O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni


 2.    O`QITUVCHINING KASBIY SIFATLARI



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

2. 2.    O`QITUVCHINING KASBIY SIFATLARI. 

 

 E`tiqod,  odob,  fuqarolik  burchini  anglash  –  o`qituvchining  asosiy 

sifatlaridan  biridir.  Maktab  o`qituvchisi  o`zi  targ`ib  qilayotgan  idealning 

fazilatlarini shaxsiy namunasida ko`rsatishi kerak. 

 

Bolalarga  mehr-muhabbat  o`qituvchining  eng  muhim  fazilatlaridir.  Bu 



bolalarning  hamma  qiliq-qilmishlarini  kechirish,  ularga  xushomadgo`ylik  qilish 

emas,  balki  talabchanlik  va  qattiqqo`llik,  adolatlilik  bilan  qo`shilgan  mehr-

muhabbat  bo`lib  ana  shu  sifatga  ega  bo`lgan  shaxs  o`zining  ko`p  vaqtini  va 

kuchini bolalar manfaati yo`lida ehtiyojlarni cheklashga tayyor turadi. 

 

Ijtimoiy faollik va fuqarolik  burchini anglash  o`qituvchi shaxsiga xos sifat, 



zero haqiqiy pedagog to`la mahnodagi jamoatchi bo`lib, bolalarga hayotda ijtmoiy 

faol holatda turishning amaliy namunasini ko`rsatadi. 

 

O`qituvchining muhim fazilati-kishilar bilan tez el bo`la olish, ko`pchilikka 



aralasha bilish, ulfatijonlik, dilkashlik bo`lib, bu unda muomala mahdaniyatining 

yuksakligini  ifodalaydi.  CHunki  o`qituvchiga  hamisha  odamlar  bilan  aloqa 

qilishga,  ular  bilan  ishlashga  to`g`ri  keladi.  o`qituvchi  ishidagi  muvaffaqiyatni 

kundalik  faoliyatida  kattalar  va  bolalar,  ayrim  guruh  va  yakka  shaxslar  bilan 

aloqaga kirisha olish qobiliyati tahminlaydi. 

 

Aloqalarda,  faoliyatda  duch  kelinadigan  turli  xil  voqealarga  pedagogik 



qoidalar  nuqtai  nazaridan  dogmatik  munosabatda  bo`lish  emas,  balki  ularni  o`z 

holicha  idrok  etib,  adolatli  baholash,  munosabatda  odil  bo`lish  o`quvchining 

oro`sini oshiradi. 

 

O`qituvchining  odobi,  madaniyati  yuksak  bo`lsagina,  odamlarga  nisbatan 



mehribon,  sahovatli  bo`la  oladi,  uni  hamma  hurmat  qiladi.  Buning  uchun  ochiq 

ko`ngil,  qathiy  bo`lish,  o`zini  tuta  bilishi,  bardoshli  bo`lishi  kerak.  Bolalarga 

nisbatan  talabchan  bo`lishi  bilan  birga  o`z  shaxsiga  tanqidiy  nuqtai  nazardan 

qaray olishi kerak. 

 

O`qituvchi  odobi  umuminsoniy  axloqning  kategoriyalari,  qoidalari  va 



normalarini  ta`lim-tarbiya  jarayoniga  xos  xususiyatlari  bilan  uyg`unlashtirib, 


 

54 


pedagogning  o`quvchilar,  o`qituvchilar  jamoasi,  ota-onalar  va  jamoatchilik 

vakillari bilan munosabatida ifodalangan kasbiy-axloqiy xususiyatidir. 

 

O`qituvchi  pedagogik  etikaning  normasini  o`zlashtirib  olishi,  tajribada 



qo`llashi,  o`zining  dunyoqarashi  va  axloqiy  tajribasi  bilan  taqqoslashi  lozim. 

Fikrlash  va  his  etish,  turmushda  sinab  ko`rish  natijasida  pedagogik  etikaning 

qoidalari o`qituvchining o`z e`tiqodiga, intilishiga, o`z axloqiy sifatiga aylanadi. 

 

Bu  axloqiy  e`tiqod  o`qituvchining  dars  berish  jarayonida,  tarbiyaviy 



ishlarda,  o`qituvchilar  va  boshqa  kishilar  bilan  munosabatlarida,  muomalasida, 

kundalik  turmushda  o`zining  shaxsiy  namunasi  bilan  axloqiy  tahsir  o`tkazishida 

ko`zga  tashlanadi.  Pedagogik  takt  o`qituvchi  axloqining  amaliy  ko`rinishlaridan 

biridir.  Muallim  axloqining  natijalari  uning  yoshlarga  axloqiy  tahsirining 

samaradorligida namoyon bo`ladi. 

 

Pedagogik 



etikaning 

asosiy 


tushunchalari 

umuminsoniy 

axloqiy 

kategoriyalariga mos keladi va ularni o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq tarzda bir 

qadar  aniqlaydi.  Pedagogik  etikada  gumanizm,  adolatlilik,  halollik,  yaxshilik 

qilish kabilar o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq ravishda tahlil qilinadi. 

 

Axloq  nazariyasida  yaxshilik  eng  muhim  fazilat  hisoblanadi.  Yaxshilik-



axloqiy  ijobiy  fazilat  bo`lib,  shaxsiy  axloqda  ijobiy-xulqiy  fazilatlarning 

mazmunini  aks  ettiradi. Yaxshilik kishining ongi va  axloqiy  amaliyotida  jamiyat 

va shaxs manfaatlarining birligini aks ettiradigan tushunchadir.   

 

Pedagogik  etikada  yaxshilik  tushunchasi  o`qituvchi  faoliyati  bilan  bog`liq 



holda  aniqlashtiriladi.  o`nda  o`qituvchi  va  o`quvchilar  jamoasi  manfaatlarining 

birligi, muallim va o`qituvchi maqsadining birligi, ta`lim va tarbiyaning samarasi 

uchun  kurashning  birligi  aks  etadi.  Yaxshilik  fazilati  ikkala  tomonning  ham 

yaxshi niyati, xayrixoh, mehribon bo`lishini taqazo qiladi. Yaxshilik qaror topishi 

uchun  yomonlikka  murosasiz  bo`lish  lozim.  Yaxshi  istak  bilan  xushmuomalalik, 

yaxshi qiliq, yaxshi hatti-harakatning birligi zarur. 

 

Shaxs 


axloqini 

xarakterlaydigan 

belgilaridan 

biri 


mashuliyatdir. 

o`qituvchining  mashuliyati-mashuliyat  tushunchasining  butun  mazmunini 

saqlagan  holda  muallimning  faoliyati  va  ta`lim-tarbiya  jarayonining  aniq 



 

55 


fazilatlarini  ham  o`z  ichiga  oladi.  o`qituvchi  zimmasiga  bola  shaxsini  har 

tomonlama  kamol  toptirish  mashuliyati  yuklanadi.  Muallim  o`quvchiga  chuqur 

nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga, 

u boladagi majud layoqat va qobiliyatini payqab, individual munosabatda bo`lishi, 

unda mavjud bo`lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o`stirishi darkor. 

 

Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida o`quvchilar jamoasi bilan yolg`iz 



ish  olib  boradi.  Bunday  sharoitda  o`qituvchining  mas`uliyati  uning  xulqini 

tartibga  solib  turadigan,  boshqaradigan  kuch,  o`quvchilarga  tahsir  o`tkazishning 

asosiy mezoni hisoblanadi. 

 

Pedagogik odobga ega bo`lgan o`qituvchi o`quvchilar orasida va jamiyatda 



obro`  qozonadi.  O`qituvchi  qanchalik    ko`proq  obro`  qozonsa,  ta`lim  va  tarbiya 

mohiyati  shunchalik  mavuffaqiyatliroq  bo`ladi  va  aksincha,  o`qituvchining 

obro`yi  qanchalik  past  bo`lsa,  uning  bolalarga  ta`siri  shuncha  bo`sh  va 

o`quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo`ladi. 

 

O`quvchi deyarli har kuni o`quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi, 



ularning yaxshi ishlarini mahqullaydi, bilimini baholaydi, nojo`ya hatti-harakatlari 

uchun  tanbeh  beradi.  Albatta  o`qituvchining  fikri,  mulohazaalarida  nisbiylik, 

subhektivlik  alomatlari  mazjud.  o`  hammaga  aynan  birdek  juda  to`g`ri 

munosabatda  bo`la  olmasligi  mumkin.  Lekin  u  hamma  o`quvchilarga  nisbatan 

xolis  niyatli,  yaxshilik  qilishga  intiluvchan,  adolatli  kishi  ekaligiga  barchaning 

ishonchi komil bo`lmog`i darkor. Sinfda o`qituvchi «yaxshi ko`radigan», «yomon 

ko`radigan»  o`quvchilar  bor  degan  taassurot  tug`ilmasligi  kerak.  Xullas,  obro` 

o`qituvchilik  faoliyati  uchun  zarur  xususiyatdir.  Obro`    kishining  chuqur  bilimi, 

yuksak  axloqiy  sifatlari,  hayot  tajribasi,  ilmiy  tadqiqot  va  jamoat  ishlarida  faol 

ishtirok  etishi  tufayli  orttirilgan,  ko`pchilik  tomonidan  ehtirof  etilgan  tahsiri, 

nufuzidir. 

 

Pedagogik  faoliyat  o`z  mohiyatiga ko`ra  ijodiy  xarakterga  ega. Mahlumki, 



inson  oldida  baror  muammo  turgandagina  ijodkorlikka  ehtiyoj  tug`iladi. 

o`qituvchilar  faoliyati  ana  shunday  xususiyatga  ega.  Pedagogik  ijodkorlikning 

asosiy  mohiyati  pedagogik  faoliyatning  maqsadi  va  xarateri  bilan  bog`liq. 



 

56 


Pedagogik  faoliyat  kishi  shaxsini,  uning  dunyoqarashi,  e`tiqodi,  ongi,  xulq-

atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo`ysungan son-sanoqsiz pedagogik 

masalalarni  yechish  jarayonidir.  o`qituvchi  faoliyatidagi  ijodkorlik  ana  shu 

masalalarni  yechish  usullarida,  ularni  hal  qila  olish  yo`llarini  qidirib  topa 

bilishlarida ifodalanadi. 

 

Pedagogik  ijodkorlik  manbai-bu  pedagogik  tajribadir.  Pedagogik  tajriba-



muammoli  vaziyatlarga  juda  boydir.  Ilg`or  pedagogika  tajriba  deganda  biz 

o`qituvchining o`z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o`quvchilar ta`lim-

tarbiyasida yangi, samarali yo`l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. 

 

Ilg`or pedagogik tajriba o`qituvchi tomonidan qo`llaniladigan ish shakli va 



usullari,  uslubiy  vositalaridir.  o`lar  vositasida  o`quv-tarbiyaviy  ishlarda  eng 

yuqori natijalarga erishiladi. 

 

Ilg`or pedagogik tajribani o`rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa 



va  qonuniyatlarni  ochish  o`quv-tarbiya  jarayoniga  yaxshi  sifatli  o`zgarishlar 

kiritadi,  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini  boshqarish,  yangi  ko`rishdagi  o`quv 

jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo`ladi.  

 

Ijodiy ishlaydigan o`qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o`qitish va 



tarbiyalash,  ilg`or  o`qituvchilar  ish  tajribalarini  o`rganish  bilangina  cheklanib 

qolmasdan, tadqiqotchilik ko`nikma va malakalariga ham ega bo`lish zarur. 

 

Hozirgi  zamonda  fan  va  texnika  taraqqiyoti  o`qituvchining  ijodkor 



bo`lishini,  fanning  muhim  muammolari  yuzasidan  erkin  fikr  yurita  olishi,  fan 

yutuqlarini  o`quvchilarga  yetkaza  olishi  va  nihoyat  o`quvchilarni  ham  ijodiy 

fikrlashga,  tadqiqot  ishlariga  o`rgata  olishini  talab  qiladi.  SHuning  uchun 

o`qituvchi  avvalo  tadqiqotchilik  malakalarini  egallashi  zarur.  o`qituvchi  ilmiy-

tadqiqot  ishlari  olib  borish  davomida  omillarni  to`playdi,  ular  asosida  xulosalar 

chiqaradi. u fan xulosalaridan o`zining amaliy faoliyatid 

a  foydalanish  jarayonida  hozirgi  zamon  o`qituvchisi  uchun  zarur  bo`lgan  juda 

muhim fazilatlarni egallaydi. 

 

 



 

57 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin