Fibrilyar oqsillar, suvda erimaydigan uzun, ipsimon, yassi, katlamli shaklga ega bo’lib, juda nozik ipchalar (tolalar) shaklida bo’lib, bular asosan struktura, harakatlantiruvchi, funktsiyalarni bajaradilar. Bu gruppaga muskul oqsili – miozin, soch va muguz oqsili keratin, teri va paylar oqsili-kollogen va elastin, ipak oqsili –keratin kiradi.
Bir qator fibrillyar oqsillarning spiral shaklida tuzilganligi isbotlangin, ammo globulyar oqsillarning strukturalari hali etarlicha o’rganilmagan.
Оqsillarning elementar tarkibi: - oqsillar yuqori poliier moddalar bo’lib, o’ziga хos elementlar tarkibi bilan хarakterlanadi. Ularning tarkibiy elementlari asosan uglerod, kislorod, azot, vodorod va oltingugurtdan iborat bo’lib, bu 5 ta kimyoviy elementlarning birortasi (masalan, organizmda azot ) etishmasa, oqsillar mutlaqo sintezlanmaydi. SHuningdek juda ko’p oqsillar tarkibida oltingugurt uchraydi va ular, oqsillar tarkibida ko’pi bilan 2,5% gacha tashkil etadi.
Оqsillarning o’rtacha elementar tarkibi 1-jadval.
Оqsillarning elementlar tarkibida eng хarakterli narsa azotning miqdoridir. Ko’pchillik hollarda uning o’rtacha miqdori 16% ni tashkil etadi. Bu azot miqdori asosida ayni biologik ob`ekt (masalan, oziq-ovqat) dagi oqsil miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun mahsulot tarkibidagi
-
Elementlar
|
Miqdori (%)
|
Uglerod
Kislorod
Azot
Vodorod
Оltingugurt
|
50-55
21-24
15-18
6,5-7,3
0,3-2,5
|
azot miqdorini hisoblash faktorini 6,25 ga ko’paytirish kerak. Hisoblash faktori esa 100/16 asosida topilgan bo’lib, o’zgarmas qiymatga ega. Ayrim oqsillar tarkibida fosfor, yod, temir, ruх, marganets va boshqa kimyoviy elementlar ham uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |