boshqa insonni tushunish ancha murakkab. Tajribali
pedagoglar nimani gapirishni (dialogda mazmunini tanlash), qanday gapirishni
(suhbatni emotsional tusda olib borish), bolaga qaratilgan nutqda maqsadga
erishish uchun qachon gapirishni (vaqti va o’rni), kimning oldida va nima uchun
gapirishni (natijaga ishonch) biladi.
Pedagog va o’quvchi o’rtasida haqiqatda юzaga kelgan nizoni uch darajalarda
tahlil qilish mumkin:
 Ta’lim muassasasida o’quv–tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish ob’ektiv
husussiyatlari nuqtai nazaridan;
 guruh, pedagogik jamoa, o’qituvchi va o’quvchining aniq shahslararo
munosabatlari ijtimoiy–psihologik hususiyatlari nuqtai nazaridan;
 nizo ishtirokchilari yoshi, jinsi, individual-psihologik hususiyatlari nuqtai
nazaridan.
Agar butun ta’lim jarayonini tashkil qilish va sharoitlarida, jamoali qoidalar
va tartiblar tizimida, ushbu jarayonning bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari,
bo’lajak nizolarda konstruktiv hulqlariga tayyorliklarida haqiqiy ob’ektiv va
sub’ektiv o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlansa, nizo samarali hal qilingan
hisoblanishi mumkin.
Pedagogik jamoadagi nizolar – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qarama-
qarshilikni юzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy
belgisi – nizo predmeti юzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning
yo’qligi. ya’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli
vaziyat юzaga keladi, uning asosi hisoblanadi.
Pedagogik jamoadagi nizoni konstrutiv hal qilish quyidagi omillarga bog’liq
deb hisoblanadi:
 nizoni to’g’ri tushunish, ya’ni raqibining va o’zining harakatlarini, istaklarini
shahsiy qiziqishlari bilan etarlicha aniq tushunish;
 ishtirokchilar sodir bo’layotganlarni va nizoli vaziyatdan chiqish yo’llarini,
o’zaro ishonchlilik va hamkorlik muhitini yaratish to’g’risida o’z tushunishlarini
to’g’ri aytib muloqotning ochiqligi va samaradorligi, muammoni har tomonlama muhokama qilishga tayyor bo’lishlari.
Rahbar uchun nizolashayotgan shahsning yoki hojimlarning insoniy hulqlar
qanday harakteri, hususiyatlari hos ekanligini bilish ham foydali bo’ladi.
Psihologlarning tadqiqotlarini umumlashtirib shunday sifatlarga quyidagilarni
kiritish mumkin: o’z imkoniyatlarini va qobiliyatlarini noto’g’ri baholash, u past
va yuqori bo’lishi mumkin.
K.U. Tomas va R.H. Kilmennlar tomonidan nizoli vaziyatlarda hulq asosiy eng
mos keladigan strategiyalari ishlab chiqilgan. Ular nizoda beshta asosiy hulq
uslublari mavjudligini ko’rsatadilar: moslashish, kelishish, hamkorlik, mensimaslik, raqiblik yoki raqobat.
Ular aniq bir nizoda hulq uslubi passiv yoki faol harakat qilib shahsiy
manfaatlaringizni va hamkorlikda yoki individual harakat qilib boshqa tomonning
manfaatlarini qondirishni hohlash darajasi bilan belgilanishini ko’rsatadilar.
Pedagogik jamoadagi nizoni hal qilishga yondoshishda quyidagi vaziyatlarda
foydalanish mumkin:
– mavjud ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish;
– ikkinchisi – nizolar rivojlanishi qonuniyatlari bilimlarini va ularni oldini
olish va bartaraf qilish usullarini egallash; (ancha qiyin yo’l, ammo ancha samarali,
chunki turli nizolar barchasiga bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatish mumkin emas).
V.M.Afonьkova nizolarga pedagogic aralashishning muvaffaqiyatliligi
pedagogning qarashlariga bog’liq bo’ladi deb ta’kidlaydi. Bunday qarashlar kamida
to’rtta bo’lishi mumkin:
· nizoga avtoritar aralashishi yondoshuvi – pedagog nizo – bu har doim ham
yomon emasligi va u bilan kurashish kerakligiga ishonchi bo’lmagan holda uni
bostirishga harakat qiladi;
· neytralitet yondoshish – pedagog tarbiyalanuvchilari o’rtasida юzaga
keladigan to’qnashuvlarni sezmaslikka va aralashmaslikka harakat qiladi;
· nizodan qochish – pedagog nizo – bu юzaga kelgan vaziyatdan qanday
chiqishni bilmasligi sababli bolalar bilan uning muvaffaqiyatsiz tarbiyaviy ishlari
ko’rsatkichi deb ishonadi;
· nizoga maqsadga muvofiq aralashish - pedagog tarbiyalanuvchilari jamoasini
yahshi bilishiga, tegishli bilim va malakalariga tayanib nizo kelib chiqishi
sabablarini tahlil qiladi, uni bostirish yoki ma’lum darajagacha rivojlanishiga
berish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Pedagogik jamoadagi nizolar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida юzaga
keluvchi va o’z hizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishida yoki yomon
bajarishida ham namoyon bo’ladi.
Nizoda o’qituvchi o’z pozitsiyasini to’g’ri aniqlashi juda muhim, chunki
pedagogik jamoa uning tomonida bo’lsa юzaga kelgan vaziyatdan chiqish unga
oson bo’ladi. Agarda sinf intizomni buzuvchi bilan birgalikda tartibsizlik qila
boshlasa yoki ikki tomonlama pozitsiyada bo’lsa bu salbiy oqibatlarga olib keladi
(misol uchun, nizolar doimiy tus olishi mumkin).
Munosabatlar nizolari ko’pincha pedagogning muaamoli vaziyatlarni
mohirona hal qila olmasligi natijasida юzaga keladi va odatda uzoq davom etadi.
Ushbu nizolar shahsiy tus oladi, o’quvchining o’qituvchini uzoq vaqt davomida
yoqtirmasligini keltirib chiqaradi, ularning munosabatlarini ancha vaqtga buzadi.

Yüklə 36,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin