Aerotenklar. a da ikkilamchi tindirgich bilan
biriktirilgan aerotenk-tindirgich sxemasi keltirilgan. Sxemada aeratsiya zonasi tindirish zonasidan ajratilgan. Oqova suv markazga
beriladi. Tindirish zonasida faol loyqaning muallaq qatlami hosil
bo‘ladi va bu qatlam orqali oqova suv filtrlanadi. Qoldiq faol loyqa
quvurlar orqali muallaq qatlam zonasidan chiqarib yuboriladi,
qaytariladigan faol loyqa esa aeratsiya zonasiga kelib tushadi.
Aerotenk-tiniqlashtirgichda oqova suv aeratsiya
zonasiga kelib tushadi. Bu yerda faol loyqa bilan aralashadi va aeratsiyalanadi. So‘ng aralashma derazalar orqali tiniqlashtirish va degazatsiya zonalariga beriladi. Tiniqlashtirish zonasida faol loyqaning
muallaq qatlami hosil bo‘ladi, bu qatlamdan loyqali aralashma flltrlanadi. Tozalangan suv tarnovlar orqali aerotenkdan chiqarib yuboriladi.
Ikki kamerali aerotenk-tindirgich (6.5-rasm, d) aerotenk tindirgichlarning bir turi hisoblanadi. Ularda aeratsiya zonasi vertikal
teshikli panjara yordamida ikkita kameraga ajratiladi. Birinchi kamerada loyqali aralashmaning kislorod bilan to‘yinishi va iflosliklarning faol loyqada yutilishi, ikkinchi kamerada esa yutilgan iflosliklarning oksidlanishi va faol loyqaning barqarorlashishi sodir bo‘ladi.
Biofiltrlarda tozalash.Biofiltr — qobig‘iga bo‘lakli to'ldirgichlar (yuklama) joylashtirilgan, oqova suv va havo uchun taqsimlovchi moslamalar bo‘lgan qurilma hisoblanadi. Biofiltrda oqova
suv mikroorganizmlardan iborat plyonka bilan qoplangan yuklama qatlami orqali flltrlanadi. Bioplyonka mikroorganizmlari organik moddalardan ozuqa va energiya manbayi sifatida foydalanib,
ulami oksidlaydi. Shunday qilib, oqova suvdan organik moddalar
ajratib olinadi, faol bioplyonka massasi esa ortadi. Ishlatib bo'lingan
(yaroqsiz) bioplyonka oqib o'tayotgan oqova suv bilan yuviladi va
biofiltrdan chiqarib yuboriladi.
Yuklama sifatida yuqori g'ovaklik, kichik zichlik, katta solishtirma yuzaga ega boigan turli moddalar: shag'al, shlak, keramzit,
keramik va plastmass halqalar, shar va silindrlar, olti burchakli
bloklar, metall va plastmassali to'rlar ishlatiladi.
Hozirgi kunda to iiq va to iiq boimagan biokimyoviy tozalash boradigan, tabiiy va sun’iy havo beriladigan, oqova suvlarni
resirkulatsiyali va resirkulatsiyasiz; bir va ikki bosqichli, tomchili
va yuqori yuklamali biofiltrlar ko‘p qoilaniladi. Ikki bosqichli
biofiltrlar yuqori darajada tozalashga erishish maqsadida biofiltr balandligini oshirib bo‘lmaydigan holatlarda ishlatiladi. 6 .6 - rasmda
biofiltrlarning texnologik sxemasi keltirilgan.
Bioplyonka faol loyqa bajargan vazifani bajariadi. U oqova suv
tarkibidagi organik moddalarni adsorbsiyalaydi va qayta ishlaydi.
Biofiltrlarning oksidlash quvvati aerotenkning oksidlash quvvatidan kam.
Oqova suvlarni biofiltrlarda tozalash samaradorligiga biokimyoviy, modda almashinish, gidravlik va konstruktiv ko‘rsatkichlar
ta’sir ko'rsatadi. Ular orasidan quyidagilar alohida ahamiyatga
ega: tozalanayotgan suvning KBBEsi organik moddalar tabiatiga, oksidlanish tezligi, mikroorganizmlaming nafas olish tezligi; plyenkalarda yutilgan moddalar massasiga; bioplyonka qalinligiga, undagi oziqlanuvchi mikroorganizmlar tarkibiga, aeratsiya
tezligi, biofiltr balandligi va maydoni, oqova suvning fizik xossalari, jarayon temperaturasi, gidravlik og‘irlik, oqova suvning teng
taqimlanishi, bioplyonkalarning ishlatilish darajasi.
Tomchili filtrlovchi biofiltrlar quwatsiz bo‘lsa ham, oqova
suvlarni to‘liq tozalaydi. Ulaming gidravlik kuchi 0,5—3 m 3/(m 2 -sut)
ga teng. Bunday filtrlar KBBE 200 mg/1 dan yuqori bo‘lmaganda
1 0 0 0 m 3/su t gacha oqova suvni tozalashda qo‘llaniladi.