O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolarning o'ziga xos xususiyatlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 36,8 Kb.
səhifə3/7
tarix19.10.2023
ölçüsü36,8 Kb.
#157380
1   2   3   4   5   6   7
O\'qituvchi va o\'quvchi o\'rtasidagi nizolarning o\'ziga xos xususiyatlari

2. Nizo, uning mazmuni va turlari.
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy
bilimlarga ega bo’lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil
qiluvchilarini yaxshi bilish kerak. Nizoli jarayon to’g`risida faqatgina hayotiy
tasavvurlarga ega bo’lgan insonga nizodan foydalanish tehnologiyasi to’g`risida
gapirish foydasizdir.
Nizo – istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi
sababli юzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy
o’zaro aloqalar shakli (sub’ektlar individ/guruh/o’z o’zi bilan– ichki nizolar
holatlarida bo’ladi.
"Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o’rtasida
katta farq bor.
Nizoli vaziyat ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni
юzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi nizo
predmeti юzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi.
Ya’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli
vaziyat юzaga keladi, uning asosi hisoblanadi.
Nizolarni to’rt turlari ko’rsatiladi:
 ichki shahsiy – shahsning kuchi bo’yicha tahminan teng motivlari, qiziqishlari,
ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi;
 shahslararo – o’z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga
oshirishga intiluvchi shaхslarni ifoda etadi;
 guruhlararo – biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko’zlagan va ularni
amalga oshirish yo’lida bir-biriga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo
tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi;
 shahsiy-guruhli – shahsning hulqi guruh qoidalari va umidlariga mos
kelmasligi holatlarida юzaga keladi.
Nizoni oldindan ko’ra bilish uchun avval qandaydir qarama-qarshilik,
kelishmovchilik mavjud bo’lgan hollarda юzaga keladigan muammo mavjudligini
aniqlab olish kerak. Shundan keyin, nizoli vaziyatning rivojlanish yo’nalishi
aniqlanadi.
Nizolarni hal qilishga ikki xil yondoshuv mavjud:
– birinchisi – mavjud ilg`or pedagogik tajribalarni o’rganish;
– ikkinchisi – nizolar rivojlanishi qonuniyatlari bilimlarini va ularni oldini
olish va bartaraf qilish usullarini egallash; (ancha qiyin yo’l, ammo ancha samarali,
chunki turli nizolar barchasiga bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatish mumkin emas).
V.M.Afonьkova nizolarga pedagogic aralashishning muvaffaqiyatliligi pedagogning qarashlariga bog’liq bo’ladi deb ta’kidlaydi.
Bunday qarashlar kamida to’rtta bo’lishi mumkin:
· nizoga avtoritar aralashishi yondoshuvi pedagog nizo bu har doim ham
yomon emasligi va u bilan kurashish kerakligiga ishonchi bo’lmagan holda uni
bostirishga harakat qiladi;
· neytralitet yondoshish pedagog tarbiyalanuvchilari o’rtasida юzaga
keladigan to’qnashuvlarni sezmaslikka va aralashmaslikka harakat qiladi;
· nizodan qochish pedagog nizo bu юzaga kelgan vaziyatdan qanday
chiqishni bilmasligi sababli bolalar bilan uning muvaffaqiyatsiz tarbiyaviy ishlari
ko’rsatkichi deb ishonadi;
· nizoga maqsadga muvofiq aralashish - pedagog tarbiyalanuvchilari
jamoasini yaхshi bilishiga, tegishli bilim va malakalariga tayanib nizo kelib
chiqishi sabablarini tahlil qiladi, uni bostirish yoki ma’lum darajagacha rivojlanib
borishi to’g`risida qaror qabul qiladi.
O’quv faoliyati sharoitlaridagi nizolar turli хildagi nizolar bo’ladi. Pedagogika sohasi shaхsni maqsadga muvofiq shakllantirish barcha turlari to’plamidan iborat bo’ladi, uning mohiyati esa ijtimoiy tajribani o’rgatish va o’zlashtirish bo’yicha faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun aynan mana shu erda pedagog, o’quvchi va ota-onalarning ko’ngil hotirjamliklari uchun qulay ijtimoiy- psixologik sharoitlar yaratish zarur.
Nizoning rivojlanib borishida qator bosqichlar mavjud:
1 Taxmin qiluvchi bosqich – manfaatlari to’qnashuvi юzaga kelishi mumkin
bo’lgan sharoitlar bilan bog`liq.
2 Nizoning paydo bo’lish bosqichi – turli guruhlar yoki alohida insonlar
manfaatlarining to’qnashuvi.
3 Nizoning etilishi bosqichi – manfaatlari to’qnashuvi muqarrar bo’lib
qoladi.
4 Nizoni anglab etish bosqichi – janjallashuvchi tomonlar manfaatlari
to’qnashuvini faqatgina sezibgina qolmay, balki anglab ham eta boshlaydilar.
Pedagogik konfliktlar bu pedagogik jarayonda o’qituvchi va ta’lim oluvchi
o’rtasida, shuningdek talabalar o’rtasida vujudga keluvchi muammoli vaziyatlarning amaldagi ko’rinishidir. Pedagogik jarayonni asosiy boshqaruvchisi
o’qituvchi bo’lib, tizim doirasida faoliyatni amalga oshirishda talaba, ya’ni sub’ekt
bilan aloqada konfliktli muhitlar юzaga kelishi mumkin. O’qituvchi va talaba
o’rtasidagi shahslararo konfliktlar юqori bosqich talabalari bilan ko’proq sodir
bo’ladi. Ilk bosqichlarda o’qituvchi talaba nigohida shubhasiz юqori nufuzga ega
shahs sifatida gavdalanib, o’qituvchi talaba uchun ota-onasi singari kuchli ta’sir
kuchiga ega bo’ladi. CHunki, talaba “MEN”i bu davrda ruhiy adaptatsiyada bo’lib,
yangi sharoitga ko’nikmagan ruhsizlikni boshidan kechiradi. YAngi sharoitga
ko’nikib borishi natijasida, shahsda o’zgarishlar юz bera boshlaydi va talabaning
o’z “MEN”iga bo’lgan ishonch ortadi. Natijada o’qituvchi va talaba o’rtasida
konfliktli jarayonlar sodir bo’la boshlaydi. Yuqori bosqichlarda talabalar mustaqil
bo’lishga intiladi. O’zini fikrlarini bemalol aytishni, o’ziga taa’lluqli muammolarni
mustaqil hal etishni, atrofidagi bo’layotgan voqelarga shahsiy munosabatini
bildirishni hohlaydi. Natijada belgilangan me’yorlarni buzish natijasida o’qituvchi
va talaba o’rtasida konflikt yuzaga keladi.

Yüklə 36,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin