O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

        

 

 

 

 

 

 

 


 

11 


 1.  1.      Haynrix  Mann  ijodiy  biografiyasi  va  unda  “Proffessor  Unrat” 

qissasining o`rni, asar yozilgan tarixiy sharoit. 

 

     Har  bir  millat  o`ziga  xos  yashash  sharoiti,  tili,  ma`daniyati,  psixologik 

xususiyatlari,  xullas  milliy  xarakterlariga,  urf-odatiga  ega.  U  yoki  bu  millatning 

o`ziga  xos  hususiyatlari  badiiy  asarlarda  aks  etib,  uning  milliy  koloritini  tashkil 

etadi.  XIX-  XX  asrda  nemis  adabiyoti  erishgan  ulkan  muvoffaqiyatlar  jahon 

ma`daniyatiga  bebaho  hissa  bo`lib  qo`shildi.  Nemis    adabiyoti      jahonda    haqli  

ravishda  peshqadam  o`rinlardan  birini  egallaydi.  Bir  asr  mobaynida  nemis  

tili    mamlakatlari    adabiyoti    vakillaridan    o`n    ikkitasi    Nobel        mukofatiga  

munosib    ko`rilgani    ham    fikrimizning    dalilidir.      Xalqning    ozodlik  uchun  

kurashi,    uning    ideallari    bilan    chambarchas    bog`langan    adabiyot    jahon  

madaniyatiga  ulkan   hissa  qo`shdi.  Herder,  Lessing,  Viland,  Gyote,  Shiller,  

Hayne,    Hesse,    Brext,  Haynrix  Mann,  Tomas  Mann  bu    ro`yhatni    yana    uzoq  

davom  etdirish   mumkin. Bu  kabi  mo`tabar  nomlar  nemis  millatining  faxri  

va    g`ururi    bo`libgina    qolmay,    jahon    madaniyati    hazinasini    boyitgan  

mutafakkirlardir.   Ular  ijodiga  bunday  yondoshuv  tushunarli  va  qonuniydir. 

 

Ulardan  biri  Haynrix  Mann  XIX  asrning  so`nggi  choragi  va  XX  asrning    

birinchi    yarmida ijod  qilgan  nemis  taraqqiyparvar adabiyotining  yirik vakili, 

antifashist yozuvchidir. U  murakkab  ijodiy yo`lni bosib o`tdi. Yozuvchining ilk 

asarlarida  mavhum  gumanizm  hukmron  bo`lsa,  so`nggi  ijodida  xalq  manfaatlari 

o`zining chuqur aksini topdi.   

Haynrix Mann Lyubek shahrida madaniyatli byurger — savdo  ishi     bilan  

shug`ullanuvchi  oilada  tug`ildi.  U  yoshligidan  tijoratni  o`rganadi.  Fransiya  va 

Italiya  bo`ylab  sayohatdan  so`ng  unda  adabiyotga  qiziqish  kuchayadi.  Atrofini 

o`rab  olgan  burjua  hayotiga    tanqidiy  munosabatda  bo`ladi.  Birinchi  mustaqil 

asari «Sharbat qirg`oqlari»da   («Orzu qilingan joyda», 1900)  uning fosh etuvchi 

satri ochiq ko`rinadi. 

«Sharbat  qirg`oqlari»  romanining  qaxramoni  chekka  viloyatdan  kelgan 

kambag`al  talaba  Andreas  Stumzedir.  Unga  Berlinning  g`arbiy  kvartali—




 

12 


birjachilar,  bankirlar,  savdogarlar,  sotqin  jurnalistlar  yashaydigan  boy  mahalla, 

tekin  daromad  manbai—sharbat  qirg`og`i,  sut  bulog`i  bo`lib  ko`rinadi  va  o`sha 

yerni orzu qiladi. Andreas qiynalib bo`lsa ham o`sha muhitga kirib oladi, so`ngra 

uning yaramas ta`siri ostida tez buziladi. 

Turkxaymerlar  muhitiga  tushib  qolgan  talaba  Andreas  Stumze  bankirning 

xotini  Turkxaymer  xonimning  diqqatini  o`ziga  tortadi.  Dastlab  u  o`z  baxtiga 

ishonmaydi, asta-sekin o`zini ushlab oladi,  so`ngra u surbetlik bilan Turkxaymer 

xonimga ham, xo`jayinning ma`shuqasi Agnessa Mastkega ham yaqinlashadi. Bu 

esa  mitti  odamning  boyligi  va  xukmronligi  uchun  o`z  xo`jayinidan  olgan 

qasosining  bir  turi  hisoblanadi.  Nayranglari  fosh  bo`lgach,  orzu  qilingan  joy 

sharbat  qirg`oqlaridan  quvilgan  Andreas  Stumze  o`z  taqdiriga  bo`ysunadi. 

Xo`jayin  «odamgarchilik»  qilib,  uni  Agnessaga  uylantirib  qo`yadi  va  kichik 

nafaqa belgilash  bilan undan xalos bo`ladi. 

Burjua  muhitida  salbiy  qaxramonning  ko`tarilishi  prinstipsizlik  va  faqat 

shaxsiy  manfaatni  ko`zlash  asosida  yuzaga  kelishini,  so`ngra  turli  ziddiyatlarga 

uchrab,  oxirida  yuztuban  ketishini  yozuvchi  Andreas  Stumze  obrazida  yorqin 

ko`rsatib berdi.. 

«Ma`budalar»  (1902—1903)  trilogiyasida  ijtimoiy  hayot,  san`at  va 

muhabbat  masalalari  tasvirlanadi.  Asar  qaxramoni  gertsoginya  Violenta  Assidir. 

U  shimoldan  Italiyaga  bostirib  kelgan  qadimgi  jaxongir  normannlar  urug`iga 

mansub  bo`lib,  yoshlikdan  o`z  avlodining  bosqinchilik  urushlari  va  jasoratlari 

haqidagi  xotiralar  bilan  yashaydi.  Undagi  favqulodda  iroda,  yuksak  go`zallik, 

manmanlikka  intilish  ham  o`shaning  oqibatidir.  Assi  ongli  ravishda  turmushi 

shod-xurramligini,  go`zallik  nashidasini  totib  ko`rmoqqa  intiladi,  oddiy  odamlar 

hayotiga esa  loqaydlik bilan qaraydi. 

Haynrix  Manning  sotsial-psixologik  va  hajviy  ruhdagi  «Unrat  muallim» 

(1905)  romanining bosh  qahramoni erlar gimnaziyasining keksa o`qituvchisi  Rat 

bo`lib,  o`quvchilar  unga  «Unrat»  laqabini  qo`yganlar.  Chunki  u  bolalarni 

monarxga  sadoqatu  «mangu  xizmatga  muhabbat»  ruxida  tarbiyalashga  undaydi. 

Unda  hammaga  dahshat  solish  kabi  istak  zo`r.  Uning  nutqlarida  rasmiy  (yuzaki) 




 

13 


tantanalilik  bor.  «Agar  men,—deydi  u,—o`quvchilarga  klassik  ideallarni  faqat 

bekorchi  xayol  sifatida  tushuntirsam,  u  vaqtida  o`zimga  bo`lgan  hurmatni 

yo`qotgan  bo`lur  edim».  Uning  tilida  chunki, hattoki, binobarin,  ya`ni,  masalan? 

so`zlari  ko`p  va  o`rinsiz  ishlatiladi.  Yozuvchi  bu  nochor  odam  obrazi  orqali 

miskin nemis hayotini masxara qiladi. 

Unrat  XIX  asr  oxiridagi  Germaniya  voqeligini  o`zida  mujassamlantirgan 

tipik  xudbin  obrazidir.  Birinchi  jahon  urushi  yillarida  Haynrix  Mann  urushga 

qarshi  antiimperialistik  mavqeni  egalladi.  Germaniyada  kuchayib  borayotgan 

revolutsion harakatga ijobiy munosabatda bo`ldi. 

Haynrix  Mann  hajviyotining  «Imperiya»  trilogiyasining  birinchi  romani 

«Sodiq  fuqaro»  (1914)dir.  Unda  zo`ravonlik  va  monarxiya  tartiblarining 

himoyachisi,  «mas`uliyatni  his  etmaydigan  shovinist»  obrazi  yaratiladi. 

Romanning  bosh  qaxramoni  Didrix  Gessling.  Ijtimoiy  hayotdan  uzoq,  qo`rqoq, 

filistr-meshchan  bu  odam  ekspluatator  bo`lib  qolgach,  jamiyat  taraqqiyoti  uchun 

xavfli kishiga aylanadi. 

Yozuvchi,  Didrix  Gessling  xarakterini  yuzaga  keltirgan  yaramas  muhitni, 

yomon  ta`sirni  ko`rsatadi.  Kichik  bir  qog`oz  fabrikasiga  xo`jayinlik  qilgan  otasi 

oilada qo`pol bir odam bo`lgan. Lapashang Didrix otasidan qo`rqadi va shu tufayli 

hurmat  qiladi. Didrix  maktabga  ham  yig`lab  borardi.  Darslarini  bilmagan  vaqtda 

ko`zlariga  yosh  oladi.  Bunday  holat  naf    keltirgach  endi  bu  narsa  odat  tusiga 

kiradi.  Maktabni  bitirgach,  Berlinga  o`qishga  boradi.  U  yerda  millatchi  burjua 

yoshlar tashkiloti «Yangi tevtoniya» safiga kiradi.. 

Didrix  voyaga  yetgach,  uyida  zulm  o`tkazuvchi  zolim  erga  aylanadi.  U 

xotinini  o`ziga  tobe  tutadi,  ona  esa  bolalarini  o`ziga  bo`ysundiradi.  Didrix 

bolalarini kichik xonaki itga ozor berishga o`rgatadi. Otasi vafotidan so`ng o`zini 

erkin  tutgan  Didrix  fabrikaning  egasi  bo`ladi  va  ishchilarni  qattiq  ekspluatatsiya 

qilishi  natijasida  katta  foyda  ola  boshlaydi.  Didrix  o`ziga  bo`ysunuvchilarga 

nisbatan o`ta qo`pol va shafqatsiz, aksincha o`zidan yuqori turuvchi amaldorlarga 

esa,  itoatkor  shaxs.  Bir  kuni  u  Berlinda  kayzerning  o`tib  ketayotganini  ko`rib 

qoladi. Turgan joyi balchiq bo`lishiga qaramay, o`sha yerda tiz cho`kib, imperator 




 

14 


Vilgelmga  ta`zim  qiladi.  Bu  esa  unga  sodiq  fuqaro  ekanini  bildirar  edi.  Didrix 

ishchilarga «ichki dushman» deb, ularning o`z ahvollarini yaxshilashga qaratilgan 

har bir harakatiga «isyon» deb qaraydi, ularni «yanchib tashlash»ga undaydi. «Biz 

qo`rqmaymiz,  kayzer  biz  bilan»,  deb  chiranadi.  Unda  agressorlik  kuchli,  ayni 

chog`da mehnatchilardan qattiq qo`rqadi ham. 

«Sodiq  fuqaro»  romanida  Haynrix  Mann  nemis  meshchanlarining  miskin 

hayotini,    burjuaziyaning  millatchilik,  bosqinchilikdan  iborat  siyosatini  masxara 

qildi. Didrix Gessling nemis hukmron tabaqalarining munofiqlik va yovuzliklarini 

aks ettirgan tipik obrazdir. 

«Imperiya» trilogiyasi   («Sodiq fuqaro»,    «Kambag`allar», «Boshliq»)dan 

so`ng  yozuvchi  ijodining  yangi  davri  boshlanadi.  1933  yilda  fashistlar  davlatni 

bosib  olgach,  Haynrix  Mann  ijodida  katta  burilish  ro`y  beradi.  U  Germaniyani 

tashlab  ketishga  majbur  bo`ladi.  Gitlerchilar  adib  asarlarini  yoqadilar,  o`zini  esa 

san`at akademiyasi a`zoligidan chiqaradilar. Dastlab u Pragada yashaydi, so`ngra 

Fransiyaga  ketadi.  U  yerda  fashizmga  qarshi  faoliyatini  davom  ettirib  maqolalar 

yozadi.  Agar  u  dastlabki  ijodida  («Unrat  muallim»,  «Sodiq  fuqaro»)  fashizmni 

yuzaga keltirgan muhitni ko`rsatsa, endi u sariq vabo—fashizmni, uning qonxo`r 

boshliqlari—Gitler,  Gering,  Gebbelsning  kirdikorlarini  keskin  fosh  etadi 

(«Nafrat»,  1933).  Bundan  so`ng  yozgan  «Shunday  kun  keladi»,  «Mardlik»  kabi 

publististik  asarlarida  esa  xaqiqat  uchun  mardonavor  kurashchilar  —  Ernest 

Telman, Rudolf Klaus va Edgar Andre obrazlarini fashistlarga qarshi qo`ydi. 

          Haynrix  Mann  shu  davrda  Genrix  IV  xaqidagi  epopeyasini  yaratdi.  Bu 

«Genrix IV ning yoshligi» va «Genrix IV ning yetuklik davri» (1935—1939) deb 

ataluvchi ikki tomdan iborat romandir. 

Haynrix Mann qirol Genrix xaqidagi asarida Fransiyaning XVI asri tarixiga 

murojaat etadi. O`sha vaqtda o`zaro  diniy nizolar avj olgan edi. Ayni chog`da bu 

davrda  yakka  xukmronlik  mustahkamlanib,  uning  o`zboshimcha  feodallarga 

qarshi  kurashi  ham  kuchaygan  edi.  Asar  personajlarining  ko`pi  tarixiy  shaxslar. 

Fransiya  taxtida  feodalizmning  so`nggi  vakillaridan  biri  qirolicha  Yekaterina 

Medichi  o`tiradi.  U  o`z  xukmronligini  saqlab  qolish  uchun  har  qanday  jirkanch 




 

15 


vositalarni  qo`llashdan  ham  qaytmaydi.  Xanjar  foyda  bermagan  joyda  zaxarni 

ishga  solib,  o`z  raqiblarini  bartaraf  etadi.  Bu  vaqtda  protestant-qirolichasi 

Navvarrskayaning  o`g`li,  yosh  shaxzoda  Genrix  (so`ngra  Genrix  IV)  qishloqda, 

buvasi qo`rasida, dehqon bolalari o`rtasida o`sadi va unga buvasi homiylik qiladi. 

Qirolicha  Yekaterina  dushman  partiyasini  zaiflashtirish  va  davlatni  o`z  qo`lida 

saqlab  qolish  maqsadida  qizini  protestantlarning  boshlig`i  Genrixga  berib, 

shunday  yo`l  bilan  uni  o`ziga  buysundirmoqchi  bo`ladi.  Yekaterinaning  o`z 

o`g`illari  Karl  IX  va  Genrix  III  mamlakatni  idora  etishga  noqobil  kimsalar  edi. 

Genrixning saroy qo`shinida xizmat qilayotgan otasi to`satdan o`ladi, ko`p o`tmay 

onasi  katoliklar  qo`lida  zaxarlanadi.    Uning    o`zi    uchun    ham      katta    xavf  

tug`iladi.  Genrix  Yekaterinaning  qizi  Margarita  Valuaga  uylanish  va  to`yni 

o`tkazish  maqsadida  o`zining  protestant  (gugenot)  qo`shin-lari  bilan  saroyga 

keladi.  Lekin  bu  qadar  ko`p  protestantlarning  kelishi  Parij  katoliklarini  g`azabga 

soladi.  Yekaterina  shahar  aholisining  bunday  kayfiyatidan  ustalik  bilan  foy-

dalanadi.  U  tinch  dam  olayotgan  protestantlarga  qarshi  1572  yilning  24  avgusti 

(avliyo Varfolomey kuniga o`tar kechasi)da yoppasiga ur-yiqit ushyutirib, ko`plab 

kishilarning boshini tanasidan judo qildiradi. Genrix esa, Luvr saroyida tutqundek 

qoladi. Varfolomey kechasidagi qonli voqealardan ko`zi ochil-gan yigit saroydan 

qochadi. 

           Bundan  so`ng  Genrix  IV  o`z  harbiy  qo`shinlari  safini  mustahkamlab,  o`z 

ta`sir doirasini kengaytiradi. Deh-qonlarning ahvolini yaxshilashga va`dalar berib, 

ular  bilan  yaxshi  munosabatda  bo`ladi,  xushchaqchaq  hazillar  qiladi.  Genrix 

hamma  janglarda  bevosita  o`zi  qatnashadi,  ko`p  shahar,  qishloq-larni  qo`lga 

kstritib, yanada obro` orttiradi. U endi Parijga hujum qilib. uni qo`lga kiritadi va 

tarqoq Franstiyani birlash-tiradi, xalqdan olinadigan soliqlarni kamaytiradi. 

            Endi  uning  oldida  Franstiyani  ispan  qiroli  Filippga  bo`lgan  qaramlikdan 

xalos  etish  vazifasi  turar  edi.  Lekin  Genrixning  bu  orzusi  amalga  oshmaydi—u 

katta  jangga  tayyorgarlik  ko`rayotgan  bir  vaqtda  yollangan  chet  el  josuslari 

tomonidan o`ldiriladi. 



 

16 


 Genrix  IV  asarning  birinchi  qismida  gugenotlarning  boshlig`i  sifatida 

kamsitishlarga  qarshi  shaxsiy  o`ch  olish  yo`lidan  borsa,  keyinchalik  sekin-asta 

aqliy  takomilga  erishib,  mamlakatning  birligini  yuzaga  keltiruvchi  yirik  harbiy 

qo`mondon va xalqparvar davlat boshlig`iga aylanadi. 

Asarda  Genrix  IV  Uyg`onish  davrining  ilg`or  namoyondasiqiyofasida 

gavdalantirilgan. Uiing do`stlari orasida faylasuf Monten, shoir Agrippad  Obine 

ham bor. Yozuvchi Genrix IV ni «qo`lida quroli bor otdagi gumanist», deb ataydi. 

U ham mutafakkir, ham sarkardadir. Bu bilan Haynrix Mann moddiy va ma`naviy 

kuchlar  birlashtirilgandagina  adolatli  tuzumni  o’rnatsh,  yovuz  g`oyalar 

hukmronligiga yo`l bermaslik mumkin degan xulosa chiqaradi. Chunki yozuvchi 

“Sodiq  fuqro”romanida  fashiatik  g`oyalar  tantanasini  taminlagan  xudbinlar 

muhitini qoralagan bo`lsa Genrix IV haqidagi asarida fashistik g`oya yo`lini to`sib 

qo`yish imkonini ko`rsatib beradi. 

Yozuvchi  «Sodiq  fuqaro»  romanida  fashizmni  keltirib  chiqargan  yaramas 

muhitni  tasvirlagan  bo`lsa,  Genrix  IV  haqidagi  epopeyada  uni  qanday  yo`l  bilan 

engish  mumkinligini  aniq  ko`rsatib  beradi.  Yozuvchi  Genrix  IV  ni  «xalqparvar 

arbob»,  deb  ta`riflaydi.  Tarixiy  Genrix  juda  ham  bunday  ijobiy  sifatlarga  ega 

emas.  Biroq  bu  asar  fashizm  ta`qibiga  uchragan  adib  tomonidan  yozilganini 

nazarga olganda, Genrix IV ning ideallashtirilishi sababi ravshanlashadi. 

1940  yilda  fashistlar  Germaniyasi  Fransiyani  bosib  olgach,  Genrix  Mann 

Amerikaga  ketishga  majbur  bo`ladi.  Keksa  adib  muhojirlikda  ham  fashizmga 

qarshi  asarlar  yaratadi.  Jumladan,  1943  yilda  chiqqan  «Lidista»  kinoromanida 

fashistlarning  Chexoslovakiyada  qilgan  vahshiyliklari,  Lidiste  va  Leshchan 

qishloqlariga  o`t  qo`yishi,  butun  erkaklarning  otib  o`ldirilishi  voqealari 

ko`rsatiladi. 

Yozuvchi  «Davr  obzori»  (1944)  publististik  asarida  Germaniyaning 

o`tmishi,  fashizmning  kelib  chiqishi  va  unga  qarshi  nemis  xalqi  olib  borgan 

mardonavor  kurashlar,  shuningdek  franstuz  qarshilik  ko`rsatish  harakati  haqida 

so`z  yuritadi.  Ayniqsa,  o`z  Vatanini  va  Evropa  xalqlarini  fashizm  asoratidan 

qutqargan ulug` sovet xalqi haqida, Oktyabrning olamshumul ahamiyati xususida 




 

17 


katta hayajon bilan hikoya qiladi. Genrix Mann gitlerizmning tormor etilishi bilan 

nemis xalqini tabriklaydi. Qasal bo`lishiga qaramay, bu keksa antifashist yozuvchi 

yangi Germaniyani tuzishda qatnashmoqni istaydi. Lekin yaxshi niyatlari amalga 

oshmaydi. Chunki AQSh reakstion doiralari uning o`z vataniga qaytishiga imkon 

bermaydilar.  Buiing  ustiga  ezgu  ishlarini  amalga  oshirishiga  to`sqinlik  qiladilar. 

Shu  tufayli  otashqalb  yozuvchi  Genrix  Manning  yaxshi  niyatlari  nihoyasiga 

etmaydi. G. Mann 1950 yilning 12- martida to`satdan vafot etadi. 

O`z  paytida ya`ni 1928-1932 - yillar davomida  Haynrix  Mann Germaniya 

ziyolilari    orasida  ayniqsa  Prussiya  san`ati  akademiyayasi    adabiyot  shobasining  

Prezidenti  lavozimida  sermahsul    faoliyatda  bo`lgan.  Bu  davrda    adib  ko`plab 

yosh  yozuvchilardan    adabiyot  sohasiga  jonkuyarlarni  tarbiyalab  yetishtiradi. 

Haynrix  Mannijodiy  takomilida  XIXasr  fransuz  romanchiligining  ta`siri  sezilib 

turadi.Shu  sababli  Haynrix  Mann  asarlari  shakllanib  kelayotgan  nemis  burjua 

madaniyati  ahloqini  ayovsiz  tanqid  ostiga  oladi.Imperiya  nomi  bilan  mashhur 

bolgan  roman-trilogiyasini  ayniqsa  shu  trilogiya  tarkibidagi  “Sodiq  fuqoro” 

romani  nafaqat  kayzer    Germaniyasidagi  talim-tarbiya  tizimini      balki  ko`plab 

ziyolilarga yuqqan buyuk millatning illatini ham qattiq tanqid ostiga olishga jur`at 

etdi.  Asarning  bosh  qahramoni  urushqoq  tarbiyasini  samarasi  o`laroq 

bosqinchinchilik  ruhi  bilan  balog`atga  yetgan.  Har  qaysi  hukmdorga  tiz  cho`kib 

ta`zim  qiladi.  Qo`shni  millatlarni  esa  mensimaydi.  Shunda  uning    yovuz    fe`l-

atvorlari tipik  ifodasini  topgandir.

4

 



 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin