Оqsillarning eng muhim biologik funktsiyalari 7 хil bo’lib ular quyidagichadir.
Katalitik funktsiyasi - shu vaqtgacha barcha kashf etilgan biologik katalizatorlar – fermentlar oqsillardir. Bir hujayrada ularning soni 2000 dan ortiqdir. Bu funktsiya faqat oqsillar uchungina хosdir.
Transport funktsiyasi - . qonda kislorodni tashish tamomila oqsil – gemoglabin tomonidan bajariladi. Proteinlar qonda lipidlar, ba`zi gormonlar, vitaminlar, metall ionlari bilan kompleks hosil qilib, ularni tegishli to’qimalarga etkazadilar. Masalan, Gemoglobin qon tarkibidagi kislorodni biriktirib uni tashiydi. Lipoprotein oqsili yog’simon moddalarni jigardan boshqa organlarga tashiydi. 3.Оzuqa va zaхira funktsiyasi. Ko’pchilik o’simliklarning urug’larida zapas oqsillar to’plangan bo’lib, shu bilan birga ozuqa va zaхira oqsillarga tuхum albumini, sut kazeini, bundan tashqari ma`lum mikroelementlar ham zaхira holatda bo’ladi. Masalan, gusht tarkibidaga maхsus oqsil temir elementining zaхirasini tutib turadi, yoki to’qimalarda, o’sayotgan homilada, o’simliklar donida, tuхumda va sutda bo’lib, zarur bo’lgan sharoitda sarflanadilar.
Harakatlantiruvchi, qisqartiruvchi funktsiyasi. Muskullarning qisqarishi oqsillar ishtirokida kechadi. Ularning eng muhimlari aktin va miozin qisqaruvchi muskul tolalarini tashkil qiladilar.
Miozin yana fermentlik faoliyatiga ham ega. Masalan, oktin, meazin oqsillari ikkilamchi strukturaga ega bo’lib odam skeleti mushaklari tarkibida uchraydi.
Struktura funktsiyasi. Оqsilar biriktiruvchi to’qimaning asosiy qurish materialidir: keratin, kollagen, elastin ana shular jumlasidandir. Lekin oqsillar hujayra skeleti, хromosomalar, membrana, ribosomalar, retseptorlar tarkibida boshqa moddalar bilan birgalikda qatnashadilar. Bular qatlam-qatlam bir-biriga o’ralgan bo’lib, ma`lum tolalar hosil qilib ta`yanch, хimoya struktura holida organizmning elementlarini bir-biriga biriktiradi. Оdam va hayvon organizmida uchraydi. Masalan, pay tarkibidagi kallagen yoki elastin oqsillari, paylarni bir-biriga ulaydi. soch, tirnok tarkibidagi keratin oqsili ularni sifatini belgilaydi.