Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlar reja



Yüklə 22,79 Kb.
səhifə2/7
tarix08.08.2023
ölçüsü22,79 Kb.
#138847
1   2   3   4   5   6   7
Oqova suvlarni tabiiy sharoitda biologik tozalash inshootlar

usullari ma’lum. Aerob usul hayot faoliyati uchun doimiy kislorod oqimi va 20—40°C harorat zurur boigan aerob gruppa
mikroorganizmlarini qoilashga asoslangan. Oqova suvlarni aerob
tozalashda mikroorganizmlar faol loyqa yoki bioplyonkada yetishtiriladi. Anaerob tozalash usullari kislorod ishtirokisiz borib,
asosan cho‘kmalarni zararsizlantirishda qoilaniladi.
Faol loyqa tirik organizmlar va qattiq substratdan tashkil topgan. Tirik organizmlar bakteriyalar to‘plami va yakka bakteriyalar, sodda chuvalchanglar, mog‘or zamburugiari, achitqi, aktinomisetlar va ayrim hollarda qisqichbaqa hamda hasharotlar
lichinkalari, shuningdeR, suv o‘tlari va boshqalar yigindisidan
iborat. Faol loyqada hayot kechiruvchi barcha tirik organizmlarning majmuasi biosenoz deb ataladi. Bunday biosenoz mikroroorganizmlar va sodda hayvonlarning 1 2 turidan iborat boiadi.
Faol loyqadagi yigilgan bakteriyalar shilliq qatlam (kapsulalar) bilan o‘ralgan. Bunday yig‘ilmalar zoogleya deb ataladi. Ular
loyqaning strukturasini yaxshilanishiga, cho‘kishi va zichlashishiga
yordam beradi. Shilliq moddalar tarkibida ipsimon bakteriyalarni yo‘q qiluvchi antibiotiklari mavjud boiadi. Shilliq qatlamdan ajralgan bakteriyalar iflosliklami juda sekin oksidlaydi.
Faol loyqa — pH=4—9 muhitda manfiy zaryadli boigan amfoter kolloid sistemadir. Oqova suvlarning sezilarli darajadagi farqlanshiga qaramay, faol loyqaning elementar kimyoviy tarkibi birbiriga yaqin. Masalan, koks-kimyo zavodi oqova suvlarini tozalash tizimlaridagi faol loyqaning kimyoviy tarkibi C9 7 H 1 9 90 5 3 N 2 8 S2;
azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash tizimlarida C 9 0 H I6 7 O5 2N 2 4 S8 va shahar oqova suvlarini tozalash tizimlarida esa C5 4 H 2 1 2 Og 2Ni(S7.
Faol loyqaning quruq moddasi 70—90% organik va 30—10%
anorganik moddalardan iborat. Faol loyqada mikroorganizmlarning turli gruppalari joylashadi. Bunday gruppalarning vujudga
kelishi oqova suv tarkibi, ulardagi kislorodning miqdori, temperatura, muhit reaksiyasi, tuz miqdori, oksidlanish-qaytarilish potensiali va boshqa omillarga bogiiq. Ekologik gruppalar
bo‘yicha mikroorganizmlar aerob va anaeroblarga, termofil va
mezofillarga, galofil va galofoblarga ajratiladi. Sanoat oqova suvlarini tozalashda aerob mikroblardan keng foydalaniladi.
Faol loyqaning sifati uning cho‘kish tezligi va oqova suvlarni
tozalash darajasi bilan aniqlanadi. Yirik loyqalar maydalariga nisbatan tez cho'kadi. Loyqaning holati loyqa indeksi bilan tavsiflanadi. U faol loyqa cho‘kkan qismi hajmini 30 daqiqa davomida
indirishdan so‘ng qurigan cho‘kma massasiga (grammlarda)
bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Yüklə 22,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin