3. O‘qituvchi o‘zining xizmat ko‘rsatayotganini tushunishi Nima uchundir bu band ko‘plab o‘qituvchi va ota-onalarning jahlini chiqaradi. Balki gap obro‘dadir. “O‘qituvchi” so‘zi iftixor bilan jaranglaydi.
4. Haqiqiy narsalar bilan hurmatga ega bo‘lishga tayyor turish Balandparvoz so‘zlar, buyruq ohangi bilan zamonaviy bolada taassurot uyg‘ota olmaysiz. Bari “gamburg”cha hisob-kitob bilan bo‘lishi kerak: yaxshi o‘qituvchi o‘z fanini yaxshi biladi, uning foydasini tushuntira oladi va materialni qiziq qilib yetkazadi.
Qo‘rqitish – befoyda. Hozirgi bolalar avvalgi odamlar qo‘rqqan narsalardan hadiksirashmaydi.
5. Chegarani his qilish Bu ruhiy chegaralarga (“ko‘ngilga tegmaslik”) ham, shaxsiy bilimlarga ham tegishli. Axir bolalar ba'zi jihatlarda o‘qituvchilarga nisbatan ko‘proq narsalardan boxabar.
6. O‘z vazifasini tushunish O‘qituvchi “Gugl” qidiruv tizimida topish mumkin bo‘lmagan foydali bilimlarni berishi kerak (agar aksi bo‘lsa, u vaqtini bekorga sarflayapti).
7. O‘z-o‘zini tanqid qilish Agar o‘qituvchi o‘z faoliyatini tahlil qilib, uni qanday rivojlantirish haqida o‘ylasa, u ko‘p narsaga erishadi. Hamma ham adashishi mumkin. Katta amaki va xolalar ham bundan mustasno emas. Bolalar buni qancha tez anglasa, shuncha yaxshi.
8. O‘z-o‘ziga shama qilish Jiddiy bo‘lmaslik va o‘zini hazil qilish qobiliyati – zo‘riqishlarga qarshi turishning tarkibiy qismi. Jamiyatdagi hayot uchun ham a'lo xislat.
O‘z-o‘zini hazil qilish murakkab vaziyatni yumshatib, chalg‘ish va qiyin masalalarni hal etishga yordam beradi.
Albatta, xislatlarning bariga ega bo‘lish ham oson emas. Ko‘p hollarda maktabda o‘qituvchilarni tanlab olish imkoniyati mavjud emas. Biroq shunga qaramay, idealga qarab intilish zarur.
Siz bu borada qanday fikrdasiz? Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Fikringizni kutib qolamiz.