1.3. Ikkala asar bosh qaxramonlari qiyofasidagi mushtarak va alohida
xususiyatlar
Ma`lumki o`quvchilar olamida muallimlardan o`zlariga yoqqan va ayniqsa
yoqmaganlariga laqab qo`yish keng tarqalgan. O`tgan asrning boshlarida Kayzer
Germaniyasidagi barcha ta`lim muassasachiligida hukron Kayzer Vilgelm II ning
yakka hukmronligini abadiylashtirishdan iborat maqsadga bo`sundirilgan ta`lim
tizimini o`z tarbiyalanuvchilarni mangu sadoqatga muhabbat ruhida kamolga
yetkazish yotar edi. Kayzer Vilgelm o`z qo` ostidagilarning barchasiga daxshatli
siyosat yuritib, ko`tarinki tantanavorlik ta`lim tizimini umumiy ruhini belgilab
berar edi. Shu sababdan bunday tantanavor siyosatda dabdababozlik va maddohlik
keltirib chiqarishi tayin. O`sha zamon hukmdorlarining kattasidan to kichkinasiga
qadar o`zidan baland martabali amaldorga ko`r-ko`rona sadoqatta bo`lish o`zidan
quyiroq martabali kishilarga bepisandlik bilan muomala qilish xos bo`lgan. Xatto
biz tahlil qilayotgan “Proffessor Unrat” asarida eng quyi tabaqa vakili bo`lmish
Gimnaziya muallimi bundan istisno emas.
Aslida o`sha zamon Germaniyasida o`g`ilbola va qizbollar alohida
gimnaziyalarda tarbiyalanar va bunday bir yoqlamalilik gimnaziya o`quvchilari
9
Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 401-403 b.
36
bilan muallimlar o`rtasidagi muomalaga o`ziga xos sifatlar kashf etadiki, ulardan
biri tarbiyachilardan o`quvchi bolalarga nisbatan muomalalarda qo`pollik,
mensimaslik va ularni nojo`ya so`lar bilan haqorotlash kabi illatlarga keng yo`l
ochib berar edi. Chunki agar Gimnaziyada o`g`ilbollar va qizbollar birgalikda
ta`lim olgamlarida edi, o`qituvchilarning muomalalarida va murojotlarida biroz
bo`lsada ibo mavjud bo`lish imkoniyati bo`lar edi.
Bu manfur shaxs o`z ma`ruzalarida yuksak tantanavorlik ohangida murojat
qiladi. Asarning o`zidan bir parcha keltiramiz:
Agar men o`z o`quvchilarimga azaldan qolgan klassik nemis ideallarini
bekorchi qolgan odamning fantaziyasi sifatida talqin qilib tushuntirsam,
o`quchilar menga nisbatan ko`rsatgan hurmatni barbot bergan bo`lar edim.
10
Uning nafaqat tashqi qiyofasi va dars o`tish jarayonida ishlatadigan
qurollari ham murg`ak gimnaziya o`quchilarida vahima va qo`rqinch tug`dirishga
yo`naltirilgan. Arzimas fe`l-atvordagi xatolari uchun Unratning qo`lidagi xarita
ko`rsatkichi daxshatli qurolga aylanadi, ya`ni maskur Erlar Gimnaziyasidagi
tarbiyalanuvchilar qattiq tan jazosiga sazovor qilinadi.
Proffessor nafaqat o`quvchilarga nisbatan, balki o`zi bilan baravar huquqli
kasbdoshlariga nisbatan ham bepisandlarcha muomala namoyish qiladi. Qolaversa
o`qituvchining nutqi o`quvchi va talabalar uchun ibratli bo`lmog`i to`g`risida
muxtaram ustozlarimiz o`zma`ruzalarida va o`z amaliyotlarida qayta-qayta
uqtiradilar. Shu sababli muallim Unratning nutqi ham uning qiyofasi kabi
beo`xshov va maza-matrasasiz. Ammo qalbaki sadoqat va yuzaki tantanavorlikni
takidlovchi o`rinli va o`rinsiz tarzda takror va takror ishlatiladigan so`zlarga
to`la.
Uning ma`ruzalarida chunki, xattoki, binobarin, ya`ni, masalan kabi
keraksiz takrorlar yuqoridagi fikrlarimizni ifodalaydi.
Hainrih Mannning bu davrda yaratgan asarlari Germaniyaning o`sha
davrdagi hukmron tabaqalarining munofiqona va tajavuskor niyyatlarini fosh
etishga qaratilgan.
10
H.Mann “Proffessor Unrat”
37
Parda Tursunning “O`qituvchi” romani esa aksincha, bosqinchilik siyosatini
ro`yobga chiqaruvchilarni yetishtirishdan emas, balki yurtimizdagi madaniy
inqilob davrida omi xalqni savodli qilish va ularga bilim berishga
yo`naltirilgandir. Bu roman o`sha davr martabali, boy odamlari bilan
kambag`allar o`rtasidagi munosabat, jamiyatdagi ahloqsizlikni va adolatsiz
siyosatni fosh etishga qaratilgan. Ikkala asarni solishtiradigan bo`lsak, ularda
ham farqli, ham mushtarak tomonlariga duch kelaveramiz.
Yuqorida aytib o`tilgan farqli jihatlaeiga yana qo`shimcha qilib shuni aytish
kerakki, Burjua maktablarida oddiy maktablarda ham proffessorlar ta`lim
berganlar. Bizda esa oddiy maktablaarni tugatganlar ham muallimlik
qilaverganlar. Bu fikrlarimizga bizning qahramon Elmurod yaxshigina misol bo`la
oladi. Chunki bu davrda insitutni tamomlagan proffessorlar u yoqda tursin, SBni
tamomlagan kishilar ham barmoq bilan sanalar edi. Xalqni esa savodsizlikdan
olib chiqish zarur edi. Buning uchun muallimlarlar sidqi dildan xizmat qilar
edilar. Germaniya o`qituvchilarida ham, bizning o`qituvchilarimizda ham bir xil
maqsad, ya`ni bolaga ta`lim-tarbiya, bilim berish asosiy ish bo`lgan.
Ammo ta`lim sohasida ham poraxo`rlikka mukkasidan ketgan insonlar
ozchilikni tashkil qilmas edi. Muallimlar ta`lim oluvchilar orasidagi baland
martabali odamlarning bolalariga qattiq gapirmas, ularni boshqalar kabi jazolamas
edilar. Chunki ularning otalari domlalarni tezda-tezda yo`qlab turar va har gal
kelganlarida nimadir ko`tarib kelardilar. Domlalar shu nazrlar evaziga kun
ko`rardilar.
Bunga misol tariqasida “O`qituvchi” romanidan bir parchani
keltirmoqchiman:
Otinoyi tandirdan yangi uzilgan non va oshqovoq somsalardan sanab
barkashga terdida, dasturxonga o`radi. Bitta non bilan ikkita somsani alohida
o`rab, Elmurodga:
— Barkashdagisini domlasiga bersin. Ro`molchadagisini o`zi yesin.
Sayfulla akangning o`z qo`liga ber. Eshitdingmi?— deb tayinladi.
— Eshitdim!— dedi Elmurod. Otinoyi yana tayinladi:
38
— Maktabxona darchasidan mo`ralab sekin yo`talib qo`y. Uzi chiqqib
qoladi. Ma, obora qol, bolam!
Elmurod Sayfulla o`qiydigan maktabni bilar — hovlidan o`tadigan suv
qurib, hovuz suvi g`urbaqa sallasi bilan ko`karib ketganida maktabxona oldidagi
machit hovuzidan chelaklab suv tashir va har gal borganida pastakkina darchasiga
sariq moyli
QOROZ
yopishtirilgan uydan qurbaqalarning sayrashiga o`xshash
guvillagan tovush chiqayotganini eshitar edi. Bu maktabxona bo`lib,
mullavachalar haftiyak yodlashardilar. Bundan tashqari maktabxona bilan bir
qatorda, «tobutxona» deb atala-digan kichkina bir ayvon ham bo`lib, Elmurod shu
ayvondan odamlarning goho tobut ko`tarib chiqayotganlarini ko`rardi.
Maktabxona va tobutxona deb ataladigan bir-biriga o`xshash bu ikki xunuk
bino va bu erdan eshitilayotgan shovg`in Elmurodning vujudida ko`p yoqimsiz
ta`sir qoldirar edi. Bugina emas, Elmurod «maktabxona» deb ataladigan binoning
«azobxona», «qiynoqxona» ekanini tasdiqlaydigan gaplarni ham eshitardi.
Sayfulla kun sayin bir yangilik topib kelardi.
— Tohirni domla Mansurga ko`tartirib qo`yib, qamchi bilan quymichiga xo`p
savaladi...
— Shokirning qulog`ini ombir bilan buradi...
— Fozilni hovliga yalang`och o`tqazib qo`yib, ustidan sovuq suv quydi...
— Ahmadning kallasiga tayoq bilan soldi. Pirimqulni tepdi. Otaboyning
jag`iga tarsaki qo`yib yubordi...
Sayfulla bunday gaplarni namoyishkorona gapirar, go`yo Elmurodga:
«dunyoda shundaqa jazolar bor, bunga tobing qalay?» deb po`pisa qilayotganga
o`xshardi. Elmurod eshitgisi kelmay, parishon hol erga qarardi. U birovlarning
jazolanganiki zavq bilan gapiradigan Sayfullani o`lgudek yomon ko`rardi.
Bir qo`li bilan barkashli dasturxonni qo`ltiqlab, bir qo`lida tugunni ko`targak
Elmurod machkt hovuzi oldidan o`tib, har galgiday shovg`in-suroni eshitilib
turgan «maktabxona» oldiga keldi-da, asta borib, kunlar isigani uchun qog`ozi
yirtkb tashlangan darchadan mo`raladi va bo`layotgan hodisaga tikilib
qoldi...
39
Bolalar ikki qarich balandligidagi paxsa devor ichida go`yo oxurga
tushganday o`tirardilar. Joy etishmaganidan bir necha bola yuzma-yuz
o`tirishardi. Bolalar sallali, sallasiz, do`ppili edilar. Hammalari boshlarini haftiyak
ustiga egib, bir maqomda silkinib, xilma-xil ovoz chiqarardilar. Xonankng
to`ridagi po`stak ustida ogshog` soqoli ko`ksiga tushgan katta sallali, ola choponli
domla o`tirardi. Domlaning oldida bir necha uzun tayok yotibdi. Bir ko`zkga oq
tushgan domla dam-badam bolalarga o`g`rayib, qo`lini tayoqlarga yugurtirib
qo`yadi.
Maktabxonadagi ahvol Elmurodga qizig` bir tomosha bo`ldi. Sayfulla
darcha tagida o`tirgan bo`lsa kerak, ko`rinmaganidan Elmurod ham shoshilmay
qarab tura berdi. Bolalarning boshlari bir maqomda silkinar, bir nimalar deb
vaysashar, lekin kitobga qaramas, hatto ba`zilarining ko`zlari yumiq, ba`zilari esa
Ko`z qirlari bilan domlaga tikklishgan holda tirsaklari bilan bir-birlarini turtishar,
ko`z qisishar edilar. Ular zerikkanlikdan, bir xildagi so`zlarni takrorlashdan
bezganlaridan shunday qilishardilar. Qora qosh, puchuq bir bola bosh silkitib
vaysagan hg`olda, yonidagi qizil do`p-pili sariq bolani elkasi bilan nuqib imladi
va ular domlaning ko`zini shamg`alat qilib, taglaridagi bo`yradan cho`p sindkrib
oldilar. Domlani ko`z qirlari bilan kuzatgan zg`olda bo`yracho`pning bir yonidan
jindek kertik qilib, «qo`chqor» yasadilar. So`ng ikkovi «qo`chqor urishtira
boshladi». «Qo`chqorlar» endi suzisha boshlagan edi, avval puchuq bola, so`ngra
sariq bola boshida uzun tayoq o`ynab, «shast-shak» etgan tovush eshitilib
qoldi.
Shovqin to`xtadi. Quchkorbozlarning gavdasi oxurga, boshlari oyoqlari
o`rtasiga kirib ketdi. Bu orada Elmurod ham qo`rqib boshini darchadan pastga
qilib oldi.
— Bu yoqqa kel, haromi!—dedi domla, puchuq bolani tayoq bilan turtib.
Bola bo`yin egib domlaning oldiga kelgan edi, elkasidan bir tortib, bolani oldiga
yiqitdi-da, bo`ynidan qisib oldi. So`ng bolaning ochilib qolgan orqasiga savalay
boshladi.
40
— Yana qo`chqorbozlik qilasanmi!— derdi domla, savalarkan.
Bola tavba qilib, bo`kirib yig`lardi.
Elmurod toqat qilolmay, yuzini darchadan chetga o`girdi. Kimdir uni turtdi.
Bu «xalta ko`ylak» kiygan, qoragina bir bola edi. Aftidan nimadandir qo`rqib
turganga
o`xshardi.
— Nima qib turibsan? Kim kerak?—deb so`radi bola,
— Siz ham shu erda o`qiysizmi, aka?—dedi Elmurod.
— Nimaydi?
— Sayfulla akamni imlab qo`ysangiz.
-— Domlagayam ozodlik opkeldingmi?—dedi bola dam dasturxonga, dam
tugunga tikilib va dadil yurib, ochiq eshikka bordi. Bu vaqit ichkarida tartib
o`rnatilib, boyagiday shovqin-suronli vaysash boshlangan edi. Lekin bola ichkari
kirishi bilan domlaning:
— Nega kecha kelmading?—degan o`kirig`i eshitilib, vaysash yana to`xtab
qoldi.
Elmurod yana mo`raladi. Haligi bola eshikka yaqin joyda bo`ynini
egib turardi.
— Qani aytchi, nega kecha kelmading?— deb yana o`kirdi domla.
— Onam betob bo`lib qoluvdi, ro`zg`orga qarashdim,—-dedi asta. Uning
yelkalari titrar edi.
— Yolg`on aytasan, ko`chada o`ynab yugurasan, ablah!—
dedi domla.
— Yo`q, taqsir, yolg`on bo`lsa kalomulla ursin. Surishtirib ko`ring. Onam
betob,—deb yolvordi bola.
Elmurod bolaning elkalarigina emas, butun gavdasi titrayotganini ko`rib:
«Sho`ring qurg`ur kelmay qolganiga qo`rkib turgan ekan-da!» deb o`yladi.
— Paloq!—deb buyurdi domla. Bolalar jim bo`lib qolishgan edi. Bu
gap bilan hammalariga jon kirib, oxurlardan irg`ishib chiqishar ekan: — Paloq,
41
paloq!—deyishib chug`urlashdilar. Sayfulla supaga chiqib, shiftdagi yog`och
qoziqdan ikki
yeridan qayish o`tkazilgan tayoqni oldi. — Endi nima qilishar ekan?— deb
o`yladi Elmurod o`zicha. Mullavachchalar bolani hovliga olib chiqib, tobutxona
eshigi oldiga o`tqazishdi. — Oyoqlariga paloq soling!—deb o`kirdi domla.
Sayfulla bilan yana bir mullavachcha bolaning oyoqlarini qayishdan
o`tqazib tayoqni ko`targan holda ikki boshidan burashdi. Yana biri bolaning
kuragidan bosib turdi.
— Voydod, tavba qildim!—deb faryod soldi bola. Domla bolaning
tovonlariga qamchi bilan tars-tars ura boshladi. Bola yana qattiqroq
voydodladi. Elmurodning butun vujudi uvishib ketdi. Mudhish «tomoshani»
ko`rishga toqat qilolmay, yuzini teskari qildi. Uning yuragi gupillab urar, ko`zlari
kosasidan chig`ayozgan, haddi sig`sa hozir bolani ajratib olgudek vaziyatda edi.
Jazo marosimi tamom bo`lib, bolalar ichkariga kira boshlagach, Sayfulla
Elmurodning oldiga kelib dasturxonni oldi. — Mana bu barkash dasturxon
domlangizga ekan! — deb tayinladi Elmurod va ketish oldida ayvonga
yana bir mo`ralagan edi, eshik oldiga yaqin bir joyda yig`la-ginicha kitobga
engashgan haligi sho`rlikni ko`rib qolib, yuragi yana jizilladi. Sayfullaning
qo`lidan suyunib dasturxonni olayotgan badjahl domlaga, uning qamchi
va tayoqlariga ko`z yugurtirdida, ko`ngli g`ash bo`lib qaytdi. Tez odimlar ekan:
«Shunday qilib o`qigandan ko`ra, o`qimasa nima bo`lar ekan bu bolalar?»—degan
fikr keldi. Hovuz oldidan o`tayotgan edi, qorachagina bir bolani ergashtirib,
maktabxonaga tomon borayotgan birovni ko`rib qoldi. Hozir bo`lgan voqeani
ularga gapirgisi kel-ganday to`xtalib, beixtiyor tikildi. Bolaning niyoz qilingan
kokilining uchi do`ppisidan chiqib, qulog`i orqasidan kalamush dumidek osilib
turardi. Ikkovi ham oq bo`zdan bir xilda yaktak kiyganlarini ko`rib, Elmurod ota-
bola ekanliklariga shubha qilmadi, Yalang oyoqlarini ko`rib: «kambag`allardan
ekan» deb qo`ydi va shuning uchun ularni o`ziga yaqin olib, azobxonaga
borayotganlariga achindi. — O`g`lini o`qishga olib keldi shekilli, qani, borib
ko`ray-chi?— deb qiziqdi Elmurod va yana darcha yoniga
42
bordi.. Haligi kishi o`g`li bilan domla ro`parasida bo`yra ustida tiz cho`kib
o`tirar edi
— Mana, qulvachchangizni olib keldim, taqsir!—de-di bolaning otasi va
domlaga qanchadir buklangan qog`oz pul uzatdi»
— Xo`sh, xo`sh!—dedi domla, pulni olarkan va «muncha oz!» deganday
ko`zlarini katta ochib, pulga tikilibqoldi.
— Oz bo`lsa ham ko`p o`rnida ko`rasiz, taqsir, qolganiga biz qarzdor. Domla
pulni choponi ichidan boylangan belbog`iga qistirdi-da, sinovchi nazar bilan
xo`mrayib bolaga bir nafas tikilib turdi.
— O`g`lingiz beadab bolalardan emasmi?—deb so`ragan edi, haligi odam
javobni ilgaridan o`ylab qo`yganday donalab dedi:
— Qo`limizdan kelgancha adab berdik. Endi bundan buyon
qulvachchangizning ixtiyori qo`lingizda — qandog` ta`lim, qandog` adab lozim
bo`lsa, ayamang, taqsir. Eti sizniki, suyagi bizniki...
— Voy, shunaqa otalar ham bo`lar ekan!—deb ajab-landi Elmurod, qaytar
ekan.—«Eti sizniki, suyagi bizniki!» deydiya. Domla bolasining etini
yesayam maylimish...
Sayfulla maktabdan keldi. Oshxona oldida o`tin yorayotgan Elmurod ona-
bolaning gapiga quloq soldi.
— Domlang kimni urdila?— deb so`radi otinoyi.
— O`g`ri ko`chadagi mahsido`zning o`g`li Salimni. Ayb o`zida. Bir kun
kelmay qoldi. Kelmagandan keyin domlaga «ozodlik» olib kelish kerak-da.
Bu bo`lsa shumshayib, ikki qo`lini burniga tiqib keldi. Domla uch miri pul yo
bitta qatlama keltirib qo`yganga sira indamaydilar. Sho`xlik qilsa ham
indamaydilar. Bo`lmasa sal bahona bilan uraveradila. — Ha, axir, domlayam
o`lsinmi? Qo`lga qaraydi, berganga yarasha muomila qiladi-da.
Kambag`aldirda, sho`rlik... Bitta nonga zor odamlar ko`p. Kim? Miskarni o`g`li
dedingmi?
11
11
Parda Tursun “O`qituvchi” T-1972. 70-71b.
43
Elmurod bilsa, maktabda kaltak ko`proq domlaga «ozodlik» keltirmaganlar
boshiga tushib turar ekan.
Muallimlar tomonidan olinadigan bu kabi poralardan va amaldorlarga
“paxta” qo`yishliklardan gimnaziya proffessorlari ham istisno emas edi.
Asarlar mazmunidan ko`rinib turibdiki ta`lim oluvchilarni jazolash har
ikkala millat muallimlariga ma`lum davrda xos bo`lgan usuldir. Bu usul esa
o`quvchilarni jazolanishdan qo`rqitib bo`lsa ham, yaxshi o`qishga undagan
omillardan bo`lganligi ravshanlashadi. Madaniy inqilob davrida yurtimizda
bolsheviklar yurgazgan ta`lim-tarbiya siyosatini ijrochisi bo`lgan Elmurod kabi
ilg`or pedagoglar o`zlari guvohi bo`lgan eski maktab tarbiya usullaridan, ayniqsa
jazolash usulidan voz kechganligi namoyon bo`ladi. Aksincha u rag`batlantirish
usuliga tayanishi asarning ko`p voqealari misolida oydinlashadi.
Qiyosiy usul bilan tahlil qilinayotgan bu ikkala asar bosh qahramonlari
qiyofasida ular bajarayotgan ijtimoiy vazifa tufayli o`xshash xususiyatlari
bilan bir qatorda ularga berilgan ijtimoiy topshiriq xojayinlari bolmish
siyosiy tuzum tabiatidan kelib chiqadigan alohida xususiyatlar ham ya`ni
farqlar ham mavjud bolishi tushunarli xoldir. Mazkur BMI doirasida tahlil
qilinayotgan ikki asarning markaziy obrazlariga umumiy bo`lgan belgilar
umum e`tirof etilgan xolatlardan kelib chiqadi. Bunday mushtarak sifatlar va
oxshashliklar anchagina ko`lamda namoyon bo`ladi.
Birinchidan ta`limiy mavzudagi bu prozaik asarlarning yetakchi
qahramoni bolmish har ikkala o`qituvchi orginalchilar ikki asarda
``Schulpressor`` ya`ni ta`lim muassasasining professori, “O`qituvchi”
romanining yetakchi qahramoni muallim degan nom bilan tanildi.
Dostları ilə paylaş: |