O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni


 Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

1.2. Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy  

        sharoit. 

     

Sho`ro davri o`zbek adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Parda 

Tursundir.  Bu  uning  taxallusi  bo`lib,  asl  ism-sharifi  Tursunov  Pardadir.  U  1909 

yili  7-noyabrda  Namangan  viloyati  Pop  tumanidagi  Chorkesar  mahallasida 

                                                 

4

 



Q. Azizov, O. Qayumov “Chet el adabiyoti tarixi”,Toshkent 1987.

 



 

18 


dehqon  oilasida  tug`ildi.  Ota-onadan  erta  etim  qolgan  Parda  Tursun  sarson-

sargardonlikda hayot kechiradi. 

Ayovsiz  yillar  shamoli  uni  1918  yilda  Chorkesar  qishlog`idan  Toshkentga 

etaklaydi. 

Kishilar  eshigida  xizmatkor  bo`lib  kun  kechiradi.  Undagi  ilmga  tashnalik 

1923-1927 yillarda tajriba ko`rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda Karl Marks 

nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi. So`ngra, toki 30-yillar boshiga qadar 

Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda o`qituvchilik qiladi. Uning 

adabiyotga  qiziqishi  xuddi  shu  davrdan  boshlangan  bo`lib,  «Qizil  O`zbekiston» 

(«O`zbekiston  ovozi»)  ro`znomasi  muharririyatiga  etaklaydi.  1929-1934  yillarda 

mazkur ro`znoma sahifalarida o`zining xabar, ocherk, hikoyalariyai chop ettiradi. 

1930 yilga kelib, uning «Zo`rlik» nomli birinchi hikoyasi e`lon qilinadi.  

U    1930-1931-yillarda  «Batrak»  gazetasida  mas`ul  kotib,  1931-1934  va 

1939-1940-yillarda «Qizil O`zbekiston» gazetasida adabiy xodim sifatida faoliyat 

ko`rsatadi.  1935-1936-yillarda  O`rta  Osiyo  plan-iqtisod  institutida  birmuncha 

muddat  taqsil  ko`rgach,    1937-1938-yillarda    O`zbekiston  Markaziy  Ijroiya 

Qo`mitasi  raisi  kotibi,  1940-1945-yillarda  O`zbekiston  Telegraf  agentligida 

adabiy  xodim  va  muharrir,  1948-1950-yillarda    partiya  tarixi  institutida  ilmiy 

xodim  bo`lib  ishlaydi.  Parda  Tursunning  adabiy  faoliyati  1929-1930  -yillarda 

kichik-kichik hikoyalar yozish bilan boshlangan.

5

 

1934-1935  yillarga  kelib,  adibning  «Ostonada»,  «Qo`ldosh  va  Marusya», 



«Bir xotinning tarixi» kabi bir necha hikoyalari yaratiladi. 

Parda Tursun ijodiy faoliyatida uning «Domla” (1937) hikoyasi muhim rol 

o`ynaydi. 

Mazkur  hikoyaning  syujet  chizig`i  aytish  mumkinki,  adibning  butun  umri 

davomida  yaratgan  o`rta  va  yirik  asarlari  sahifalariga  ko`chdi,  qissa  va 

romanlarining bosh  mavzuiga aylandi. 

Parda  Tursun  bu  yillarda  zamondoshlari  hayotidan  olingan  bir  qator 

hikoyalar, o`nlab ocherklar yaratdi. Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar» 

                                                 

5

 O`zbekiston Milliy Ensklopediyasi 




 

19 


(1933),  «Majlisda»  (1934),  «Quvnoq  hayot»  (1935),  «Yaylovda  (1935), 

«Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalaridagidek 

ocherklarida  ham  o`zbek  ziyolisining  bosib  o`tgan  yo`li,  kurashi  haqida  hikoya 

qiladi.  1941-1945  yillarda  adib  bir  qo`lida  qurol,  bir  qo`lida  qalam  bilan  ona-

Vatan himoyasida bo`ladi. Urushdan keyingi yillarda oliy o`quv yurtlarida talaba, 

o`qituvchi,  nashriyotlarda  muharrir  bo`lib  faoliyat  ko`rsatdi.  Parda  Tursunning 

kichik-kichik  hikoyalaridan  keyinchalik,  ya`ni  1947-yilda  uning  «Haq  yo`l»  

avtobiografik  qissasi  «o`sib  chiqqan».  Parda  Tursun  1940-yilda  yozilgan  bu 

qissasi  ustida  uzoq  vaqt  ishlab,  uni  1947-yilda  nashr  etadi.  Keyinchalik  mazkur 

qissaga  sayqal  berish,  unda  belgilangan  qaxramonlar  hayoti  va  jamoalashtirish 

davri  manzaralarini  tasvirlashda  davom  etib,  dastlab  1947-  yili  uning  birinchi 

yirik  asari  —  «Haq  yo`l»  nomli  qissasi  chop  etiladi.  Undagi  bosh  qahramon 

Elmurod  Do`stmatovning  hayot  yo`li  timsolida  adib  tarjimai  holi  emas,  o`zbek 

ziyolisining  bosib  o`tgan  mashaqqatli  yo`li  gavdalantiriladi.  U  keyinroq 

«O`qituvchining  yo`li»  nomi  bilan  o`zbek  va  rus  tillarida  chop  etiladi.  1950 

yillarga kelib, mazkur qissa qayta ishlanib, «O`qituvchi» nomi bilan mustaqil bir 

asar — roman sifatida nashr etiladi. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazi hatti-

harakati  va  xarakteri  vositasida  o`zbek  ziyolisi  —o`qituvchisining  hayoti  va 

kurash yo`li umumlashmasiga ko`tarildi. 

Parda  Tursun  jurnalist,  o`qituvchi,  noshir  va  publitsist,  ocherknavis  va 

hikoyanavis,  qissanavis  va  romannavis  bo`lishi  bilan  birga  mohir  tarjimon  ham 

edi. Saltikov-Shchedrin, A.Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o`zbek 

tiliga ag`dargan. Uning asarlari ko`plab qardosh va xorijiy tillarga tarjima bo`lgan. 

U  1957  yilda  vafot  etgan.  Hozirgi  kunda  Toshkent  va  Namangandagi  bir  necha 

maktab va ko`chalarga Parda Tursun  nomi berilgan.

6

 



  

Ulkan  iste`dod  egasi  Parda  Tursunning  o`qituvchi  romanida  o`zbek 

ziyolisining  og`ir fojiyalarga to`la  hayot yo`li zo`r mahorot bilan tasvirlanadi. Bu 

                                                 

6

 Uzbek adabiyoti tarixi, 3-j., T., 1972.



 

 



 

20 


asar  voqealari    soy    bo`ylab    baland    tog`    yonbag`irlariga    tizilishgan    qing`ir-

qiyshiq  uyli  bir  qishloqda  boshlangan.  

Qishloqdagi    paxsa  devorli    qo`rg`onchalar    mulkdor  odamlarniki    bo`lib  

guvaladan    qurilgan.  Qish  kezlarida    shiftlaridan,  hatto,  devor    kovaklaridan  

shamol  hushtak  chalib   turadigan   ayollarning  a`za  tutgandagi  qiychuvi  bola  

tuqqandagi    fig`onlari    eshitilib    turadigan    pastak    uylar    kambag`al-

qashshoqlarning      boshpanalari      edi.  Buga  jon  kirgizib  turadigan  esa    ayol  va 

go`daklar  bo`lib, ularning  qo`lidan  ish  keladigan  azamatlari yersiz, ot-ulovsiz 

qisqasi, qashshoqlikdan ish qidirib uzoq  shaharlarga – Qo`qon, Namangan, hatto  

dovon    oshib    Toshkentga    ketar,    shu    bilan    qishda    qaytar,    yo    bo`lmasa  

birovlarning  eshigida  qo`l-oyoqlari  bog`lanib   qolib  ketardilar.                           

Asar  yozilgan  bu  davrda  ko`z  ko`rmagan  quloq  eshitmagan  joylarda  

bo`layotgan    urush    xalqning    boshiga    kulfat  soldi.  Tirikchilik    yanada  

qiyinlashdi. Boylar  ham  qarz  bermay  qo`ydi. Hech  chora  qolmagach, yaroqli  

buyumlarini  birma-bir  sotdilar, oziq-ovqatlarga  ayirbosh  qildilar. Sotishga  va  

ayirboshlashga  yaraydigan  narsalar  ham  tamom  bo`ldi. Hatto  ``Tatran``  nomli  

yog`ochdan , qattiq  va  zaharday  achchiq  bir  tog`  o`simligidan  non  tayyorlab  

yeyishga   to`g`ri   keldi.  Soliqlar    ham    haddan    ziyod   oshib   ketdi.  Hech   najot  

topolmagan  odamlar  uy-joylarini  sotib  boshqa  shaharlarga  ko`chib  ketishga  

majbur    bo`ldilar.  Bular    orasida    bizning    qahramon    Elmurodning    oilasi    ham  

bor  edi. 

 

Bu    davr  tasviri  “O`qituvchi”  romanining  bosh  qahramoni  bo`lmish  



Elmurodning    hayot    yo`li    misolida    juda    ta`sirchan    qilib    ko`rsatilgan. 

Elmurodning  dadasi  Do`smat ayasi  Buviniso  bo`lib,  uning  yana  bitta  ukasi  

Avaz  bor  edi. Ular  qishloqda  yeyishga  ham  narsa  topolmay   uy-joyni  pullab  

shaharga  keladi. Lekin shahar  ham  ular  kutganlaridek  emas  edi. 

 

Ular    o`zlariga    o`xshab    yelkasiga  yuk    ko`targan    qashshoqlarni,  



do`konlarning  ayvonlarida    ochlikdan    tirishib    yotgan    darmonsiz    odamlarni  

ko`rganlarida  tirikchilik   bu  yerda  ham  xaligiday  ekanini  darrov  fahmladilar , 

ko`ngillari        yana    g`amga    to`ldi.  Yo`l  chetlariga    o`tirgan    mayib  gadoylar, 



 

21 


tilanchilik  qilib  yurgan chol va  kampirlar,  ustlari  yupun  bolalar  ularning  ko`z 

o`ngidan  bir-bir  o`tib  turdi.                       

 

Ular    shaharda    ancha    sarson    bo`ladilar.    Yeyish    uchun    non  ,  tunash  



uchun  esa  boshpana  yo`q  edi. Qish  kunlari, havo  sovuq  ularning  ust-boshi  

yupqa.  Oyoqlari  jiqqa    ho`lligidan    yurganlarida      kirch-kirch    degan    tovush  

chiqadi. Ular    shaharda bir  iloj qilib kun  ko`rardilar. Ukasi  Avaz  ko`p  kasal  

bo`ladi.  Onasi    ham    ocharchilikdan    farzandlarini    kasalligini,    yig`lashini  og`ir  

oladigan    bo`lib    qolgan.  Avaz  vafot    etdi.  Undan    so`ng    otasi    ham    olamdan  

ko`z    yumdi.  Og`ir    ahvolda    qolgan    ona-bola    nima    qilarini    bilmay,  yomon  

kunlarni  boshidan  kechirdilar. Hattoki  tilanchilik  qilishga  majbur  bo`ladilar. 

Sharoit      o`ta    qiyin    bo`lib    ketganligi,    onaning    sog`ligi    yomonlashib  

borayotgani  va  o`glini  boqishga  ko`zi  yetmay  qolganligi  uchun  ona  o`g`lini  

bir  Eshonning    qo`liga    topshiradi.  Elmurodga    “Jannat”    deb  ta`riflashgan    bu  

oila naq  do`zax  edi.   

 

 Eshon  qozilik  ham  qilar  edi.    U  qozilikda    poraxo`rlikka    mukkasidan  



ketdi. Bir gal  uning  huzuriga  ikkta  qishloqi  boy  bir-birlarini  ustidan  shikoyat  

qilib    kelishdi.  Ulardan    biri    ot    yo`qotgan    ekan,    ikkinchisi      bozorda    minib  

yurganida    tanib    qolibdi.    Birinchi    boy    “Mening    yo`qotgan    otimning    o`zi,  

qulog`idan    tortib    tuyog`igacha    tanidim”,  deb    da`vo    qilar,  ikkinchi    boy    esa 

“Otni  topib  ham,  sotib ham  olgan  emasman.  Asl  qo`l  bola!” deb  g`azablanar  

edi.


7

 

 



Ubaydullaxo`ja  alam    shikoyatchi    boylarning    otdan    ham    ko`ra    o`z  

eldoshlari  oldida  obro` uchun  kurashayotganlarini  angladida , kimdan  ko`proq  

pora  olish  niyatida  dam u, dam  bu tomonga   shox tashlab ikki oy  ovvora  qildi. 

Natijada ancha cho`ntagini semirtirib oldi. 

Ubaydulla eshon ana shu  nazr-niyoz  evaziga yashaydigan  tekinxo`rlardan  

edi. Albatta  uning  farzandlari ham  shu  tarbiyani  olgan, ular  nazarida  gadoylar  

gadoylik  uchun,  ochlar  och  yurish  uchun , yetimlar  yetimlik  uchun yaratilgan  

bo`lib,   o`zlari    esa  to`q    yashaganlari   holda   bunday    odamlarga   nafrat    bilan  

                                                 

7

 Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 45-b. 




 

22 


qarash  uchun    yaratilgan      edilar.  Shuning    uchun    ular    Elmurodning    holiga  

achinmay, mazah  qilishar  edi. 

Kishining jamiyatdagi vaziyati, salmog`i, huquqi, obro`si uning mulki bilan 

o`lchanadigan,  har  kim  «o`z  ko`machiga  o`zi  kul  tortadigan»,  «vijdon», 

«odamgarchilik» degan gaplar har kimning shaxsiy manfaati bilan o`lchanadigan 

bir zamonda hali qo`lidan mustaqil bir ish kelmaydigan, o`z tirikchiligini o`zi qila 

olmaydigan  inson  bolasi  ota-onasidan  bemahal  ajralar  ekan,  unga  bundan  og`ir 

kulfat  yo`q.    Ko`chada  qolgan  qarindosh-urug`,  o`gay  ota-ona  qo`lida  qolgan, 

brovning  xizmatida  yugurdaklik  qiluvchi  bolalar  ozmuncha  emasdi.  Ular 

«oyoqosti» bo`lib yashardilar. Ularnnng dunyoda borligi  ham  sezilmasdi. Ularni 

odam qatoriga ham qo`shmasdilar. Ular ruhiy va jismoniy o`sish davrida adolatsiz 

dunyoning og`ir kulfatlarini tatib o`sardilar. Ular to`rt-besh yoshdanoq qarindosh-

urug`,  o`gay  ota-ona,  asrab  olgan  oilalar  qo`lida  tinimsiz  chakana  mehkatga 

giriftor  qilinar  —  bola  ko`tarar,  hovli  supurar,  eru-  xotin  xo`jayinlar  va  ularning 

bolalari  buyurgan  ishlarning  hammasiga  yugurib-yelardilar.    Ularning  so`kish va 

haqoratlarini  eshitar,  kaltaklarini  er,  ularning  o`qrayishlaridan  qo`rqib  o`yin-

kulgini  unutar,  ularni  chexrasidan  bolalarga  xos  quvnoqlik,      kulgi      o`char,   

ko`zlarida      esa      doim    qo`rquv  va  yotsirash,  begonalik,  dushmanlik  va  alam 

uchqunlari  yiltirar  edi.  Xo`jayinlar  ularning  mehnatini  hisob  qilmas,  «yedirdik, 

ichirdik,  kiyintirdik,  o`stirdik,  o`limdan  saqlab  qoldik,  odam  qildik»

8

  deb  da`vo 



qilardilar.  Ularni  yomonlab  mag`ollar  to`qirdilar.  Yigitlik  bo`sa-g`asiga  qadam 

qo`ygan  o`smirlarga  yanada  og`irrog`  mehnat  yuklanar,  o`zlarida  ish  bo`lmasa 

biron  mulkdorga  malay-likka  topshirib,  uning  homiysi,  egasi  eifatida  haq  olib 

erdilar.  Qizlarni  esa  bo`y  etmay  turib  sotardilar.  Bosh-pakkasiz,  najotsiz  yetim 

o`g`il  va  qizlar  birovlarning  zulmi  va  iskanjasiga,  xo`rlashiga  noiloj  chidar, 

yashamog` uchun  bundan  o`zga  choralari   yo`q edi. 

 Shunday sharoitda bu  uyda Elmurodning  qaramlik  davri  boshlandi. Kun  

bo`yi    tinmas    edi.  Kul    olish,  hovli    supurish,    ot  va  sigirlarga  qarash,    og`il 

                                                 

8

  Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 79-b. 




 

23 


tozalash,  tappi  yasash  kabi    mayda-chuyda    ishlar    bir-biriga    ulanib    ketaverar  

edi. Otinoyi uni hamma vaqt  tez-tez, chaqqon  bo`l  deb jadallab turardi. 

 

Kun  chiqsa  ham,  tikkaga  kelsa  ham,  kun  botsa  ham  Elmurodning  ishi 



tamom bo`lmasdi. Otinoyi uni tunda ham tinchitmas, g`uza chuvitar edi.  

 

Bunisi  ham  mayli,  mehnatga  hech  odam  o`lmas,  ammo  ochlikkachi? 



Elmurod  shuncha  qilgan  mehnatlariga  yarasha  rag`batlantirilarmidi?  Aslo.  Unga 

juda oz ovqat berilardi. U bir burda qotgan non bilan kifoyalanar edi.  

 

Otinoyi Elmurodga o`zicha tez-tez odob o`rgatib turardi. 



 

-  Agar  qorning  ochib,  ichaklaring  uzilayotsa  ham  ovqat  so`ramagin. 

Beadablik bo`ladi. Ko`pchilik bilan bir laganda ovqat yeganda boshqalardan oldin 

oshga  qo`l  cho`zmagin.  Boshqalar  ikki  marta  olganda  sen  bir  marta  olib  qarab 

turgin.  Oshni katta  olmagin,  kichkina olgin. Ha beadablik bo`ladi,  bolam!  Keyin 

osh yarim bo`ganda kattalardan oldin qo`lingni artgin. Ha, yosh bola kattalar bilan 

baravar  olishsa  ham  beadablik  bo`ladi,  de  edi.  Ammo  farzandlari  Sayfulla  va 

Masturalarning  ochofatlarcha  osh  yeyishi,  boshqalar  bir  olganda,  ularning  ikki 

osham olishlarichi? Bu beadablik emasmi? 

 

Bular  ham  shu  davr  odamlarining  o`ziga  xos  “mehribonchilik”lari  edida. 



Eshonning  uyiga  tez-tez  boyvachcha  mehmonlar  kelib  turishardi.  Ularning 

qo`llari  bo`sh  kelmasdilar  albatta.  Birlari  moy,  birlari  mo`l-qo`y,  yana  birlari 

sholi-bug`doy  ko`tarib  kelishardi.  Bu  ularning  eshonga  qilgan  nazrlari  edi.  Bu 

nazrlar  ostida  ,  albatta,  qandaydir  maqsadlar  yotardi.  Boylar  kambag`allarni 

mensimas, ularni odam o`rnida ko`rmas, ular bilan bir  

dasturhonda  o`tirmas,  ularni  ko`rsalar  jirkanishar  edilar.  Qo`y  so`yib,  qurbonlik  

qilsalar  ham,  Eshonning  tili  bilan  aytganda  “tuzukroq  odam”  lar  taklif  qilinar 

edilar. Kelgan mehmonlarga Elmurod yelib-yugurib xizmat qilardi. 

 

Elmurod  kunduzlari  band  bo`lganligi  uchun  yodidan  ko`tarilgan  onasininq 



qiyofasi kechasi uvada orasiga kirganda esga tushar edi. “Qayerda tentirab yurgan 

ekan  bechora?”  “Kasal  edi.  Yo  biror  joyda  o`lib  qoldimikan?”  degan  savollar 

qiynardi uni. Uvada ichida piqqillab yig`lardi. Ko`z yoshlaridan yostiq xo`l bo`lib 

ketardi.  




 

24 


 

Uning kun va tunlari shu zayilda o`tar va bu kun-tunlar  unga: “ Dunyodagi 

eng  daxshatli  baxtsizlik  yetimlik”  der  edilar.  Elmurodning  bu  honadonda 

o`tayotgan har bir daqiqasi asrdek edi go`yo. U shu bir burda qotgan nonu, yarim 

kosa sovigan ovqat uchun tishini tishiga qo`yib yashardi. 

 

Zamon  har  tomonlama  og`ir,  adolatsizlik  avj  olgan.  Odamlar  bir-birlarini 



aldar,  ko`chada  kisovurlar  serob,  poraxo`rlik  kuchaygan.  Kambag`al  yetimlarni 

qullardek  ishlashlari,  odamlarning  erksizligi,  ayollarning  paranjilarga  burkanib 

yurishlari,  uy-joylarning  harobaligi  o`tib  borayotgan  hayotni  juda  xunuk 

ko`rsatardi.  Xattoki  masjidu-madrasadagi  mulla-eshonlar  ham  tillarida  Xudo, 

Xudo  desalar  ham,  ammo  dillarida  boshqa  narsalar  bo`lardi.  Ularda  imon-insof, 

odamgarchilik siyraklashib ketgandi.  

 

Bu davr ayollari xatto o`ziga oro berishga ham botinolmasdilar. Bu borada 



meni  ajablantirgan  voqealardan  biri  shuki:  Bu  bir  to`y  vaqti,  qorong`u  kechada 

bo`lganedi.  Elmurod  ko`chada  bolalar  bilan  o`ynar  edi.  Otasi  uni  tirqishlaridan 

chiroq yorug`i miltillab turgan bir eshik oldiga ko`tarib olibbordi-da:  

-  “Tirqishdan  qara,  onangning  qilayotgan  ishini  ko`rib  qo`y!”  –  deb 

shivirladi. 

 

Elmurod  qaradi  va  ancha  qizu-juvonlar  o`rtasida  onasining  ham  oynaga 

qarab, o`ziga oro berayotganini ko`radi. 

 

- “Ko`rdingmi?” – dedi otasi. 



 

- “Ha” – dedi Elmurod, bosh qimirlatib. 

 

-  “Bo`lmasa  indama”,  -dedi  otasi.  Va  uyga  qaytayotib  yo`lda  Elmurodga 



uqtirdi: 

 

-  “Onangni  shu  gunohi  uchun  ertaga  urib,  bir  jazosini  beraman.  Sen 



yig`lamagin, yaxshimi o`g`lim?” 

 

Otasining yelkasida tebranib, uyqudan ko`zlari yumilib borayotgan Elmurd, 



bu so`zdan ko`ngliga g`ashlik to`lishib, ko`zlarini ochdi, lekin otasiga nima javob 

qilganini  o`zi  bilmadi,  otasi  esa  ertalab  yaramas  niyyatini  amalga  oshiradi.  U 

Elmurodning  mehribon  onasini  urib  yig`latadi...  Eshik  oldiga  yiqilgan  onasini 

tepadi. Onasi tipirchiladi... Bu voqea uning oilasida kechgan adolatsizlik edi.  




 

25 


 

Elmurod  kechalari  shu  kabi  voqealarni  o`ylab  yotardi.  Kunlar  shu  zayilda 

o`taverdi.  Asta-sekin  mishmishlar  tarqala  boshladi.  Otishmalar,  namoyishlar 

bo`ldi.  Oqposhsho  ag`darilib,  bolsheviklar  hukumatni  qo`lga  oldilar.  Bu  esa 

zamon  boylarini  havotirga  qo`ydi.  Bolsheviklar  yangi  maktab  ochdilar.  Yangi 

maktabda  yetimlar,  kambag`allar    ta`lim  ola  boshladilar.  Elmurod  ham 

xo`jayindan qochib  shu  maktabga bordi. Unga  juda  yaxshi  muomlada  bo`ladilar. 

O`ziga  o`xshagan  bolalar  bilan  do`stlashadi.  U  uchun  butunlay  yangi  hayot 

boshlanadi.  U  maktabni  juda  yaxshi  xulq  bilan  tamomladi.  U  yerdagi  har  bir 

mualimdan o`ziga keragini olib bildi. 

 Bu  davr bolsheviklar  o`tkaza  boshlagan madaniy  inqilob  davri  edi, xalqni 

biroz  bo`lsada  savodli  qilish  zarur  edi.  O`qituvchilar  taqchil  edi.  Shu  sababli 

savodsizlikni  butulay    yo`qotib,  xalqni  savodli  qilish  uchun  maktablarning  biroz 

savod  olgan  bitiruvchilari  cheka  qishloqlarga    muallim  sifatida  yuborildi. 

Hukumat xalqni savodli bo`lishini, o`z xaqqini talab qila olishini hoxlardi. Buning 

uchun  aholiga  ta`lim  berish,  savodini  chiqarish  kerak  edi.  Bu  esa  o`z  navbatida 

muallimlarga ehtiyojni kuchaytirardi.  

Mana  bizning  ko`p  yomon  kunlarni  boshdan  kechirgan  Elmurod  ham  shu 

maqsadda Qamishkapa qishlog`iga muallim sifatida yuborildi. Ana endi Elmurod 

uchun  eng  mas`uliyatli  damlar  boshlandi.  Uni  qishloqda  yaxshi  kutib  oladilar. 

Qishloqda  u  har  xil  odamlarni  ko`radi.  Ular  bilan  tanishadi.  Xattoki  aka-ukadak 

bo`lib  ketadilar.  Bu  muallimning  qishloqqa  tashrifi  savodsiz  odamlar  uchun 

kutilmagan mo`jiza bo`ldi. 

 

Uning  qishloqdagi  faoliyati  shunday  boshlanadi:  Elmurod  tunni  qishlo 



kattalaridan  bo`lgan  Abdurasul  bilan  o`ykazadi.    Abdurasul  odatdagidek  juda 

barvaqt  uyg`ondi  va  mehmon  turguncha,  nimadir  yumush  bilan  ko`chaga  chiqib 

ketdi. Uning ketidanoq hovlida bolalar paydo bo`lishdi. Ba`zi bir betoqat bolalar 

Qutbiniso  xolaning  urishib  hayda-ganiga  qaramay,  derazani  qoqib,  eshikni  tortib 

chug`urlasha boshladilar. 

—  O`qituvchi!.. 

—  Afandim!.. 



 

26 


—  Yuring! Biz o`qishga keldik. 

Elmurod uyg`onib ketdi va irg`ib turib apil-tapil kiyinar ekan, xirqiroq ovoz 

bilan chug`urlashgan bolalarni tinchitdi: 

—  Hozir, bolalar... Hozir...  

U eshikdan chiqishi bilan bir gala bola yo «ura!»  yo «ola» deganini anglab 

bo`lmas darajada shovqin solib uni o`rtaga oldi. 

Shoshib qolgan Elmurod nima qilishini bilmay: 

—  Qani,   yuringlar,   maktablaring    qayoqda?— deb   so`radi. 

—  Ura... o... o...— dedi bolalar. 

Elmurod  bolalar  o`rtasida  engilgina  lapanglab  borar  edi.  Bo`yinlariga  jilt 

osgan  bolalar  tor  ko`chalardan,  eshiklardan  yugurib  chiqib,  to`daga 

qo`shilaverishdi. Bola-larning chug`urlashini eshitgan xotinlar, bo`y etgan qizlar, 

kelinlar eshik oldiga chiqib zavq bilan tomosha qilishar, ishga borayotgan yigitlar 

ko`cha  muyulishlarida  to`xtashib,  «qani  endi,  biz  ham  shulardek  bo`lsak  edi», 

degandek qarab turishardilar. 

Bolalar qurshovida qolgan Elmurod xijolatdan iljayar, atrofga qaray olmas 

va  hammaning  ko`zi  o`zida  ekanini,  bular  orasida,  albatta,  kechagi  qizning  ham 

qaysi  bir  eshikdan  qarab  turganini  his  qilar  edi.  Uni  qurshab  olgan  bolalar  esa 

yugurishar. 

Chug`urlashib so`rashar edi: -     

— Otingiz nima, aka? 

—  Nega ilgariroq kelmadingiz? 

—  Ketib qolmaysizmi? 

Bolalar  Elmurodni  katta  darvozaning  yonboshidagi  eski  bir  uyga  boshlab 

kirdilar. Xonada o`ntacha eski, chang bosgan parta, bolalar ularning biridan-biriga 

hatlab  o`tib,  uchtadan-to`rttadan  siqilishib  o`tirishdi.  Kiraverishdagi  devorga 

kattakon qora taxta qoqilgan edi. Uyning hovliga qaragan kattagina derazasi bilan 

bo`yalmagan  romi  eski  uyning  devorini  teshib  o`rnatilganini  ko`rsatib  turar  edi. 

Oynalari singan deraza ko`zlariga qog`oz yopishtirilgan edi. 



 

27 


—  «Maktab!»— dedi   o`z ichida u yoq-bu   yoqqa alanglab Elmurod  va uyning 

zax, to`zonli havosini yangilash uchun partalar   orasidan   o`tib   borib,  derazani   

ochgan     edi, ro`paradagi   bostirma      og`il    tomondan       qora     soqol,     cho`zig` 

yuzli  birovning  kelayotganini fahmlab, yana eshik oldiga bordi. 

Turdiboy xalfa o`z hovlisida ish boshlagan o`qituvchiga katta hurmat bilan 

qaraganini  ishora  qilib,  u  bilan  egilibroq  ko`rishdi  va  ochiq  chehra  bilan  gap 

boshladi: 

—    Ko`p  yaxshi  bo`libdi-da.        Bu  tirranchalarni        o`qitib  mulla  qilmasangiz, 

ko`cha changitishdan boshqani bilmay qola beradi,— dedi va o`zining maktab va 

bolalarga mehribonligi, ilgari maktab bo`lgan binodan chakki o`tib, devori qulab 

tushgandan  keyin  qishloq  soveti  maktab  bolalarini  qaerga  joylashni  bilmay 

yurganida,  shu  joyni  o`z  xohishi  bilan  «ikki  qo`llab  in`om  qilgani»  to`g`risida 

ma`lumot  berdi.  U  go`yo  o`zining  qachonlardir  qarollari  yashagan,  keyinchalik 

bo`shab,  keraksiz  bo`lib  qolgan  joyini  maktab  uchun  berganidan  mamnun  va 

mag`rur ko`rinar edi, Elmurod uning gapini jiddiy, lekin og`irsinib tingladi. Keyin 

chug`urlashib,  uyni  boshiga  ko`targan  bolalarga  qayrildi.  Ko`zlari  shahlo,  o`zi 

qop-qora, miqti bir bola qattiq qichqirdi: 

—   Jim!., 

Sinf go`yo tutdagi chug`urchuqlar uchib ketgandagiday jimib qoldi. 

Elmurod, partalar ustiga yoyilgan, muqovalari yo ko`chib tushgan, yo xamir bilan 

yopishtirib  qo`yilgan  daftar  va  «Alifbe»  kitoblarini  ko`zdan  kechira  boshladi. 

Hammani  bir  sidra  ko`zdan  kechirgach,  bolalar  bilan  fikr  almashish  uchun 

so`radi: 

—  Bu erda ilgari ham o`qigan ekansizlar-da, a? 

—    Ha,    o`qiganmiz,    Zag`chako`z    domla    o`qitar    edi,—  deb  chug`urlashdi 

bolalar. 

—  Zag`chako`z   domla?— dedi  Elmurod.— Aha-aha,— dedi va yana so`radi: 

—Xo`sh, nimalar o`qitar edi? 

Bolalar yana chug`urchuqdek chug`urlashdi, biri «jadidcha» desa, boshqasi 

«din  darsi»  o`qitganini  gapirar  edi.  Abdurasul  aytgancha,  domla  pokiza  yosh 




 

28 


qalblarni zaharlamoqchi bo`lgani ma`lum edi. Bu narsa Elmurodda yanada nafrat 

uyg`otdi.  U  chug`urlashgan  bolalardan  yana  so`rab-surishtirib  qo`shimcha 

ravishda  bildiki,  ikki  yilcha  burun  bu  erga  bir  o`qituvchini  yuborishgan  ekan. 

Uylardan chakki o`ta boshlagach, Tojiboy oqsoqol bilan g`ijillashibdi-da, arazlab 

ketib qolibdi. Shundan keyin Eshon ishga tushgan ekan... 

—    Zag`chako`z    juda    yomon,      badjahl.  Kalimaga    tilimiz  kelmay  qolsa, 

qulog`imizdan cho`zib, burchakka bir oyoq bi-lan  tik  qilib  qo`yar  edi.  Uvatda  

turgan laylakday  bir oyog`imizni ko`tarib tura berardik,— dedi qora bola. 

—  Otingia nima?   — Qoraboy! 

—  Otangizni  otichi? 

—  Tog`ay! 

—  Qoraboy  Tog`aev!   Xo`sh, —  dedi  Elmurod. —  Endi,  u domla bu erga 

kelmaydi.  Biz  endi  jadidcha  ham,  din  darsi  ham  o`qimaymiz,  o`z  ona  tilimizda 

o`qiymiz. Ma`qulmi? 

—  Juda soz!— deyishdi bolalar. 

Butun  dars  davomida  hovli  saxnidan  tomoshabinlar  sira  uzilmadi.  Qari  va 

yosh  ayollar,  qizlar  kelishib  turar  va  juda  qiziqishib  derazadan  mo`ralashar  edi. 

Elmurod  Bozorboyning  ham,  Davlatyorning  ham  derazadan  mo`ralab  ketganini 

ko`rdi. Keyin bir necha ayollar orasida, kecha eshikdan mo`ralagan quralay ko`zli 

qizni ham tanidi. 

Elmurod  qiziqib  derazadan  qaragan  odamlarni  ko`rgan  sayin  o`z  ishiga  havasi 

osha bordi. Hatto ertalab nonushta qilmaganini ham unutdi. 

Oylar  o`tdi.  Elmurod  tobora  kunlarning  qanday  o`tayotganini  sezmay 

boshladi. U kun sayin aka-uka, yor-og`ayniga aylanib borayotgan kishilar orasida   

o`zining  begonaligini  unuta  bordi.  Kunduzi  bolalar  band  qiladigan  partalarni, 

kechqurun ularning otalari, akalari — kattalar band qilardi. Kattalar ba`zan sinfga 

sig`may  ketardi.  Joy  etishmaganlar  daftarlarini  tizzalariga  qo`yib,  devor  tagiga 

o`tirishga  majbur  bo`lardilar.  Ammo  odamlardagi  o`qishga  bo`lgan  havas, 

Elmuroddagi  ularni  o`zidan  minnatdor  qi-lishga  bo`lgan  ishtiyoq  esa  joyning 

torligini ham bilintirmas edi. 




 

29 


Elmurod  odatdagicha  ertalab  bolalarni  o`qitar,  tushdan  keyin  uyga  qaytib 

dam  olar,  kechqurun  yana  kattalar  bilan  shug`ullanar  edi.  Qish  tor  va  noqulay 

maktabni  yanada  qiyinlashtirganiga  qaramay,  uning  o`quvchilari  aktivlikni 

qo`ldan bermadilar. Quloqlarini qiyiqlari bilan tang`ib olgan odamlar mo`ylov va 

kipriklarqi qirovdan oqarib, tanib bo`lmas bir qiyofada Turdivoy xalfaning sobiq 

mehmonxonasiga  kirib  kelishar,  devor  taglariga  siqilishar  edilar...  Albatta, 

dehqonchilik ishi to`xtagan bunday kunlarda o`qish har qanday ermakdan yaxshi  

edi.  Kitob    sahifasidagi  katta    qora  harflar-  ni  ovoz  bilan  bir-biriga  urishtirib  bir 

ma`no  chiqarish,  yo  uni  qalam  bilan  daftarga  yozish  ilgari  xat-savodni  xayol 

qilmagan qishloq mehnatkashlari uchun har qanday quvonch, har qanday zavqdan 

ortiq edi. Ular goho qo`lga tushgan gazetalardan o`tilgan harflarni tanib zavqlanar 

va  hatto  ishonmay  o`qituvchi  Elmuroddan:  «Hammasi  bir  harfmi?»  deb 

so`rardilar. 

O`qishdan  keyin  yigitlar  uni  gapxonalariga  taklif  qilardilar.  Uning 

bahonalariga qaramay o`rtaga olishib qistashar, ikkiyog`idan qo`ltig`lab olardilar. 

Elmurod  ularning  ko`ngillari  uchun  borar,  sovuq  kunlarda  uyni  tutun  bilan 

to`ldirgan to`nka atrofini qurshagan ulfatlar davrasida hurmatli o`rinni egallar, bir 

lagandan  osh  yeyar,  hatto  ularning  hurmat  bilan  cho`zgan  qo`llaridan  lunjini 

to`ldirib osh oshashga ham majbur bo`lar   edi. 

Elmurod  dastlabki  paytlarda  gapxona  ulfatlariga  gazeta  yangiliklari  va 

«Mushtum»  jurnalining  hajviy  maqolalarini  o`qib  berish  bilan  kifoyalanar  edi. 

Ke-  yinchalik  qishning  uzun tunlarida o`zi sevib o`qigan kattaroq  asarlarni   ham 

o`qib beradigan bo`ldi. 

Bir  gal  u  Lev  Tolstoyning  birinchi  marta  o`zbekchaga  tarjima  qilingan 

«Kavkaz  asiri»ni  o`qib  bermoqchi  bo`ldi.  Ulfatlar  odatdagicha,  o`rtaga  yog`och 

tog`ora  to`nka-rib,  ustiga  chiroqni  qo`ydilar.  Elmurod  asar  bosilgan  jurnalni 

chiroq yorug`ida o`qiy boshladi. Ulfatlar ham chiroqqa yaqin kelib davra olishdi, 

yonboshlashdi.  Elmurod  o`qishga  kirishdi.  Soatlar  davomida  hech  kim  churq 

etmadi,  mijja  ham  qoqmadi.  Faqat  Elmurodning  bir  tekis  g`ing`irlagan  ovozi 

yoqimli  nag`maday  hammaning  es-hushini  qamrab  oldi.  Hammaning  xayoli 




 

30 


allaqaylardagi  Kavkaz  tog`larining  yonbag`riga  joylashgan  tatar  ovulida  keza 

boshladi. Qo`lga tushgan  rus  yigiti Jilin  bilan  Kostilinning  sarguzashti, tatar  qizi 

Dinaning sevgisi va  johil  otasiga  qarshi  mardligi,  ularning ko`z  oldilarida     jonli   

voqeaday   o`ta   berdi. 

O`qish  bu  kecha  hikoyaning  yarmisiga  kelib  to`xtatildi  va      ertasi      kuni   

davom   etdirildi. 

Elmurod  o`qib  bo`lib  qizargan  ko`zlarini  jurnal  sahifasidan  olarkan, 

tinglovchilar erkin nafas olib chug`urlashdi.  

Elmurod  Oyimxon  ayaga  ayollarni  ham  o`qitish  kerakligini  va  buning  uchun 

rayondan ayol o`qituvchi talab qilishlarini aytdi. 

—    Ha,  o`zlarining  ham  tilagi    shu.  Qani  endi,    rayon  o`qituvchi  bersa?  

Bermaydi-da,    —  dedi  Oyimxon  va  bir  oz  o`ylanib    turib:  —Ikki      yil  burun  

rayonda   ochilgan   aktivlar   kursida   men   ham   o`qib   unchamuncha   harf  

tanib  qolgan  edim.    Hammasi  esdan  chiqib    ketdi,  —    dedi.  Bu  Elmurod  uchun 

yangilik edi. Ajablanib so`radi: — E,   siz  o`qiganmisiz  hali? 

—  Ha.   Mening o`qiganim  qursin. Oqsoqol   «meni o`qishga   chaqirayotibdi.  

O`qisam   boshim   og`riydi»  deganiga men   borgan   edim.    Uch   oy   o`qidim.    

Qarigandan   keyin miyada    o`qish     turmas     ekan.       Hammasi     esdan    

chiqib ketdi. 

—  Yo`q. Noto`g`ri. O`qish darrov   esdan chiqmaydi. Qani,   men   hozir   sizni 

tekshiraman. 

Elmurod  tokchada  yotgan  gazetani  oldi-da,  «Madaniyat-maorif  xabarlari» 

degan  sarlavhani  Oyimxonga  ro`para  qildi.  Oyimxon  harfni  harfga  urishtirib 

tutila-tutila   o`qidi. 

—  Ana.  Nega   esdan chiqsin!   E, tuppa-tuzuk   savodingiz    chiqib   qolgan   

ekanu, — dedi   Elmurod   xursand   bo`lib. — Faqat   siz   rayonda   o`qibsizu,    

qishloqqa   kelgach kitob    ham,  gazeta  ham    qaramay  qo`yibsiz-da.    Har kun 

biron   narsa  o`qib   turmasa,    bo`ladimi?   Qani,   davomini o`qingchi! Oyimxon 

bir xabarni imillab, tirishib oxirigacha o`qib   bo`lgach   Elmurod: 



 

31 


—  Bundan   keyin, har   kuni   bittadan   xabar   o`qitib turaman.     Gazetani    

sharillatib    o`qiydigan    bo`lasiz,— dedi. 

 

Qo`shni qiz Gulsum: -  rayon o`qituvchi bermasa bermas, o`sha   odamlarga   



yalinib     yurguncha, o`zingiz o`qitib qo`ya qolsangiz-da, amma dedi. 

Oyimxon Gulsumga  ko`zini olaytiribroq? 

—  U  nimasi!—dedi. 

Gulsum   o`jarlik  bilan  gapirdi: 

—  Nima,   menga   qanday   o`rgatgan   bo`lsangiz,   boshqa-larga ham shunday 

o`rgata berasiz-da,  amma! 

—  Qo`y,     qizim, bu gapingni    qo`y, ammangni    kalaka qilma.   «Rayonda  

uch  oygina          o`qib,      xotinlarga    muallima  bo`ldi»    degan  gapni  eshitgandan   

ko`ra,   eshitmagan   yaxshi. Senga   so`rab     qo`ymaganing  uchun     o`rgatdim.   

Ko`pchilikka o`qigan kishi    bo`lmasa   bo`ladimi?     Bu   gapingni     boshka 

joyda  gapirib,   meni   yurt   og`zida  masxara  qilib  qo`yma, bolam!    Qo`y! 

Elmurod  ikki  ayol  o`rtasida  borayotgan  bu  qiziq  gaplarning  nima  haqida 

ekanini tushunolmay, dam Oyimxonga,   dam   Gulsumga   tikildi. 

—  Nima to`g`risida     gaplashayotibsizlar. Men  hech  tu-shunolmay   g`oldim-

ku? 

Oyimxon  bilan  Gulum  bir-birlariga  qarashdi.  Ularning  allaqanday  sirni 



ifodalovchi kulimsiragan ko`zlari   to`qnashib   oldi. 

—  Ha,  sizdan yashirib     yurgan bir  sirimiz  bor  edi. Ochilib  koldi. Bunga    

ham  Gulsumning o`zi aybli. Gapni o`zi   boshladi. 

—  Qanaqa   sir   ekan? Oyimxon   Gulsumga   qaradi. 

—  Ayta   beraymi   endi? 

Gulsum  nomus  qilgandek  iljayib  pastga  qaradi.  Oyimxon  uning  bu  harakatini 

rozilik ishorasi deb angladi. Uning cho`zinchoq yuziga quvonch kulgisi yoyildi. 

—  Gulsum ham savodini  chiqarib oldi,— dedi Oyimxon. 

Elmurod  sandalga  ko`kragini  berib,  ko`zlarini  bast-raytgan      holda      bo`ynini   

cho`zdi. 

—  Savodini   chiqarib   oldi?!   Qanday   qilib?—dedi hayron   bo`lib. 



 

32 


Oyimxon  sirni  barala  ochib  gapira  boshlagan  edi,  Gulsum  uyalganidan 

muloyim  ovoz  bilan  kuldi.    S.  B.  da  o`qigan  erkaklar  orasida  barmoq  bosish 

tugalib,  o`z  nomini  yozish  rasm  bo`lib  ketganini  ko`rgan  Gulsum      Oyimxonga   

yopishib   olib: 

—  «Jon amma, nomimni yozishni o`rgatib qo`ying!», deya yalinibdi. 

Oyimxon  unga,  mayli,  qiynalib  o`tirma,  senga  bir  boshdan  hamma  harflarni 

o`rgatib qo`ya qolay. Keyin harfni harfga urishtirsang o`zingning ham, otangning 

ham,  bobongning  ham  nomi  chiqa  beradi,  debdi.  Shunday  qilib,  ular  Oyimxon 

o`qib  tugatgan  kitobni  sandal  ustiga  qo`yib,  ishni  to`ppa-to`g`ri  «A»  bilan  «B» 

dan boshdabdilar. Gulsum osonlik bilan harflarni o`rganibdi. Oyimxon kunda bir 

yoki ikki harfni tanitmoqchi bo`lsa, Gulsum ularni ikki soatda yozib, yodlab olib, 

yana  kitob  sahifalaridagi  boshqa  harflarni  barmog`i  bilan  turtib  «bunisi  nima?» 

deb  so`ray  beribdi.  Oyimxondan  eshitiboq  u  yog`ini  o`zi  urishtirib  keta  beribdi. 

Shunday  qilib,  Gulsum  hamma  harfni  bir  oyga    yetkazmay  o`rganib  olibdi. 

Gazeta, kitob ko`rsa turtinib o`qiy boshlabdi. 

Lekin ular bu voqeani qishloq ayollariga xos soddadillik bilan boshqalardan 

sir  tutishgan  ekan.  Agar  mashg`ulot  vaqtida  birorta  odam  kirib  qolguday  bo`lsa, 

apil-tapil kitob, daftarni berkitardilar. Lekin nega shunday qilganlarini o`zlari ham 

tushunishmas edi. 

—  Hech kimga  aytmang, deb  yurgan sirini  mana endi, o`zi aytib qo`ydi,— deb  

gapini tamomladi Oyimxon. 

—  Ajab!—dedi   Elmurod  allaqanday   quvonch  bilan va ro`molining    uchi  

bilan yuzini    to`sib hamon  iljayib turgan   Gulsumga   hazil   qildi: 

—- Hali shunaqa, biz bilmagan sirlar ham bor ekai-da... Hali, indamay savod ham 

chiqarib oldim, deng.  Ob-bo   azamat-ey!..   Qalay,   o`qish   oson   ekanmi? 

—  Juda oson ekan. Shu vaqtgacha bilmay yurgan ekanmiz-da,— dedi   Gulsum  

jiddiy    ovoz    bilan    va      ro`molini  orqaga  surib    yuz    va  peshanasini    ochdi-da 

aytdi:—Harfni harfga urishtirsa,    o`zimiz  aytib    yurgan hamma gap chiqaberar  

ekan. 

Elmurodning ko`zlari unga tiklab qoldi. 




 

33 


—    Ana,    ko`rdingizmi,—  dedi        u    Gulsumga  tikilganicha.—  Hamma  narsani   

bilib      olguncha.      Bilmaguncha  qiyin,    qandaydir    sir    bordek    ko`rinadi,  

bilgandan    keyin    qarasangiz,    turmushda  bor  gapdek  bo`lib  qoladi.  Chunki 

hamma ilm   turmushdan — tajribadan    kelib   chiqadi,   odamlar uni o`rganib  

yana shu turmushda    ishlatadilar. Turmushga foyda   keltirmaydigan   ilm — ilm  

emas. 


—  To`g`ri aytasiz,- otam!—dedi Oyimxon boshini irg`ab. 

—  Mana  siz, hech kimga bildirmay,  savodingizni chiqarib   olibsiz.   Birovga   

aytsa          ishongisi      kelmaydi,—  deb      davom    etdi  Elmurod.—  Ilgari          shu   

narsani  bilish  o`zingizga  ham  juda  katta  hikmatday      tuyular  edi.  Shunday  

emasmi?      Endi     bo`lsa    «o`qish    oson     ekan,   bilmay  yurgan  ekanmiz?»   deb 

o`tiribsiz. Lekin, shuni bilingki, siz  o`rgangan      xat-savod    xuddi    kalitday    gap.   

Endi    siz    ilmning    kalitini    qo`lga  olibsiz.    Endi    to`xtovsiz  o`qing 

demoqchiman... 

Oyimxon boshini liqillatib Gulsumga nasihat qildi: 

—  Bu    gaplarni    yaxshilab  qulog`ingga     quyib  ol. Sizlar   hali   ochilmagan   

g`uncha. 

—  Savodli  bo`lib  olganingiz uchun  sizni  tabriklash kerak.  Lekin bu  narsani   

«sir»   saqlash yaramaydi.  Hammaga   yoyib   na`muna  qilish  kerak. 

—  Voy  o`lay!—deya   Gulsum  uyalib  yoniga  qaradi. 

—    Yo`q,      yo`q.      Xuddi      shunday      qilish      kerak.      Sizning  ishingizga 

hammaning   havasi  kelsin! 

—    O`zim        ham  qilgan        ishimni  ichimda    saqlay    olmay  yuribman,  —  dedi     

Gulsum   jiddiy,— shuning     uchun   ham ammamga   aytyapmanki,   o`zimizga   

o`xshagan   o`qishga   ixlosmand ayollarni yig`ib o`zlari o`qitib qo`ya qolsalar... 

—    Juda        soz,—  dedi    Elmurod      quvonib.  —  Sinfning  bittasini      sizlarga  

bo`shatib   beraman.   Qay   vaqtda  desalaringiz   o`qita   berasizlar. 

—  U yoqqa:   «Erkaklardan uyalamiz»  deb bormaydilar-da. — dedi   Oyimxon. 

—  Yo`q, u yoq bo`lmaydi,— dedi Gulsum, 



 

34 


—  Bo`lmasa   kaerda   to`planasizlar? Abdurasul aka  bilan   maslahatlashaylik   

bo`lmasa... 

—  Shunday bo`lsa koshki edi,   otam.   

—- Uzoqdagi quyrug`dan yakindagi o`pka yaxshi. Qachon joy olamiz, deb qarab 

o`tiramizmi?  Sizdan  bo`r  olamiz,  anavi  katta  patnusni  doska  qilamiz,—  dedi 

Elmu-rodning tepasidagi tokchada suyog`lig` turgan qizil patnusga ishora qilib.— 

Ayollarni shu yerning o`zidayoq   o`qita   beramiz. 

Elmurod  uning  gapini  yaxshi  anglay  olmay  kipriklarini  pirpiratdi,  dam 

tokchaga, dam Gulsumga qaradi: 

—  Xo`sh,  xo`sh,  qaysi patnusni   nima  qilaman   deysiz?  Doska? 

—    Ko`rsatib      ber,  tur,—  dedi      Oyimxon      iljayib.  Gulsum        o`rnidan  irg`ib    

turdi.  Tez  borib,    Elmurod o`tirgan yerdan yuqoriroqda — tokchada suyog`liq 

turgan  katta  patnusni  oldi-da,    Elmurodning    ro`parasidagi  tokchaga  qo`ydi.  

Patnusning orqasi qop-qora edi. 

—  Mana   doska,— dedi   Gulsum   Elmurodga   burilib. 

—  Qani, qani, endi nima    qilasiz?—dedi Elmurod ajablanib. 

—  Endi  siz   bo`r   bersangiz,   yozib   beramiz.  Elmurod    cho`ntagini    kavlab 

qurtday     yumaloq  bo`rni  chiqarib,   Gulsumga   uzatdi. 

—  Mana   bo`r! 

—  Nima     yozay? —  dedi   Gulsum   bo`rni    qo`liga   olib.  Elmurod  xuddi   

sinfda      o`qitgandagiday,      uyning    ko`rpalar  taxlog`liq    turgan    taxmonigacha  

borib-kelib   turib,  so`zlarini  aytib  turdi.  Gulsum,    patnusni  qitirlatib,   o`xshovsiz  

harflarni   engi  bilan o`chirib,  ancha ovora  bo`ldi,  Elmurod taxmon bilan sandal 

o`rtasida  o`n  martacha  borib  keldi.  So`ngra,  patnusning    taqirlamay  qolganidan 

Gulsumning  yozib  bo`lganini  sezib,  qaradi  va    —    Ofarin,—  dedi    Elmurod,— 

ofarin!      O`qituvchi  o`zimizdan          chiqib    qolibdi-yu,          men  rayonga        borib 

bekorga  janjallashib  yuribman,—  dedi  va    muloyim  iljayib  turgan    Oyimxonga     

qaradi. 


Kishi savodli va g`ayratli bo`lsa qo`lidan   har   narsa   keladi. 

—  Biz endi Qamishkapada shundan ortiq  nima bo`lar-» dik! — dedi   Gulsum. 




 

35 


—  Salpal xat o`rgangandan    keyin kitob  o`qiy berib olim   bo`lib,    yozuvchi   

bo`lib,   nomlari    dunyoga    tanilgan odamlar  yo`q  deysizmi?, 

Gulsum   Elmurodga   tikildi. U  davom   etdi: 

—  Shunday   odamlardan bittasi  parovozni   o`ylab  chiqargan,   bittasi  telefonni  

topgan,   bittasi   bizning   eng sevikli   yozuvchimizdir.

9

   



 

Shunday  qilib  qishloq  ayollari  ham  savod  chiqara  boshladilar.  Bu  esa  ilm 

o`rganaman  degan  har  qanday  sharoitda  ham  o`rgana  olishi  va  ta`lim  beraman 

degan muallim har qanday sharoitda ham ta`lim bera olishligini yaqqol isbotidir. 

Buning uchun esa ozgina istak bo`lsa bas. 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin