O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə22/31
tarix28.03.2017
ölçüsü0,72 Mb.
#12670
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31

SUV CHECHAK

Suvchechak badanda o'ziga xos toshmalar toshishi bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, uni filg'tirlanuvchi viruslat quzg'otadi.



Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi virus. Kattaligi 150-200 nm. U faqat odamda kasallik qo'zg'atadi. Virus nafas yo'llari shilliq qavatida ko'payib, qonga o'tadi va terida paydo bo'ladigan pufakchalar suyuqligida saqlanadi. Virus tashqi muxit ta'siriga chidamsiz, kuritilganda tez nobud bo'ladi, 5% li glitserin eritmasida bir oygacha saqlanadi.

Epidemiologiyasi. Suvchechak keng tarqalgan, oson yuqadigan kasalliklardan xisoblanadi. Kasallik asosan kichik yoshlagi bolalarda uchraydi. Infeksiya manbai - bemor odam. U kasallikning isitmalash davridan boshlab, teridan po'stloqlar tushib ketguncha (o'rtacha 7 kun) yuqumli xisoblanadi. Virus xavo-tomchi yo'li bilan tarqaladi va atrofdagilarga tez yuqadi. Sog'lom kishi organizmiga virus nafas yo'llari orqali tushadi. Bolalar bog'chasi yaslilarda kasallik qayd etilgan xollarda u tezda shu jamoadagi ilgari kasallanmagan bolalar orasida keng taraqaladi. Ushbu jamoada 21 kun karantin e'lon qilinadi.

Suvchechak shaxarlarda qishloqlarga nisbatan ko'proq uchraydi. Yil davomida uchrab tursa xam, yish oylarida ko'proq qayd etiladi.



Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 14-17 kun. Ayrim bemorlarda kasallikning dastlabki kunlarida mayda qizil toshmalar paydo bo'ladi. Ularni prodroma toshmalar deb atalada. Odatda ular qisqa muddatda, iz qoldirmay yo'qoladi.

Suvchechak isitmaning 38-39 S gacha ko'tarilishi bilan o'tkir boshlanadi. Kasallikning o'ziga xose toshma toshishi xarakterli xisoblanadi. Toshma dastlab qizil yoki pushti rang holida tananing barcha qismida paydo bo'ladi. Uning atrofidagi teri rangi o'zgarmaydi. Birinchi kun davomida toshma pufakchaga aylanadi. Pufakcha ichida tiniq suyuqliq bo'ladi. Bazi pufakchalarning o'rtasi botiqdir. Vezikulalarning kattaligi bir xil emas, diametri 1-2 mmdan 5-6 mm gacha bo'ladi. Ular bir kamerali bo'ladi, teshib ko'rilganda puchayib qoladi. 1-2 kundan so'ng pufakchalar quriy boshlaydi va po'stloq xosil bo'ladi. Ayrim pufakchalardagi suyuqlik yiringlashi mumkin. Oqibatda uning rangi sariq yoki sarg'ish-ko'kimtir bo'lib qoladi. U 2-3 kundan so'ng quriy boshlab, po'stloq paydo bo'ladi. 6-10 kundan so'ng po'stloqlar iz qoldirmay tushib ketadi. Po'stloq paydo bo'lgan davrda badan qichishadi. Bola uni qichiganda ikkilamchi infeksiya tushishi mumkin U yiringli yara hosil qiladi va kasallikdan so'ng chandiq paydo bo'ladi.

Suvchechakda toshmalar birdaniga toshgani bilan tugamaydi. 6-8 kun davomida toshmalar yangidan paydo bo'lib turadi. Shuning uchun bir vaqtning o'zida terida rozeola, vezikula va po'stloq bo'lishi mumkin. Toshma asosan tanaga, boshning sochli qismi, bo'yin va yuziga toshadi. Kaft va tovonda toshma kam uchraydi.

Toshma teridan tashqari og'iz shilliq qavatida: lunj va til, tanglay, tomoq yuzasiga xam toshadi (enantema). Pufakchalar mayda, dumaloq shaklda bo'lib, tez yoriladi. Uning o'rnida mayda yara paydo bo'ladi. Odatda yarachalar tez bitadi. Bu vaqtda bolada so'lik oqishi kuzatiladi, ovqatni chaynashga qiynaladi.

Umuman olganda, ko'p xollarda suvchechak o'rta og'irlikda kechadi. Isitma 38-38.5°S dan ortmaydi va 3-5 kundan so'ng pasayadi. Yengilroq xollarda tana xarorati ko'tarilmasligi xam mumkin. Kasallik gemorragik va gangrena ko'rinishida kechganida og'ir o'tadi. Yiringli yaralar eng ko'p uchraydigan asoratlari xisoblanadi.

Tashxisi. Suvchechak tashxisi asosan klinik alomatlarga asoslanib qo'yiladi. Toshma terining turli qismlarida bir vaqtning o'zida paydo bo'lishi, u rozeola, vezikula va po'stloq paydo qilishi, qaytadan toshishi tashxis qo'yishda muhim ahamiyatga ega.

Davolash. Maxsus davolash vositalari yo'q. Asosiy e'tibor ikkilamchi infeksiyaning oldini olishga qaratiladi.

Toshma toshish davrida, ayniqsa isitma bor vaqtida bolani yotqizib qo'yish kerak. Unga ishlatiladigan ko'rpa-yostiq, choyshablar va ich kiyimlar toza bo'lishi zarur. Ko'lni tez-g'yez sovunlab yuvish lozim. Bolaning tirnog'i kalta qilib olinadi. Chaqaloqlar qo'liga yumshoq to'qimadan tikilgan qo'lqopcha kiyg'izib qo'yiladi. Margansovka eritilgan suvda bolani cho'miltirib turiladi. Cho'milgandan so'ng toshmalar va po'stloqlarga brilliant yashilining spirtdagi 1 % li eritmasidan surtib chiqiladi. U bo'lmaganida 5 % li margansovka eritmasidan surtish mumkin.

Teri kuchli qichishganida sirka eralashtirilgan suv yoki 1% li mentol spirti bilan artiladi.

Og'iz shilliq qavati vodorod peroksidi yoki 2% borat kislota eritmasi bilan chayiladi. Yaralar paydo bo'lganida 2% li kumush nitrat eritmasi surtiladi.

Ko'zni ham 2% li borat kislotasi bilan yuvib turiladi. Kuniga 2-3 marta 10-20 % li alg'butsid eritmasidan tomizib turiladi.

Ikkilamchi infetsiya qo'shilganida antibiotiklar tayinlanadi. Og'ir kechganida intoksiqatsiyani kamaytirish maqsadida suyuqliklar yuboriladi. Organizmning himoya quvvatini oshirish maqsadida gammaglubulin ( 3-6 ml), vitaminlar qo'llandi.



Kasallikning oldini olish. Suvchechak bilan og'rigan bola uyida yoki shifoxonada alohidalanadi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan, ilgari kasallanmagan bolalar 21 kungacha bog'cha yaslilarga qabul qilinmaydi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan nimjon bolalarga 3.0 ml gammaglobulin qilish mumkin. Bemor bolayotgan xona tez-tez shamollatib turiladi.

SKARLATINA

Skarlatina - isitma, umumiy intoksikatsiya, bodom bezlari va tomoqning zararlanish, shunigdek, terida mayda toshma bilan namoyon bo'ladigan o'tkir yuqumli allergik kasallik.

Skarlatina atamasini (lotincha «To'q qizil» degan manoni anglatadi) va uning klinik bayonini birinchi marta XVII asr oxirida Sidengem degan olim bergan.

Xozirda skarlatina kam uchraydigan va nisbatan yengil kechadigan bolalar yuqumli kasalligiga aylanib qoldi.



Etiologiyasi. Kasallik quzg'atuvchisi - A guruhidagi gemolitik streptokkoklar bo'lib, ularni 50 dan ortiq serologak tiplari malum. Uni birinchi bor Lefler (1882 y) aniqlagan. Gemolitik streptokokkning barcha tiplari ham o'zining toksigenlik xususiyati va organizmdagi antitoksik immunitet darajasiga qarab turli kasalikllarni: skarlatina, angana, faringit va saramasni qo'zg'otishi mumkin.

Er-xotin Diklar gemolitik streptokokklarning patologik ta'siri uni toksini bilan bog'liq, xosil bo'ladigan immunitet antitoksik xarakterga ega bo'ladi deb qaradilar va shuning asosida teri-toksin reaksiyasi (DIK reaksiyasi) dan foydalanishni taklif etdilar.

Kasallikni o'tkazgan (hatto subklinik kechganida) bolalarda turg'in immunitet paydo bo'ladi, qayta kasallanish deyarli bo'lmaydi.

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bo'lib skarlatina yoki boshqa streptokokkli infeksiya (angina, faringit va boshqa) lar bilan og'rigan bemorlar, shuningdek sog'lom bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Ayniqsa skarlatinani yengil, noaniq, shaklda o'tkazayotgan bolalar ko'proq epidemiologik xafi tug'diradilar.

Infeksiya tashqi muhitda burun-tomoq shilliq ajralmasi xamda turli yiringli ajralmalar orqali ajraladi. Binobarin u asosan havo-tomchi yo'li bilan, kamroq hollarda kontakt yqli bilan (yani yiring yoki bemor foydalangan qyinchoqlar, boshqa buyumlar va ifloslang qo'l orqali), shuningdek alimentar yo'l bilan (sut orqali) yuqadi. Bemor kasallikning birinchi kunlaridan boshlab, butun kasallik davomida, bazan tuzalish davrida ham atrofdagilarga yuqtirishi mumkin.

Skarlatina bilan ko'proq 2-6 yoshdaga bolalar kasallanadilar. 6 oygacha yoshda bo'lgan bolalar kamdan-kam kasallanadilar.

Kasallik asosan kuz-qish fasllarida kuzatiladi, yozda esa kam uchraydi. Issiq, tropik va subtropik iqlimiy sharoitlarda kam qayd etiladi.

Klinikasi. Yashirin davri o'rtacha 2-7 kun bo'lib, u bir necha qisqarishi, yoki 12 kungacha cho'zilishi ham mumkin.

Boshlang'ich davri. Kasallik odatda o'tkir, to'satdan boshlanadi. Faqat ayrim hollarda qisqa muddatli, injiqlik, behollik, kam harakatlik sinagan prodromal (dastlabki) belgilar bo'lishi mumkin. Tana harorati tezda 39-40° S gacha ko'tarilab, bola holsizlandi, boshi va tomog'i og'riydi, qo'pincha qusadi, bazan ichi suyuq keladi.

Kasallikning birinchi-ikkinchi kunlari (bazan 3-kuni) terisida qizil, mayda donachali, bazan kuchli qichimali toshma paydo bo'ladi. Toshma asosan bo'yin, ko'krak, qorin, qo'llarning bukiluvchi yuzasi va sonlarning ichki tomonida qalin joylashib, burun va og'iz atrofida bo'lmaydi. Toshmaning zichligidan teri umuman qizargan yuzda oqish, toshmasiz burun-og'iz uchburchaga yaqqol ajralib turadi.

Tomoqda skarlatinaga xos angina alomati (bodom bezlari vo yushmoq tanglay shilliq qavati yaqqol qizarib «alangali tomoq»), qattiq tanglayning oqish shilliq qavatidan aniq chegaralanib turadi. Ba'zan shilliq qavatda toshma (enantema) lar, bodom bezi ustida qoplamalar ko'riladi. Til qalin karash bilan qoplangan bo'ladi. Jag' ostidagi joyda bezlar kattalashgan bo'ladi va paypaslaganda biroz og'riydi.

Kasallkkning avj olgan davri 4-5 kun davom etadi. Bu davrda kasallik belgilari: angina, limfodenit, toshma va boshqalar dastlab ortib, og'irlashib boradi. Isitma yuqori bo'lib, taxikardiya, A/B ortishi, bemorda jumbush, alahlash, es-xush xiralashishi kabi alomatlar bo'lishi mumkin. 4-5-kundan boshlab, tana harorati pasayadi, til uchidan boshlab karashdan tozalana boshlaydi, so'rg'ichlari bo'rtib, 4-5 kunda xuddi malinaga o'xshab qoladi ("malinali til").



Sog'ayish davri. Kasallikning og'ir-yengilligiga qarab 5-6-kunlardan boshlanadi. Tana harorati asta-sekin (ba'zan kritik tarzda) pasayadi, 5-10-kunlarga kelib kasallikning barcha simptomlari yo'qoladi.

Kasallikning ikkinchi haftasidan boshlab terida po'st tashlash kuzatiladi. Tana terisida mayda kepaksimon, qo'l va oyoq kafti, panjalarida esa yirik palahsa bo'lib ko'chadi. Bu davrda turli asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Periferik qonda kasallikning birinchi kunlaridan boshlab, leykotsitoz (16-30000 mm3), neytrofilez (60-70% va undan ortiq), eozinofiliya (10-20%) va ECHT ortishi (30-50 mm/soat) kuzatiladi.

So'ngga yillarda kasallikning ko'proq yengil, yoki o'rta og'irlikda kechishi qayd etilmoqda. Biroq, xastalik keskin boshlanib, qayta-qayta qusish, alahlash, tirishish va meningeal simptomlar bilan kechadigan toksik shakli, og'ir nekrotik angina, limfa bezlarining yiringli yallig'lanishi (adenoflegmona) va ko'plab yiringli asoratlar bilan kechuvchi septik shakllari ham uchrashi mumkin. Shuningdek, skarlatananing atipik (noaniq, gipertoksik, ekstrabukkal) shakllari ham kuzatiladi.

Skarlatinaning barcha turlarida ham turli asoratlar (otit, linfadenit, sinusli, nefrit, yurak-tomir sistemasining jarohatlanishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning qaytalanishi (retsidiv) 3-4 % bemorlarda kuzatiladi.

Tashxisoti. Kasallikni aniqlash asosan klinik va epidemiologik ma'lumotlarga asoslanadi. Skarlatinani qizamiq, qoramiq, soxta sil, turli dori va muhsulotlarga allergik topshalar, boshqa xil anginalar va tomoq difteriyasidan farqlash lozim.

Laboratoriya tekshiruvlaridan — qonning umumiy taxlili, tomoqdan olingan surtmada streptokokklarning toksigen shtammni aniqlash, toshmani so'ndirish sinamalaridan foydalanish mumkin. Dik reaksiyasi hozir qo'yilmaydi.



Davolash. Skarlatinani davolashda bemorlar parvarishini va bo'limdagi gigiyenik sharoitni to'g'ri tashkil etish juda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa infeksiyaning qayta yuqishi va asoratlarni oldini olishga erishish lozim.

Kasallikning kechishi og'ir bo'lmagan taqdirda, agar xonadon sharoiti yaxshi bo'lsa, bemorni o'z uyida davolash mumkin. Zarurat bo'lganda ular kichik (2-3 kishilik) alohida palatalarga yotqiziladi va tuzalayotgan bemorlar yangi kelgan kasallar bilan kontaktda bo'lmasliga ta'kidlanadi.

O'tkir davrining birinchi haftasida bemorlar o'rinda yotadilar, 8-10-kunidan turishga ruxsat etiladi.

Bemorning og'iz va tomog'i 2 % li soda eritmasi yoki 1:5000 nisbatda furatsillin eritmasi bilan chayib, lablariga sariyog' yoki o'simlik moylari surib turiladi. Terisi har kuni ho'llangan sochiq bilan artib, yoki 1-2 kun oralatib vannada yuvintirib turiladi.

Parzezi bemorning holatiga qarab belgilanadi. Ovqati xilma-xil, kaloriyali va servitamin bo'lib, ko'proq suyuq, qiymalangan holda bo'lgani yaxshi.

Dorilardan antibiotiklar (penitsillin, eritromitsin, bitsillin-5 va boshqalar) keng qo'llanadi. Ular odatdagi dozada 6-7 kun davomida beriladi. Stretchjokklar qayta yuqishini oldini olish maqsadida penitsillin bilan davolash palatadagi barcha bemorlarga bir davrda olib boriladi. Kasallik og'ir kechganda antibakterial davolash bilan bir vaqtda intoksikatsiya kamaytiruvchi va umumiy quvvatlantiruvchi dorilar: toksik shaklda - yurak dorilar, glukoza va boshqa suyuqliklar (tomirga tomchilab) yuboriladi.



Profilaktikasi. Kasaldikni o'z vaqtida atslat, bemorlarni uyida, yoki kasalxonada 10 kundan kam bo'lmagan muddatga alohidalash, qoidalariga to'liq rioya qilish, bolalar muassasalariga shu infeksiya kirib qolishiga yo'l qo'ymaslik skarlatinada o'tkaziladigan asosiy profilaktik choralardir.

Kasallikdan tuzalgan bemor va u bilan muloqotda bo'lganlar 12 kun sog'lom bolalar muassasalariga qo'yilmaydilar va har kuni tibbiy ko'riqdan o'tkazib turiladilar. Bemor bilan yaqin kontaktli bo'lgan kichik yoshdagi bolalarga 1-2 doza immunoglobulin yuborish yuruvchilar epidemiologik ahamiyatga ega emas.

Mikrob bemor va bakteriya tashuvchi organizmdan gapirganda, yo'talganda, atrofga ko'plab ajraladi. Sog'lom kishi organizmiga nafas yo'llari orqali tushadi. Difteriya qo'zg'atuvchilari tashqi muhitda turg'un bo'lgani tufayli mikrob havo-chang yo'li bilan, shuningdek o'yinchoq, uy ashyolari vositasida ham tarqalishi mumkin. Ba'zan mikrob organizmga ko'z shilliq qavati va teri orqali tushadi.

Difteriya bilan asosan bolalar kasallanadi. Difteriyaga karshi yoppasiga bolalar emlana boshlaganidan beri, 6u kasallik o'smirlar va katta yoshdagilar orasida ko'proq uchramoqda.

O'zbekiston sharoitida bolalarni emlash o'z vaqtida muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Difteriya uchun ma'lum darajada mavsumiylik xos. Kasallanish sentabr-noyabr oylarida sezilarli darajada ko'tariladi Aprel-avgust oylarida kasallik kam qayd etiladi.

Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ladi.

Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 3-10 kun. Bu xastalikda mahalliy va umumiy o'zgarishlar kuzatilada. Mikrobning organizmga qayerdan tushishi va bemor organizmning holatiga qarab, kasallik turli ko'rinishda va og'irlikda namoyon bo'lishi mumkin.

Joylashishiga qarab burun, tomoq, kekirdak, ko'z, teri difteriyasi farqlanadi. Ko'proq tomoq difteriyasi uchraydi. Jarohtlangan soha shilliq qavati yaxlit fibrinli parda bilan qoplamada (9-rasm). U parda qattiq bo'lib ostidagi to'qimaga mustahkam yopishgan bo'ladi. Shu sababdan uni ishatel yordamida ko'chirib olish ancha qiyin. Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi, rangi kul rang, yaltiroq bo'ladi. Kuch bilan pardani ko'chirilsa, ostidagi tuqimalar yuzasi qonaydi. Olingan pardani qattiq predmet ustida ezilsa ham, yaxlitligicha saqlanadi. Keyinchalik u asta-sekin yupqalashib, chekkalaridan boshlab yo'qola boradi. Parda atrofidagi to'qimalarda shish yuzaga keladi. Rangi ko'kimtir tusda bo'ladi. Tomoqdagi og'riq uncha kuchli bo'lmaydi.

Tomoqda jarohat ko'pincha atrof to'qimalarga va nafas yo'llari bo'ylab tarqaladi. Bunday holat kasallik og'ir kechgan hollarda kuzatiladi (9 b-rasm).

Mahalliy o'zgarishlarga mutanosib ravishda organizmning umumiy intoksikatsiyasi ham kuzatiladi. Bu o'zgarishlar difteriya tayoqchalari ishlab chiqaradigan kuchli ekzotoksinning ta'siri bilan bog'liq. Isitma ko'tarilishi asosan difteriyaning toksik shakllarida kuzatiladi. Tana xarorati 40-410S gacha ko'tarilishi mumksh. Lekii u qisqa muddatli bo'ladi, 4-5 kunda pasayadi. Difteriya toksini nerv sistemasi va yurakka kuchli ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'sirida yurakda o'chog'li yoki diffuz miokardit ro'y beradi. Yurak tonlari sezilarli darajada susayadi, sistolik shovqin eshitiladi. Tomir urishi sekinlashadi, qok bosimi pasayadi. Yurakda ro'y bergan o'zgarishlar EKG da xam o'z ifodasini topadi. Miokardit odatda kasalikning 7-8 kunidan rivojlanadi va og'ir hollarda 2-3-35 haftaga borib o'limga olib keladi.

Difteriya toksini markaziy va periferik nerv sistemasiga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. Periferik nervlar jarohatlanishi odatda kasallikning 2-yarmida kuzatiladi va falajlanish ro'y berishi mumkin.

Kechshsh va joylanshiga qarab difteriyaning quyidaga turlari uchraydi.

1. Tarqalmagan difteriya. Jarohatlanish burun yoki tomoq, kekirdak, ko'z, jinsiy a'zolar sohasida bo'lib, atrofidaga organ sohalariga tarqalmaydi.

2. Tarqalgan difteriya. Jarohatlanish ikki va undan ortiq organlarga tarqaladi. Masalan, burun va tomoq, tomoq va kekirdak, og'iz shilliq qavati va x.k.

3. Toksik difteriya - og'ir kechadigan turi. Unda intoksikatsiya yaqqol ifodalanadi. Jarohatlangan soha atrofidagi yumshoq to'qimalarda shish paydo bo'ladi. Kasallikning bu turi ko'pincha tomoq difteriyasida kuzatiladi. Xastalik kechishi va teri osti kletchatkasining shishganligi darajasiga qarab, subtoksik, I, P, va III darajali toksik tomoq difteriyasi farqlanadi.

4. Kam uchraydigan — teri, yara va jinsiy a'zolar difteriyasi. Kekirdak difteriyasida shilliq qavat qavarishi, fibrin parda hosil bo'lishi, kekirdak muskullari qisqarishi tufayli yo'tal, ovoz ingichkalanishi va nafas qisishi kuzatiladi. Uni chin (difteriya) krup deb ham ataladi. Og'ir hollarda stenoz tufayli bemor nafas ola olmaydi va asfiksiya oqibatida o'lim sodir bo'ladi. Kasallik vaqtida aniqlansa va davolash muolajalari erta va to'g'ri olib borilsa, bemorning ahvoli asta-sekin yaxshilana boradi. Intoksikatsiya alomatlari yo'qola boshlaydi. Diffuz miokardit ko'pchilik bemorlarda, kasallikning dastlabki kunlarida qonda leykotsitoz, keyinchalik leykopeniya va limfotsitoz, ayrimlarda ECHT ni 15-20 mm/ soatgacha ortishi ko'riladi.

Kasallikni oshkor (yengal, o'rta-og'ir va og'ir) o'tadagai turlari bilan bir qatorda noaniq va klinik belgilarisiz kechadigan turlari ham mavjud.

Tashxisi. Epidemiologik va klinik belgilarga asoslanadi. Yuqorida aytilgan o'ziga xos klinik belgilar bilan birga Murson belgisi (stenon so'lak yo'lini quylishi joyida kizil hoshiyalik so'rg'ichsimon bo'rtma) aniqlanishi tashjis qo'yishga yordam beradi. Kasallikni noaniq shakllarida hamda pankreatit, orxit, meningit singari ko'rinishlar birlamchi bo'lgan taqdirda, tashhis virusologik tekshiruvlar asosida hal etiladi.

Davolash. Kasallikning maxsus (spetsifik) davosi yo'q. Uni asosan simptomatik davolanadi. Bemor xastalik avj olgan davrda o'rinda yotishi va to'g'ri ovqatlanishi zarur. Kasallikning o'tkir davrida zararlangan bez ustiga issiq qo'yish (issiq bog'lam, sollyuks, kvars lampalari bilan qizdirshi, UVCH) yaxshi yordam beradi.

Bosh og'rig'iga qarshi analgin, amidopirik va boshqalar beriladi. S hamda V guruhi vitaminlar keng qo'llaniladi. Epidemik parotitni davolashda antibiotiklar va sulfanilamidli dorilarni qo'llash maqsadga muvofiq emas, chunki antibiotiklarni birortasi bu virusga ta'sir etmaydi.



Oldini olish. Kasallikni vaqtida aniqlash, bemorni 9-10 kunga alohidalash katta ahamiyatga ega. Bemor bilan muloqotda bo'lgan shahslarni 21 kunga (muloqot kuni aniq bo'lsa muloqotni - 11 kundan 21 kunigacha) alohidalash talab etiladi.

Epidparotitga qarshi emlash maxsus tirik kuchsiztirilgan vaksina yordamida o'tkaziladi. Uni bola 8 oyligida 0.5 ml teri ostiga yuboriladi. Vaksina xech qanday asorat bermaydi, samaradorligi esa juda yuqoridir.


DIFTERIYA (BO'G'MA)
Difteriya - Leffler tayoqchalarining toksigen shtammi quzg'atadigan, kuchli umumiy intoksikatsiya va jarohatlangan joyda Fibrinli parda hosil bo'lishi bilan kechadigan kasallik.

Difteriya insoniyatga qadim zamonlardan ma'lum. XVII-XVIII asrlarda Yevropada bu kasallikning katta epidemiyalari kuzatilgan. Hozirgi vaqtda difteriya barcha qityalarda onda-sonda uchrab turadi. Difteriyaga qarshi keng qamrovli vaksinatsiya yo'lga ko'yilgani tufayli kasallik kamayib bormoqda.



Etiologayasi. Kasallik qo'zratuvchisi Leffler tomonidan 1887 yilda kashf etilgan, U korinebakteriyalar avlodiga mansub (Corinebacterium diphteriae), Korinebakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, ponasimon, tarvaqaylagan shaklda bo'lishi mumkin. Difteriya tayyoqchasi uchlarida yoki o'rtasida kolbasimon kengaygan joy bo'lib, ularda to'g'nog'ichga o'xshash volyutin zarrarchalari bor. Grammusbat mikrob. Difteriya qo'zg'atuvchisi aerob mikrob bo'lib, qon yoki unnng zardobi qo'shilgan muhitda yaxshi o'sadi. Difteriya mikroblarini aniqlash uchun ishlatiladigan ozuqa mudatlariga kaliy telluriti qo'shiladi (Tinsdal, Buchin murg'glari).

Ozuqa muhitlarida o'sish xususiyatlariga qarab difteriya tayoqchalarining 3 hil ko'rinishi mavjud: gravis, mitis, intermedius. Sporadik kasallanish vaqtida topilgan difteriya mikroblari asosan gravis variantiga mansub.

Difteriya mikroblarining toksin hosil qiluvchi va uni hosil qilmaydigan shtammlari mavjud. Difteriya kasalligini faqat toksin xosil qiluvchn shtammlar qo'zg'otadi. Difteriya mikroblarining toksini kuchli bo'lib, bemorning nerv va yurak-tomir sistemasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Laboratoriya sharoitida topilgan difteriya mikroblarining albatta toksigenligi aniqlanadi.

Difteriya mikroblari tashqi muhitda ancha turg'un. Ayniqsa past haroratda yahshi saqlanadi. Quritishga ham chidamla ich kiyimlar, turli o'yinchoq va boshqa ashyolarda haftalab-saqlanishi mumkin. Sutda bir oygacha, suvda — 12 kungacha saqlanadi. Xlor tutgan dezinfeksiyalovchi vositalar ta'sirida tez nobud bo'ladi.



Epidemiologayasi. Kasallik manbai bo'lib difteriya bilan og'rigan bemor yoki mikrobning toksigen shtammi mavjud sog'lom bakteriya tashuvchi hisoblanadi. Mikrob tomoq va yuqori nafas yo'llarida joylashadi. Epidemiologik nuqtai nazardan kasallikning yashirin davri, kasallik yengil kechayotgan hollar atrofdagilar uchun xavflidir.

Difteriyaning tarqalishida sog'lom bakteriya tashuvchilarning o'rni katta. Ularda kasallik alomatlari bo'lmaydi. Tomog'ida turli surunkali yallig'lanish hollari mavjud kishilarda difteriya bakteriyalarini tashuvchilik holati ko'rpoq uchraydi. Kasallik o'chog'ida mikrob tashuvchilar soni sog'lom kishilar orasida 10 % gacha borishi mumkin. Toksigen bo'lmagan shtammlarni tashib yuruvchilar epidemiologik ahamiyatga ega emas.

Mikrob bemor va bakteriya tashuvchi organizmdan gapirganda, yo'talganda, atrofga ko'plab ajraladi. Sog'lom kishi organizmiga nafas yo'llari orqali tushadi. Difteriya qo'zg'atuvchilari tashqi muhitda turg'un bo'lgani tufayli mikrob havo-chang yo'li bilan, shuningdek o'yinchoq, uy ashyolari vositasida ham tarqalishi mumkin. Ba'zan mikrob organizmga ko'z shilliq qavati va teri orqali tushadi.

Difteriya bilan asosan bolalar kasallanadi. Difteriyaga qarshi yoppasiga bolalar emlana boshlaganidan beri, bu kasallik o'smirlar va katta yoshdagilar orasida ko'proq uchramoqda.

O'zbekiston sharoitida bolalarni emlash o'z vaqtida muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Difteriya uchun ma'lum darajada mavsumiylik xos. Kasallanish sentabr-noyabr oylarida sezilarli darajada ko'tariladi. Aprel-avgust oylarida kasallik kam qayd etiladi.

Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ladi.

Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 3-10 kun. Bu xastalikda mahalliy va umumiy o'zgarishlar kuzatiladi. Mikrobniig organizmga qayerdan tushishi va bemor organizmning holatiga qarab, kasallik turli ko'rinishda va og'irlikda namoyon bo'lishi mumkin.

Joylashishiga qarab burun, tomoq, kekirdak, ko'z, teri difteriyasi farqlanadi. Ko'proq tomoq difteriyasi uchraydi. Jarohatlangan soha shilliq qavati yaxlit fibrinli parda bilan qoplanadi (9-rasm) U parda qattiq bo'lib ostidagi to'qimaga mustahkam yopishgan bo'ladi. Shu sababdan uni shpatel yordamida ko'chirib olish ancha qiyin. Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi, rangi kul rang, yaltiroq bo'ladi. Kuch bilan pardani ko'chirilsa, ostidagi to'qimalar yuzasi qonaydi. Olingan pardani qatgiq predmet ustida ezilsa ham, yaxlitligicha saqlanadi. Keyinchalik u asta-sekin yupqalashib, chekkalaridan boshlab yo'qola boradi. Parda atrofidaga to'qimalarda shish yuzaga keladi. Rangi ko'kimtir tusda bo'ladi. Tomoqdagi og'riq uncha kuchli bo'lmaydi.

Tomoqda jarohat ko'pincha atrof to'qimalarga va nafas yo'llari bo'ylab tarqaladi. Bunday holat kasallik og'ir kechgan hollarda kuzatiladi (9 b-rasm).

Maxalliy o'zgarishlarga mutanosib ravishda organizmning umumiy intoksikatsiyasi ham kuzatiladi. Bu o'zgarishlar difteriya tayoqchalari ishlab chiqaradigan kuchli ekzotoksinning ta'siri bilan bog'liq. Isitma ko'tarilishi asosan difteriyaning toksik shakllarida kuzatiladi. Tana xarorati 40-410S gacha ko'tarilishi mumkin. Lekin u qisqa muddatli bo'ladi, 4-5 kunda pasayadi. Difteriya toksini nerv sistemasi va yurakka kuchli ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'sirida yurakda o'chog'li yoki diffuz miokardit ro'y beradi. Yurak tonlari sezilarli darajada susayadi, sistolik shovqin eshitiladi. Tomir urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurakda ro'y bergan o'zgarishlar EKG da xam o'z ifodasini topadi. Miokardit odatda kasalikning 7-8 kunidan rivojlanadi va og'ir xollarda 2-3-xaftaga borib o'limga olib keladi.

Difteriya toksini markazny va periferik nera sistemasiga xam kuchli ta'sir ko'rsatadi. Periferik nervlar jaroxatlanishi odatda kasallikning 2-yarmida kuzatiladi va falajlanish ro'y berishi mumkin.

Kechish va joylanishiga qarab difteriyaning quyidaga turlari uchraydi.

1. Tarqalmagan dafteriya. Jaroxatlanish burun yoki tomoq, kekirdak, ko'z, jinsiy a'zolar sohasida bo'lib, atrofidagi organ soxalariga tarqalmaydi.

2. Tarqalgan difteriya. Jaroxatlanish ikki va undan ortiq organlarga tarqaladi. Masalan, burun va tomoq, tomoq va kekirdak, og'iz shilliq qavati va x.k.

3. Toksik difteriya - og'ir kechadigan turi. Unda intoksikatsiya yaqqol ifodalanadi. Jaroxatlangan soha atrofidagi yumshoq to'qimalarda shish paydo bo'ladi. Kasallikning bu turi ko'pincha tomoq difteriyasida kuzatilada. Xastalik kechishi va teri osti kletchatkasining shishganligi darajasiga qarab, subtoksik, P, va SH darajali toksik tomoq difteriyasi farqlanadi.

4. Kam uchraydigan — teri, yara va jinsiy a'zolar difteriyasi. Kekirdak difteriyasida shilliq qavat qavarishi, fibrin parda hosil bo'lishi, kekirdak muskullari qisqarishi tufayli yo'tal, ovoz ingichkalanishi va nafas qisishi kuzatiladi. Uni chin (difteriya) krup deb ham ataladi. Og'ir hollarda stenoz tufayli bemor nafas ola olmaydi va asfiksiya oqibatida o'lim sodir bo'ladi. Kasallik vaqtida aniqlansa va davolash muolajalari erta va to'g'ri olib borilsa, bemorning ahvoli asta-sekin yaxshilana boradi Intoksikatsiya alomatlari yo'qola boshlaydi. Diffuz miokardit bo'lganida, yurakdagi o'zgaritlar ancha muddatgacha saqlanib turadi.



Tashxisi. Difteriya tashxisini qo'yishda kasallikka xos mahalliy o'zgarishlar va umumiy intoksikatsiya alomatlari e'tiborga olinadi. Epidemiologik ma'lumotlar muhim ahamityaga ega. Bemor oilasida, bola qatnaydigan bog'cha yoki maktabda kasallik alomatlari bo'lgan odamlar bilan muloqot bo'lganligini surishtirish lozim. Difteriya katta yoshdagilar orasida ham ko'p uchrab turishini yodda tutish lozim.

Laboratoriya diagnsstikasi uchun bemor tomog'idan va burundan alohida holda surtma olinadi va zardobli muhitga solinadi. Uni 3 soatdan kechiktirmay laboratoriyaga yetkazish lozim. Laboratoriyada olingan tahlilni maxsus muhitga ekiladi. Undan surtma tayyorlab, mikroskop ostida difteriya tayoqchalarini ko'rish mumkin. Har bir aniqlangan difteriya mikrobining toksigenligini maxsus tekshirishlar bilan albatta aniqlash lozim. Zeroki, kasallikni fakat toksigen shtammga mansub dafteriya tayoqchalari qo'zg'otadi.

Tashhis maqsadida passiv gemagglutinatsiya reaksiyasidan xam foydalaniladi. U serologik reaksiya. Shuning uchun bemordan kasallikning 3-4-kunidan so'ng 1-2 ml kon olib, zardobidagi antitelolar aniqlanadi. Reaksiyaning diapyustik titri 1:40, Oradan bir xafta o'tkazib, tekshirish takrorlanganida, reaksiya titri kashda 2 marta ortishi kerak.

Davolash. Difteriya bilan og'rigan bemor albatta shifoxonaga yotqiziladi. Difteriyaning toksik turlarida bemor yotish rejimiga qat'iy rioya qilishi lozim. Spetsifik davolash maqsadida levomitsetin yoki tetrasiklin kabi antibiotiklar beriladi. Davolash kursi 2 hafta davom etadi.

Toksik difteriyada maxsus ta'sir ko'rsatuvchi preparat sifatida difteriyaga qarshi zardob qo'llanadi. U mikrob toksinini neytrallash xususiyatiga ega. Zardob tarkibida inson organizmi uchun begona oqsil bor. Shuning uchun zardobni birinchi marta bo'lib-bo'lib Bezredka usulida yuboriladi. Har bir ampulada 10.000 XB zardob bo'ladi. Kasallikning qanday og'irlikda kechishiga qarab, xar kuni va davolash kursi uchun yuboriladigan zardorb dozasi turlichadir. JSST tavsiyasiga ko'ra, xar bir bemorni davolash uchun ishlatiladigan zardob miqdori 100000 XB dan oshmasligi kerak. Zardob bilan davolash kasallikning dastlabki kunlarida boshlansa, yaxshi naf beradi.

Xiqildoq difteriyasi — chin krupda nafas olish butunlay to'xtab qolishi, ya'ni asfiksiya ro'y berishi mumkin. Uning oldini olish uchun traxeotomiya qilinadi.

Yurak va tomirlar faoliyatini yaxshilash maqsadida glukozaning 5,10, 40 % li eritmalarn, efedrin, kordiamin, strixnin kabi preparatlar keng qo'llanadi. Barokamerada kislorod bilan davolash xam yaxshi natija beradi.

Bemorni davolashda askorbin kislotasi, V g'uruxiga mansub vitaminlar keng qo'llanadi. Periferik falajlanishning oldini olish va davolashda V vitamin va prozerin yaxshi samara beradi.

Kasal odamni to'g'ri parvarishlash ham muxim ahamiyatga ega. Miokardit ro'y bergan xollarda bemor uzoq vaqt yotish rejimiga rioya qilishi, keskin xarakatlar qilmasligi lozim. Har xaftada EKG qaytadan olinib tekshirib turiladi. Bemorga oson xazm bo'ladigan, ko'proq suyuq taomlar buyuriladi. Servitamin meva sharbatlari foydali xisoblanadi.

Davolash o'z vaqtida va to'g'ri tashkil etilsa, bemorniig ehvoli asta-sekin yaxshilanadi. Intoksikatsiya alomatlari kamaya boshlaydi, maxalliy o'zgarishlar xam asta yo'qoladi. EKG da aks etgan yurakdagi o'zgarishlar xam deyarli tiklanadi. Bemor shifoxonadai chiqib ketishidan oldin tomoq va burundan 2 marta bakteriologik tekshirish uchun olingan tahlilda difteriya mikroblari topilmasliga kerak. Kasallikdan so'ng paydo bo'ladigan immunitetni mustaxkamlash maqsadida bemor shifoxonadan ketishi oldidan bir marta difteriya va qoqsholga qarshi adsorbirlakgan vaksina bilan emlanadi.

Kasallikning oldini olish. Difteretyaning oldini olishda bemorlarni o'z vaqtida aniqlab, shifoxonaga yuborish muhim axamiyatga ega. Dastlabki tibbiy yordam ko'rsatish bosqichi feldsher-doyalik punktlari, shifokor ambulatoriyalari, poliklinikalarda ishlaydigan mutaxassislar difteriyaning asosiy alomatlarini yaxshi bilishi kerak. Tomoq, quloq, burun shifokorlari xam bu kasallikni to'g'ri aniqlashi lozim. Amaliyotda bu soxa shifokorlari difteriya bilan og'rigan bemorlarni "peritonzillyar yiringlash" tashxisi bilan operatsiya qilgan hollari uchrab turadi.

Bemor bilan muloqotda bo'lgan oila a'zolari (bog'chalarda shu guruxga qatnovchi bolalar xam) 7 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Kasallik o'chog'ida yakunlovchi dezinfeksiya o'tkaziladi. JSST ning tavsiyasiga ko'ra, bemor bilan muloqotda bo'lgan oila a'zolari tomog'i va burnidan bir marta difteriyaga tekshirish uchun surtma olinadi. So'ngra 7 kun davomida antibiotik bilan profilaktik davolash kursi o'tkaziladi.

Difteriyani vaqtida annqlash uchun murtakda narsa toshishi bilan kechadigan follikulyar, lakunar, flegmonoz angina qayd etilgan har bir bermodan surtma olib difteriyaga tekshirish shart.

Defteriyaning spetsifik profilaktikasi puxga ishlab chiqilgan, O'zbekistonda qabul |qilingan emlash taqvimiga binoan 2,3.4 oyligida, bir oy oralatib 3 marta AKDS (adsorbilangan ko'k yo'tal, difteriya, qoqshol vaksinasi) bilan emlanishi kerak. Oradan bir yil o'tgach, yaxshi bola 16 oylik bo'lganida, 4-marta AKDS vaksinasi bilan emlangan bo'lishi shart. Bu assosiy - bazis emlash xisoblanadi.

Bolalar maktabga borishi oldidan (7yoshida) bir marta adsorbirlangan difteriya qoqshol vaksinasi ADS bilan emlanadi.

Navbatdagi emlash maktabni bitirish oldini- 15-16 yoshda miqdori kamaytirilgan preparat-ADS-M (maliy) bilan o'tkaziladi. Katta yoshdagilar 26 va 46 yoshligida huddi shunday DDS-M preparati bilan qayta emlanadi.

Emlashlar natijasida jamoa immuniteti talab darajasida xosil bo'lishi uchun rejalashtirilgan guruhlarinig kmida 90 foizi o'z vaqtida emlangan bo'lishi kerak.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin