O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni


  O`qituvchilik kasbi, uning huquqiy -  demokratik jamiyatdagi o`rni



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

2.1.  O`qituvchilik kasbi, uning huquqiy -  demokratik jamiyatdagi o`rni 

 

Respublikamiz  hukumati  xalq  ta`limi  sohasida  o`rtaga  qo`yayotgan  



vazifalarni  bajarish  ko`p  jihatdan  o`qituvchilikka  bog`liq.  Yangi  iqtisodiy 

siyosatga  o`tish  sharoitida  ta`lim-tarbiyadan  ko`zda  tutilayotgan  maqsadlarga 

erishish,  o`quvchilarning  xilma-xil  faoliyatini  uyushtirish,  ularni  bilimli,  odobli, 

e`tiqodli,  mehnatsevar,  barkamol  inson  qilib  o`stirish  o`qituvchi  zimmasiga 

yuklatilgan. 

 

O`zining  fidokorona  mehnati  bilan  yosh  avlodni  o`qitish    va  tarbiyalash 



sifatini  oshirishga  katta  hissa  qo`shayotgan  ijodkor  o`qituvchilar  soni  yil  sayin 

ortib  bormoqda.  Ayniqsa,  islohotlar  davrida  bunday  murabbiylar  el-yurtga 

tanilmoqda.  Har  yili  eng  yaxshi  o`qituvchini  aniqlash  uchun  o`tkazilayotgan  

maktab  ko`riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari  ana  shu  yutuqlarga  omil 

bo`lmoqda. 

Maktablarda 

«metodist 

o`qituvchi», 

«katta 

o`qituvchi», 

«O`zbekistonda  xizmat  ko`rsatgan  o`qituvchi»  unvonlariga  sazovor  bo`lgan 

o`qituvchilar soni tobora ko`paymoqda. 

 

Xalqimizning  kelajagi,  mustaqil  o`zbekistonning  istiqboli  ko`p  jihatdan 



o`qituvchiga,  uning  saviyasiga,  tayyorgarligi,  fidoyiligiga,  yosh  avlodni  o`qitish 

va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog`liq. 

 

So`nggi  yillarda  pedagogika  institutlarida,  universitetlarda,  pedagogika 



bilim yurtlarida o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar 

amalga  oshirildi.  Chunonchi,  bo`lajak  o`qituvchilarning  kasbiy  tayyorligini 

kuchaytirish,  ixtisosga  doir  fanlarni  chuqur  o`rgatish  va  pedagogik  mahoratni 

egallash,  nazariy  bilimlarni  amaliyotda  qo`llashga  o`rgatish  masalalariga  e`tibor 

kuchaydi.  Shunindek,  bo`lajak  o`qituvchilarga  pedagogika,  ruhshunoslik, 

usuliyotga  doir  fanlarni  o`rgatish  ko`lami  yanada  kengaydi.  Pedagogika  oliy 

o`quv yurtlarida bir qancha yangi ixtisosliklar bo`yicha  o`quv rejalari joriy etildi. 

 

Uzluksiz  pedagogik  ta`lim  g`oyalari  amalga  oshirilmoqda.  Shu  munosabat 



bilan  o`qituvchilar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  ishi  davlat  va 

jamoatchilikning diqqat markazida bo`ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika 




 

47 


institutlarining  maxsus  fakultetlarida,  malaka  oshirish  institutlarida  amalga 

oshirilmoqda.  O`qituvchilarni  falsafiy  jihatdan  keng  fikrlovchi,  mulohazali 

bo`lishlariga 

e`tibor 


berilayotir. 

Sinfiy, 


tarbiyaviy 

qarashlarning 

biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar 

ustun turishi ta`kidlanmoqda. 

 

O`zbekiston  hukumati  maktab  o`qituvchilarining  haftalik  o`quv  ishlari 



hajmini  kamaytirdi,  maoshini  oshirdi.  O`quvchilarning  daftarlarini  tekshirgani 

uchun,  shuningdek,  «Xalq  o`qituvchisi»,  «Xizmat  ko`rsatgan  o`qituvchi», 

«Metodist-o`qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq 

to`lash  joriy  etildi.  Pedagogika  o`quv  yurtlarida  ta`lim  olayotgan  talabalarning 

stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga 

qo`shimcha pul to`lanadi. 

 

O`qituvchilik  sharafli,  lekin  juda  murakkab  kasbdir.  Yaxshi  o`qituvchi 



bo`lish  uchun  pedagogik  nazariyani  egallashning  o`zigina  yetarli  emas.  Chunki 

pedagogik  nazariyada  bolalarni  o`qitish  va  tarbiyalash  umumiy  qonun-qoidalar, 

umumlashtirilgan uslubiy G`oyalar bayon etildi. O`quvchilarning yosh, individual 

xususiyatlarini  e`tiborga  olish  ta`kidlanadi.  Maktab  hayoti,  amaliy  pedagogik 

jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga  mos kelmaydigan vaziyatlar 

uchrab  turadi.  Bu  esa  o`qituvchidan  keng  bilimdonlikni,  puxta  amaliy 

tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. 

 

Shuning  uchun  ham  Mustaqil  O`zbekiston  Davlatining  umumiy  ta`lim 



maktabida ishlaydigan o`qituvchi: 

 

-pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; 



 

-milliy,  madaniy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni,  dunyoviy  bilimlarni 

mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, mahnaviy barkamol; 

 

-O`zbekistonning  Mustaqil  Davlat  sifatida  taraqqiy  etilishiga  ishonadigan, 



vatanparvarlik burchini to`g`ri anglagan, e`tiqodli fuqaro; 

 

-ixtisosga  doir  bilimlarni,  psixologik,  pedagogik  bilim  va  mahorati, 



shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan; 


 

48 


 

-o`qituvchilik  kasbini  va  bolalarni  yaxshi  ko`radigan,  har  bir  o`quvchisi 

ulg`ayib  yaxshi  odam  bo`lishiga  chin  ko`ngildan  ishonadigan,  ularning  shaxs 

sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan; 

 

-erkin  va  ijodiy  fikrlay  oladigan,  talabchan,  adolatli,  odobli  bo`lmog`i 



darkor. 

O`qituvchi  o`z  pedagogik  faoliyatida  yosh  avlodni  hayotga,  mehnatga 

tayyorlash  uchun  xalq  oldida,  davlat  oldida  mas`uldir.  Shuning  uchun  u  mahsus 

tayyorgarlik  vabilimlarga  ega  bo`lmog`i  talab  etiladi.  Maktab  o`qituvchilarining 

faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo`lishi shart.

 

 

Har  bir  bola  o`z  xulq-atvoriga,  xarakteriga  ega.  Bolalarni  tarbiyalashda 



ularning  ana  shu  o`ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olish,  o`rganish  nihoyatda  

katta  mahoratni  talab  qiladi.  Pedagogik  faoliyatga  tayyorgarlik  ko`rayotgan 

bo`lg`usi  mutahasis  ana  shunday  xususiyatlardan  habardor  bilishi  lozim. 

O`qituvchilik 

ixtisosining 

bu 


xususiyatlari 

uning 


professiogrammasida 

ifodalanadi. 

 

Professiogramma  quyidagilarni  o`z  ichiga  oladi:  1)  o`qituvchi  shaxsining 



xususiyatlari;  2)  o`qituvchining  ruhiy-pedagogik  tayyorgarligiga  qo`yiladigan 

talablar;  3)  maxsus  tayyorgarlikning  hajmi  va  mazmuni; 4)  ixtisosga  oid uslubiy 

tayyorgarlikning mazmuni. 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin