O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni


 Pedagogik fikr tarixida o`qituvchi mahorati masalalari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

2.3. Pedagogik fikr tarixida o`qituvchi mahorati masalalari 

 

Bugungi kunda  olimlar, mudarrislar oldida turgan asosiy vazifalardan biri-

xalqqa,  ayniqsa  yoshlarga  milliy  qadriyatlarimizni  yaxshiroq  tushuntirish,  ularga 

rioya qilish  hurmatlari ruhida tarbiyalashdir. 

Ota-bobolarimiz  azal-azaldan  bizni  odobli,  mehnatsevar,  to`g`riso`z, halol, 

insofli, diyonatli, yaqinlariga mehr-muhabbatli kishilar qilib tarbiyalashgan. 

Xalq udumlarida, undan kelib chiqadigan odobnomada har qanday bolaning 

yoshligidanoq  el-yurt  manfaati  yo`lida  kurashuvchi,  kishilar  baxt-saodatni  

o`ylovchi,  avlodlarning  ushalmay  qolgan  orzu-armonlarini  amalga  oshiruvchi 

kishilar bo`lib kamol topishi lozimligi alohida ta`kidlanadi. 

Mustaqil  respublikamizning  oldida  turgan  asosiy  vazifalaridan  biri-  yuqori 

malakali  kadrlar  tayyorlashdan  iborat.  Respublikamizda    taraqqiyot  va 

o`zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tamonlama kamol topishi davr 

talabi  va  ehtiyojidir.  Maktablarimiz  mahnaviy  baquvvat,  bilimli,  o`z  mustaqil 

Vatanimizda  faxrlanish  tuyg`usiga  boy  kishilarni  tarbiyalashi  kerak.  Bu  esa 

ta`lim-tarbiya  oldidagi  murakkab,  keng  ko`lamli  muammolardan  biridir.  Xalq  

ta`limi  tizimida  hal  qiluvchi  inson  –  o`qituvchidir.  Agar  o`qituvchi  ijodkor  va 

izlanuvchan  bo`lsa, 

o`quvchi 

bilim 


darajasi 

ham 


 

baland 


bo`ladi. 

O`qituvchilarimiz  bugungi  zamon  talablariga  mos  bilimlar  sohibi,  yangilangan 

ta`lim  mazmunini  egallagan  bo`lishlari    kerak.  Pedagog  xodimlar  o`zlarini  kasb 

ko`nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart», 

- deb ta`kidlanadi. «Ta`lim to`g`risidagi» qonunda. 

O`qituvchi  kasbining    nozikligi,  mashuliyatiligi  va  murakkabligi  hamda 

sharafli  ekanligi  to`g`risida  mulohazalar.  Muallimning  mahorati,  ularga 

qo`yiladigan talablar,  fazilatlariga oid qasharlar, munosabatga kirishish mahorati, 

muomala madaniyati SHarq mutafakkirlarining asarlarida ifodasini topgan. SHarq 

mahnaviy-madaniyatining  xilma-xil  jihatlari,  ayniqsa  Uyg`onish  davrida  juda 

rivojlangan bo`lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy. Al-Xorazmiy, 

abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, 




 

58 


Alisher  Navoiy  va  boshqa ko`plab  mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur 

taraqqiyotida yosh murabbiylarning mahnaviy-axloqiy kamolotida muhim manbaa 

bo`lib xizmat qiladi. 

Sharqning  buyuk  allomasi,  qomusiy  olim  Farobiy  (873-950)  muallimning 

ijtimoiy  hayotida  tutgan  o`rni  va  uning  xos  xususiyatlari  to`g`rsida  ibratli 

g`oyalarni ilgari surgan. 

«O`qituvchi, - deydi Farobiy, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo`lishi va 

o`quvchilarga aytmoqchi bo`lgan fikrlarni to`la va aniq ifodalay olishni bilmog`i 

zarur.  SHu  bilan  birga  o`z  or-nomusini  qadrlashi,  adolatli  bo`lishi  lozim.  Ana 

shundagina  u  insoniylikning  yuksak  darajasiga  ega  bo`ladi  va  baxt  cho`qqisiga 

erishadi»,  deb  ta`kidlaydi.  Mutafakkir  Farobiy  o`qituvchi  shaxsiga  xos  qator 

fazilatlarga xolisona, odimona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk 

zoddir.  SHuning  uchun    mazkur  sharzlar,  ilmiy  ilovalar,  teran  fikrlar,  ibratli 

mulohazalar ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan. 

Mazkur  muammo  yuzasidan  mulohaza  yuritgan  atoqli  olim  Abu  Ali  ibn 

Sino (980-1037) ning fikricha. « . . . .O`qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo`y 

va bola tarbiyalash uslublarini axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo`lmog`i 

lozim.  O`qituvchi  o`kuvchining  butun  ichki  va  tashqi  dunyosini  o`rganib,  uning 

aql qatlamlariga kira olmog`i lozim». 

Abu Ali ibn Sino  mulohazasinga ko`ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi 

ko`rish,    hurmat  qilishi,  ular  bilan  xushmuomala  bo`lishi  shart.  Agar  bola  ishni 

yaxshi bajarsa, uni  o`z  vaqtida  rag`batlantirish, gohida  maqtab qo`yish, aksincha 

bo`lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekni dedi Ibn Sino, tanbeh izzat-nafsiga 

tegadigan  bo`lmasligi  lozim,  o`quvchiga  murosassozlik  qilish  esa  bolaning 

o`zboshimcha bo`lib qolishga olib boradi», - deydiibn Sino. 

Nasriddin  Tusiy  o`zining  «O`qituvchilarni  tarbiyalash  to`g`risida»  degan 

asarida  shunday  deydi:  «O`qituvchi  munozaralarni  olib  borishi,  rad  etib 

bo`lmaydigan  darajada  isbot  qilishni  bilishi,  o`z  fikrlarining  to`g`riligiga 

ishonishi,  nutqi  esa  mutlaqo  toza,  jumlalari  mantiqiy  ifodalanadigan  bo`lishi 

lozim . . » O`qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo`pol va 




 

59 


qattiq  bo`lishi  mumkin  emas.  Dars  paytida  o`qtuvchi  o`zini  tuta  olmasligi  ishini 

buzishi mumkin. 

Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o`z asarlarida bola dunyoqarashining 

kamol  topishida  maktab  va  muallimning  roliga  katta  baho  beradi.  Uning  fikriga 

qarganda, 

muallim 


aqlli, 

adolatli, 

o`zida 

barcha 


yuksak 

fazilatlarni 

mujassamlashtirgan  bo`lishi  kerak.  o`zini  nomunosib  tutgan  odam  hech  vaqt 

bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi. 

«Ustoz, muallimsiz qolganda zamon,  

nodonlikdan  qora  bo`lurdi  jahon»,  -  deb  xitob  qiladi  u    «Iskandar  Xirodnamasi» 

asarida.  O`zbek  adabiyotini  dahosi  A.Navoiy  o`z  asarlari  va  ilmiy  qarashlarida 

o`qituvchilik  qobiliyati  va  uning  obro`si,  odobi  yuzasidan  mulohazalar  yuritgan. 

Alloma  ijodiy  yondashuvsiz  hech  bir  faoliyatni  tasavvur  qala  olmaydi.  Ana  shu 

boisdan uning asarlarida odob, axloq, ziyraklik, irodaviy kuch, poklik, samimiylik 

xislatlari asosiy o`rinni egallaydi. 

O`qituvchining  har  jihatdan  ibrat  va  namunaga  ega  bo`lishlari  ta`lim  va 

tarbiya  garovi  ekanligiga    ishora  qilgan.  O`qituvchining  kasb  mahoratini 

tarbiyalashning 

mohiyati 

to`g`risidagi 

mulohazalar 

«Qobusnoma», 

«Xotomnoma», «Qutadg`u bilig» kabi buyuk asarlarda ham bayon etib berilgan. 

CHunki  bu  asarlarning  barchasi  odobnomaning  xuddi  o`zginasi  bo`lganligi 

sababli  tarbiyachi-murabbiyning  o`ziga  xos  xislatlarini  shakllanishi  bosqichlari 

ifodalab berilgan. 

XVIII-XIX  asrda  davom  etgan  Turkistondagi  jadidlar  harakatining 

asoschilaridan  biri,  buyuk  mahrifatparvar  o`qituvchi,  mohir  tadqiqotchi  Abdulla 

Avloniy  ta`lim  tizimi,  o`qitishni  takomillashtirib,  o`qituvchilar  malakasini 

oshirish,  bo`lg`usi  o`qituvchini  tayyorlash  muammolariga  mutlaqo  yangicha 

yondashgan omildir. Uning  fikricha ijodiy izlanish, o`qish va o`qitishning yangi 

shakli,  uslub  hamda  vositalarini  qidirish  o`qituvchining  eng  muhim    sifatlaridan 

biridir deb ta`kidlaydi. 

Shunday  qilib,  O`rta  Osiyo  mutafakkirlari  va  o`zbek  mahrifatparvarlari 

o`qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkuriga aql-zakovatga, chiroyli nutqqa ega 



 

60 


bo`lishi,  ko`zlagan  maqsadni    amalga  oshirish  yo`lida  jonbozlik,  qathiyatlik 

ko`rsatish,  o`quvchilarning  ruhiy  dunyosiga  to`g`ri  yo`l  topa  olish,  ularga  tahsir 

o`tkazish  imkoniyati,  vijdonlilik,  samimiylik,  odobli,  nazokatli  ishchan,  mashul 

shaxs  sifatida  faoliyat  ko`rsatishi  zarur  ekanligini  o`z  asarlarida  ta`kidlab 

o`tadilar. 

O`qituvchi va uning  professional  sifatlari orasidagi    muammolar  chet  ellik 

olimlar  S.A.Komenskiy,  Djon  Lokk,  I.G.Pestalotstsi,  A.Disterverg  kabilarning 

asarlarida  o`z  ifodasini  topdi.    Jumladan,  ulug`  chex  olimi,  pedagog 

Ya.A.Komenskiy o`qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolani sevishi, 

yuksak  axloqi,  bilimdonligi,  iqtidori,  qobiliyati  kabilarni  kiritib,  ularning 

mohiyatini atroflicha tavsiflab beradi. 

Ushbu 


masalaga 

sal 


boshqacharoq 

yondoshgan 

IG.Pestalotstsi 

o`qituvchining professional sifatlariga baho berishidan umuman chetlashib, uning 

xalq  ta`limi  tarmog`ini  takomillashtirishdagi  roli,  fan  asoslarini  egallashdagi 

ahamiyati va vazifalariga to`xtalib o`tadi.  

A.Disterverg  o`qituvchining  ta`limdagi  roliga  baho  berib,  u  o`z  faoliyatini 

bilishi,  uni  sevishi,  o`quvchilarini  yoqtirishi  deb  uqtiradi,  o`qituvchi  bolalarning 

individual xususiyatlarga qobiliyati, faoliyati uslubi to`g`risida muayyan  darajada 

bilimga ega bo`lish kerakligini ham ta`kidlab o`tadi. 

Mutafakkir  Djon  Lokk  o`qituvchi  psixologiyasining  eng  muhim  jihatlari 

orasiga  mo``tadillik,  g`ayrat-shijoatlilik,  ehtiyotkorlik    kabi  hislatlarini  kiritib, 

ularning ta`limdagi roli yuzasidan mulohaza yuritadi. 

G`arb 


mutafakkirlari 

g`oyalarining 

vorislari 

sifatida 

A.I.Gertsen, 

L.N.Tolstoy, I.G. CHerkishevskiy, K.D.Ushinskiy kabi rus mutafakkirlari mazkur 

muammolarga o`z mulohzalarini bildirganlar. 

A.I.Gertsen  mulohazasiga  ko`ra,  o`qituvchining  asosiy  xislati  –  bu  uning 

bolalar  bilan  munosabatda  bo`layotganligi  sezishda  bolalar  ruhiy  dunyosini 

tushuncha  olishda,  axloqiy  qobiliyatining  mavjudligida,  chunki  u  shunday 

istehdodga erisha olmaydi, buni unutmaslik kerak. 



 

61 


O`qituvchi  kasbiga  oid  ilmiy,  tajribalarda  sinalgan  mulohazalar  rus 

pedagogi    K.D.Ushinskiy  ta`lim-tarbiya  jarayonida  o`qituvchining  roli    va 

shaxsiga  yuqori  baho  berib,  hech  bir  ustav  yoki  programma,  hamda  sunhiy 

organizm  puxta  ishlab  chiqarilganiga  qaramay,  inson  shaxsining  o`rnini  bosa 

olmaydi deb hisoblaydi. Insonining xarakteri va his-tuyg`ulari, uning o`quvchilar 

bilan muloqotga kirishish usuli, o`qituvchi qalbi bolalarga yaqinligi kabi axloqiy 

xislatlarining  shaxsiga  xos  muhim  fazilatlar  bo`lib  hisoblanib,  muallimning 

tarbiyaviy  kuchini  belgilaydi  va  ijtimoiy  qimmatiga  ega  bo`lgan,  barkamol  bola 

shaxsini    tarkib  toptiradi.  K.D.Ushinskiy  ta`kidlashicha,  pedagogik  faoliyatning 

muhim  tarkibiy  qismi  pedagogik-psixologik  odob  hisoblanadi.  Uning  fikricha  

psixologik  odob  hayotimizning  barcha  jabhalarida  g`oyatda  keng  qo`llaniladi, 

shuning uchun usiz odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining 

o`zi ham bo`lmagan bo`lar edi, deydi.

13

 



Shunday  qilib,  chet  el  mutafakkirlari  o`z  asarlarida  o`qituvchining  qator 

muhim  fazilatlari    mavjud  bo`lishini  bayon  qilganlar.  Bularning  qatoriga 

quyidagilarni  kiritish  mumkin:  o`qituvchining  har  tomonlama  barkamol 

bo`lishish,  o`zining  yuksak  xislatlari  va  his  tuyg`ulari  bilan  boshqa  kasbdagi 

kishilardan    ajralib  turishi,  davrlarni  o`zlashtirshda    orqada  qolganlar  bilan 

individual  ishlash. o`quvchilar diqqatini o`ziga  torta  olish sehri,  mustaqil  ishlash 

va o`z mahoratini, malakasini oshirish. Pedagogik qobiliyat va odobga ega bo`lish 

kabilar.  SHuni  alohida  ta`kidlab  o`tish  joizki,  sharq  va  g`arb  mutafakkirlari 

tomonidan  tahlil  qilingan  ko`pgina  o`qituvchi  kasbi  haqidagi  mulohzalari  to 

hozirgi  ajdodlar  g`oyasini  takomillashtirish  evaziga  ta`limni  yuksak  bosqichga 

ko`tarish mumkindir.  

Jonajon  Vatanimiz  o`z  mustaqilligini  qo`lga  kiritganidan  buyon  siyosiy, 

ijtimoiy  iqtisodiy  sohalarda  tub  buzilishlar  bo`layapdi.  Jumladan,  ta`lim-tarbiya 

sohasida ham, Davlatimizning «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash 

milliy  dasturi»  va  boshqa  mehyoriy  hujjatlar  talab  va  ko`rsatmalari  asosida 

umumta`lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari  va  litseylarda  barcha  fanlar 

                                                 

13

 



Rajabov S. Pedagogika fanining allomalari. T., 1991 y.

 



 

62 


bo`yicha  davlat  ta`lim  standartlari  ishlab  chiqildi  va  amalda  qo`llanilayapdi. 

O`quvchilarning  bilim,  ko`nikma  va  malaklari  reyting  tizimi  orqali  nazorat 

qilinayapdi,  har  bir  o`qituvchi  ixtisosligi  qanaqa  bo`lishligidan  qattiy  nazar 

o`quvchilarning  bilim,  ko`nikma  va  malakalari  talab  qilingan  standart  asosida 

shakllanishi  uchun  yangi  pedagogik  texnologiya  elementlarini  ta`lim  jarayoni 

uchun  loyihalash,  yaratish,  tanlash  va  bu  jarayonlarda  qo`llash  ustida 

ishlamoqdalar, hamda tanlangan elementlarni amalda qo`llamoqdalar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

63 


 

 

 



 

 

Xulosa 

 

 

 



Men  o`qigan  asarlarim  va  ustida  ish  olib  borgan  ushbu  Bitiruv  Malakaviy 

Ishim  mavzusi  yuzasidan  xulosa  qilar  ekanman,  so`zlarimni  muxtaram 

yurtboshimizning  “Bolani  hunarsiz  qoldirish  jinoyat”  degan  so`zlari  bilan 

boshlamoqchiman. 

 

Men  bu  serma`no  so`zlarni  quydagicha  kengaytirib  tushundim,  ya`ni 



“Bolani hunarsiz va ilmsiz qoldirish jinoyatdir”  

 

Yuqoridagi  so`zlar  birinchi  navbatta  bolaga  ta`lim  -  tarbiya    beruvchi 



o`qituvchilarni  nazarda  tutadi.  Chunki  yosh  avlodni  qanday  bo`lishi  ko`proq 

ustozlar zimmasidagi ma`suliyatli vazifani nechog`lik o`rinlantirishga bog`liqdir. 

 

Bugungi  kunda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 



tomonidan  jamiyat  ijtimoiy  taraqqiyotini  ta`minlashda  muhim  sub`ektlar 

sanaluvchi  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  masalasiga 

jiddiy e`tibor bermoqda. 

Xususan  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini”  ro`yobga  chiqarishning 

ikkinchi bosqichi (2001-2005 yillar)da ushbu muammoni to`la yechishga alohida 

e`tibor  qaratilib  “ta`lim  muassasalarining  moddiy  texnika  va  axborot  bazasini 

davom  ettirish  o`quv  jarayonini  yuqori  sifatli  o`quv  adabiyotlari  va  ilg`or 

pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta`minlash”ni  nazarda  tutilganligi  buning  yaqqol 

ifodasidir. 

Lekin   men  shunday  o`yladimki, XX asr boshidagi Germaniya va o`tgan 

asr  30-yillarda  yurtimizda  faoliyat  ko`rsatgan  o`qituvchilar  hozirgi  zamon  

o`qituvchilarga qaraganda martabaliroq bo`lgan deb tushundim.  Bilmadim,  balki  

o`qituvchilar soni juda  oz  bo`lgani  uchundir,  balki   aholini   juda  katta  qismi  

savodsiz   bo`lganligidandir.  

          To`g`ri,      bugun    o`qituvchilar    soni      juda    ko`plarini    tashkil    qiladi.  

Ammo  hamma   diplomlilarni  ham  ustoz  deyaverilmaydi.  Ustoz  degan  ulug`  

nomga  sazovor  bo`lish uchun  esa  albatta  yaxshi  bilimga  ega  bo`lishi, o`sha  

bilimlarni  boshqalarga    ham    to`liq    bera    olishi,    har    tomonlama    o`zgalarga  




 

64 


o`rnak    bo`la    olishi    zarur.    Shundagina    u    jamiyatda  o`z    o`rniga    ega    bo`la  

oladi,  hurmat – e`tibor   qozonadi. 

            Hozirgi    yoshlar    yaxshi      o`qituvchi    tanlaydi.      Agar  yoqmasa    ular  

o`qituvchini  almashtirish  imkoniyatiga  ega. Chunki  bular  XXI  asr  yoshlari.  

Ular    juda    aqilli,  izlanuvchan,  talabchan,  ziyrak    yoshlar.      Shu    yoshlarga  mos  

o`qituvchi   bo`lish  esa  bizdan.  Men ham vatan  uchun  xizmat  qiladigan,  o`z  

yoshlarimizni    bundanda    barkamol,    komil    inson      bo`lib    yetishishiga    sidqi-

dildan  xissa  qo`shadigan   o`qituvchi  bo`lishga  va`da   beraman. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

65 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin