O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

      2.  3.    Pedagogik  fikr  tarixi  va  maktab  amaliyotida  o`qituvchi  mahorati   

masalalari 




 

                         



 

 

 KIRISH 



   

Mustaqillk  sharofati  bilan  o`zbek  diyorida  ham  yangillanish,  rivojlanish 

davri  boshlanib,  ijtimoiy  hayotimiz  umumjohon  andozalaridga  mos  tarraqiyot  

yo`nalish-  lariga  jadal  suratlar  bilan  kirib  bormoqda.  Xalq  xo`jaligini  barcha 

sohalarida,  shu  jumladan  ta’lim  sohasida  ulkan  islohatlar  amalga 

oshirilmoqda.Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimizda yosh avlod 

tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshladi.    

       "Ta’lim  to`g`risida"  gi  qonun    "  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  ",  "Davlat 

talim  standartlari"  ning  hayotga  tatbiq  etilishi  ushbu  jarayondagi  eng    muhim 

bosqichlardir.  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisi    IX  sessiyasida  "Barkamol 

avlod-  O`zbekiston  taraqqiyot  poydevori"    nutqida  prezdentimiz    I.A.Karimov 

shunday takidlagan.  

       "Barchangiz  yaxshi  bilasizki,  kelajak  avlod  haqida  qayg`urish,  sog`lom 

barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xusiyatimizdir."   

     "Mamlakatimizning 

istiqlol 

yo`lidagi 

birinchi 

qadamidayoq, 

buyuk 


manaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish milliy ta’limning tarbiya tizimini 

takomillashtirish,  uning  milliy  zamirini  mustahkamlash  zamon  talablari  bilan 

uyg`unlashtirish  asosida  johon  andozalari  va  ko`nikmalari  darajasiga  chiqarish 

maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda." 

    "Hammamiz  yana  bir  xaqiqatni  anglab  yetmoqdamiz.  Faqatgina  chinakam 

marifatli odam inson  qadrini millat qadryatlarini bir so`z bilan aytganda o`zligini 

anglash  erkin  va  ozod  jamiyatda  yashash  mustaqil  davlatimizning  johon 

hamjamiyatida  o`ziga  munosib  obro`li  o`rin  egallashi  uchun  fidoiylik  bilan 

kurashish mumkin".  

      O`zbekiston  Respublikasining  xalqaro  munosabatlarini  keng  quloch 

yoyayotgan  bir  paytda  chet  tillarini  o`rgatish-  o`rganish  o`ta  zaruriy  ehtiyojga 

aylandi.  Ushbu  masalani    muhimligini  alohida    uqtirib  mamlakatimiz  prezdenti  

I.A.K. shunday degan edi .   

    "Xozirgi  paytda  xorijiy  tillarni    o`rganish  va  o`rgatishga  yurtimizda  katta 

ahamiyat  berilmoqda.  Bu  ham  albatta  bejiz  emas.  Bugun  johon  hamjamiyatida 



 

o`ziga  xos  munosib  o`rin  egallashga  itilayotgan  mamlakatimiz  uchun  chet  ellik  



sheriklarimiz  bilan    hamjihatlikda  hamkorlikda  o`z  buyuk  kelajagini  qurayotgan 

xalqimiz  uchun    xorijiy  tillarni  mukammal  bilishning  ahamiyatini  baholashni 

hojati yo`qdir".  

     


 Mamlakatimizda  barkamol  avlodning  bilim  olishi,  jahon  miqyosida 

rivojlangan davlatlar darajasidagi yetuk kadrlar bo’lib yetishishiga juda ham katta 

e’tibor  qaratilmoqda,  yosh  avlodning  jahon  arenalaridan  istalgan  yo’nalish 

bo’yicha  o’zga  mamlakat  a’zolari  bilan  kuch  va  bilim  sinasha  oladigan,  ularni 

dog’da  qoldira  oladigan  qilib  tarbiyalash  davlat  siyosati  tusini  olgani  juda  ham 

ko’plab “ Kichkina demang bizni” deb yurgan millionlab O’zbekiston yoshlariga 

keng  imkoniyatlar  eshigini  ochib  bergani  siz-u  bizga  oydek  ayon.  Ayniqsa 

muxtaram Yurtboshimizning 2012-yil 10-dekabrdagi mamlakatimizda chet tillarni 

o’rgatish  va  o’rganishga  qaratilgan  qarorlari  yurtimizning  barcha  joylarida 

shaharlarimizdan  tortib  chekka  –  chekka  qishloq  va  ovullarimizda  ham  bog’cha 

tarbiyalanuvchilari,  maktab  o’quvchilari  va  o’rta  maxsus  ta’lim  dargohlari 

talabalari ham emin erkin, o’z hoxishlariga ko’ra, istagan, va ayniqsa birdan ortiq 

chet  tillarni  o’rganish  imkoniyatini  berdi  desam  mubolag’a  bo’lmaydi. 

Yoshlarning,  biz  iftixor  bilan  tilga  oladigan  kelajagimiz  asoslarining  o’z  fikr  va 

muloxazalarini nafaqat o’z ona tillarida balki, yana ikki - uch xorijiy tillarda ham 

ifodalay  olishlari,  ushbu  til  sohiblari  ega  bo’lgan  imkoniyatlar  va  qulayliklardan 

foydalanish, ularga o’z kuchimiz, bilimimiz, bizlarning aslida kim ekanligimizni 

ko’rsata olishimiz uchun bag’oyatda ko’p kerak bo’ladi deb o’ylayman. Tarixan 

bizga  buyuk  ajdodlarimizdan  qolgan  yuksak  ma’naviy  meros,  kundan  kunga 

umumbashariy  qiyofani  o’zida  aks  etib  borayotgan  milliy  qadriyatlarimiz,  hech 

bir xazinadan kami yo’q zaminimiz, umuman olganda esa Prezidentimiz qayd etib 

o’tgan eng katta boyligimiz - mexnatkash xalqimizni dunyoga tanitadigan, butun 

jahon  e’tirofiga  sazovor  etadigan  barkamol  avlodni  ham  ma’naviyatli,  ham 

ma’rifatli  shaxs  bo’lib  ulg’ayishlari,  muqaddas  vatan  xizmatida  bel  bog’lab 

turishlari uchun ularni jahon andozalariga mos ta’lim jaroyoni bilan ta’minlanishi 

ekanligiga  hech  qanday  shubham  yo’q.  Qayerga  bormang,  qayerda  bo’lmang 




 

o’zbek  yoshlarining  xorijdan  kelgan  iqtisodiy,  ijtimoiy  sheriklari  bilan  turli 



tillarda  suhbatlashayotganliklariga  ko’zingiz  tushadi,  dunyo  mamalakatlari 

kutubxonalaridan  xalqaro  internet  tizimi,  ijtimoiy  tarmoqlar  orqali  hech  qanday 

tarjimonlarsiz  o’zlariga  kerakli  kitoblarni  o’qiy  olayotganlari,  zamonaviy 

texnikalardan,    avval  o’rganilib  qolinganidek  ruscha  yo’riqnomalarni  izlab 

o’tirmasdan, bemalol foydalana olayotganliklari kishini xayratga solmasdan iloji 

yo’q. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin