7. Tayanch vazifasini bajaradi. Teri, suyak, tirnoq, soch, pay, tog‘ay oqsillardan tashkil topgan bo‘lib, inson tanasida tayanch vazifasini bajaradi.
8. Boshqaruv vazifasi. Ba’zi boshqaruv moddalar – gormonlar oqsil tabiatiga ega. Masalan, insulin gormoni, yuqori biologik aktiv modda bo‘lib, modda almashinuvini boshqaruvida ishtirok etadi.
Oqsillarning elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 50,6 – 54,5%, azot 15-17%, kislorod 21,5 – 23,5%, vodorod 6,5 – 7,3%, oltingugurt – 0,5% ni tashkil qiladi. Oqsil molekulasida azot miqdori doimiy bo‘ladi va o‘rtacha 16%ni tashkil etadi. Bu elementlardan tashqari oz miqdorda fosfor temir, rux, mis, marganets, magniy va yod uchraydi. Azot miqdoridan foydalanib plazmadagi oqsil miqdori aniqlanadi. Oqsillar kislota, ishqor va ferment yordamida gidrolizlanganda aminokislotalar hosil bo‘ladi
Oqsillar tarkibi gidroliz qilinganda ular α-aminokislotalarning o’zaro peptid (-CO-NH-) bog’lari orqali bog’langanligi aniqlandi. Shuning uchun ham gidroliz mahsuloti sifatida faqat α-aminokislotalar hosil bo’ladi. Karbon kislotasidagi uglevodorod zanjiridagi bir yoki bir nechta vodorot atomlari aminoguruhga (-NH2) almashinishidan aminokislotalar hosil bo’ladi. Oqsil α-aminokislotalardan hosil bo’lgan. Ularning umumiy formulasi quyidagi ko’rinishga egadir:
Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar tuzilishi va ularning kimyoviy xossalari
Oqsillar tarkibiga 20 xil aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalar L-qator α-aminokislotalar hisoblanadi. Oqsil molekulasidagi aminokislotalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: