44
“Proffessor Unrat” asarining muallifi bo`lgan Haynrix Mann o`zi o`qib
yurgan gimnaziya va maktablarda boshidan kechirgan hayotiy voqealar asosida
hukmdorlarga malaylarcha mute bo`lib ketgan muallimlarning tipik qiyofasini
yrata bilgan. Uning ushbu asardagi qahramonlari orasidagi sog`lom fikrli
tarbiyachi yoki katta yoshdagi ijobiiy fikrlay oladigan va kelajak avloddan insoniy
kamolot yo`lini ko`rsata oladigan tarbiyachilar deyarli yo`q. Chunki urush
vasvasasi boshlanib kelayotgan va yosh avlodni dunyoga hukmron bo`lishga
intiluvchi hukmdorlarning buyrug`iga so`zsiz itoat qiladigan yugirdaklarni,
boshqacha aytganda sohta vatanparvarlarni tarbiyalash ishiga da`vat qilgan ta`lim
tizimida adolatparvar va tinchliksevar muallimlarga joy topilmas edi.
Muxtaram yurtboshimiz I.A.Karimov 2-jahon urushida fashistik Germaniya
ustidan qozonilgan g`alabani 70 yilligiga bag`ishlangan va Toshkentdagi Xotira
hiyobonidagi Ommaviy Axborot Vositalari muxbirlariga bergan intervyusida
qayta-qayta ta`kidlanganidek , mustaqil mamlakatimiz ta`lim-tarbiya tizimi
oldida kelajak egasi bo`lmish yosh avlodni mehnatsevar, to`g`riso`z, halol,
elparvar va bag`ri keng insonlarni tarbiyalashdek vazifa turadi. Ana shu ezgu
maqsad yo`lida mamlakatimiz ta`lim tizimining hamma bo`g`inlarini yuqoridagi
oliyjanob vazifani og`ishmay bajarish yo`lida barcha ishlar tashkil qilinganligini
guvohimiz.
Yuqoridagi bajarilgan tahlilga qo`shimch tarzda Haynrix Manning boshqa
asarida markaziy qahramonining tarbiyachilari bilan uning orasidagi munosabatni
bajargan tahliliy tajribamizga qiyoslab ko`rsak, chiqarmoqchi bo`lgan xulosmiz
uchun yetarli dalillar keltirgan bo`lamiz. Bunda gap Haynrix Mann hajviy
ijodining yuksak cho`qqisi hisoblanmish “Sodiq fuqaro” romani haqida ketadi.
„Haynrix Mann hajviyotining «Imperiya» trilogiyasining birinchi romani
«Sodiq fuqaro» (1914)dir. Unda zo`ravonlik va monarxiya tartiblarining
himoyachisi, «mas`uliyatni his etmaydigan shovinist» obrazi yaratiladi.
Romanning bosh qaxramoni Didrix Gessling. Ijtimoiy hayotdan uzoq, qo`rqoq,
filistr-meshchan bu odam ekspluatator bo`lib qolgach, jamiyat taraqqiyoti uchun
xavfli kishiga aylanadi.
45
Yozuvchi, Didrix Gessling xarakterini yuzaga keltirgan yaramas muhitni,
yomon ta`sirni ko`rsatadi. Kichik bir qog`oz fabrikasiga xo`jayinlik qilgan otasi
oilada qo`pol bir odam bo`lgan. Lapashang Didrix otasidan qo`rqadi va shu tufayli
hurmat qiladi. Didrix maktabga ham yig`lab borardi. Darslarini bilmagan vaqtda
ko`zlariga yosh oladi. Bunday holat naf keltirgach endi bu narsa odat tusiga
kiradi. Maktabni bitirgach, Berlinga o`qishga boradi. U yerda millatchi burjua
yoshlar tashkiloti «Yangi tevtoniya» safiga kiradi..
Didrix voyaga yetgach, uyida zulm o`tkazuvchi zolim erga aylanadi. U
xotinini o`ziga tobe tutadi, ona esa bolalarini o`ziga bo`ysundiradi. Didrix
bolalarini kichik xonaki itga ozor berishga o`rgatadi. Otasi vafotidan so`ng o`zini
erkin tutgan Didrix fabrikaning egasi bo`ladi va ishchilarni qattiq ekspluatatsiya
qilishi natijasida katta foyda ola boshlaydi.
Didrix o`ziga bo`ysunuvchilarga nisbatan o`ta qo`pol va shafqatsiz,
aksincha o`zidan yuqori turuvchi amaldorlarga esa, itoatkor shaxs. Bir kuni u
Berlinda kayzerning o`tib ketayotganini ko`rib qoladi. Turgan joyi balchiq
bo`lishiga qaramay, o`sha yerda tiz cho`kib, imperator Vilgelmga ta`zim qiladi.
Bu esa unga sodiq fuqaro ekanini bildirar edi. Didrix ishchilarga «ichki dushman»
deb, ularning o`z ahvollarini yaxshilashga qaratilgan har bir harakatiga «isyon»
deb qaraydi, ularni «yanchib tashlash»ga undaydi. «Biz qo`rqmaymiz, kayzer biz
bilan», deb chiranadi. Unda agressorlik kuchli, ayni chog`da mehnatchilardan
qattiq qo`rqadi ham.
«Sodiq fuqaro» romanida Haynrix Mann nemis meshchanlarining ayanchli
hayotini, burjuaziyaning millatchilik, bosqinchilikdan iborat siyosatini masxara
qildi. Didrix Gessling nemis hukmron tabaqalarining munofiqlik va yovuzliklarini
aks ettirgan tipik obrazdir.
Takror keltirilgan yuqoridagi dalillar asosida dastlabki xulosa qilish
mumkunki, XX asr dastlabki choragida Germaniya ta`lim-tarbiya tizimida
shunday bir yagona qoidaga amal qilingan edi. Bu tamoilga amal qilingan ta`lim-
tarbiya siyosati tajavuskor millatchilik va bosqinchilik siyosatni ro`yobga
chiqaruvchilarni tarbiyalab yetishtirishga yo`naltirilgan edi.