Marker oqsilining eritmasi yaxshi dissotsiyalanishi uchun 1 minut davomida qaynab turgan suv hammomida isitiladi. Har bir naychaga 10-20 mkl dan oqsil eritmasi solinadi va platinali elektrodlar yordamida asbob o’zgarmas tok manbaiga ulanadi. Elektroforez maromi har bir naychaga 2 mA, hammasi 2x4=8 A, yoki gelning 1 sm balandligiga 8V kuchlanishda 2-3 soat davomida boradi. Shunday so’ng, reper bo’yog’i naychadagi PAAG ning oxiriga yetishi bilan tok uziladi, gelshprits yordamida naychadan olinadi va oqsillar 25% TXU, 40% motanol, 10% sirka kislota tutgan aralashmada 30 minut davomida cho’ktiriladi. Tolalarni bo’yash kumassi eritmasida yoki qoraamidda uy haroratida 2 soat davomida (yoki 600С-da 30 minut) olib boriladi, aralashmadagi ortiqcha bo’yoqni izo-propanol-sirka kislota – suv bilan (rangi o’chguncha bir necha marotaba) yuviladi. Oqsillarning joylashishiko’k(binafsha-ko’k) bo’lib chiqadi. Elektroforegrammalar ish jurnaliga chiziladi, har bir oqsilning siljishi mmda o’lchanadi, natijalarni jadvalga yoziladi:

Oqsilning siljishi reper bo’yog’iga nisbatan yoki R1 ko’proq bo’lgan oqsilga solishtirib aniqlanadi. Jadvaldagi ma‘lumotlarga qarab 1gM ning R1 ga bog’liqligi grafigi tuziladi va OV ning Mg aniqlanadi.
Elektroforez ketayotgan paytda OV ning termokoagulyatsiya Т0 sini aniqlashga kirishiladi. Buning uchun uchta eritma tayyorlanadi (5 mg/ml=0,5%). Birinchi – suvda yoki fiziologik eritmada, ikkinchi eritma –2%-li DDS-Na da, uchinchi –8 M mochevinada va tagi kavsharlngan naychaga 0,5 ml dan oqsil eritmasi solib qo’yilish darajasi aniqlanadi, loyqalanish boshlanishi harorati va zich qavat hosil bo’lishi harorati belgilanadi.