OITS - ORTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI (SPID)
OITS kasalligi — XX asr oxirida butun dunyo xalqlari uchun g'oyat fojiali muammolar tug'dirgan kasallik. OITS — SPID yagona bir kasallikning nomi emas. Immunodefitsit holati tug'ma va ortirilgan bo'ladi. Orttirilgan immunotanqislik odamda maxsus virus yuqishi oqibatida kelib chiqadi, Jaxon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda 1993 yilda OITS kasalligi 25 million odamni jarohatlagan. Shulardan 500000 tasi kasal onalardan tug'ilgan chaqaloqlardir. Har kuni dunyo miqyosida 5000 odamga shu kasallik virusi yuqadi. Taxminlarga ko'ra, 2000 yilda bu infeksiya yuqqan odamlar soni 40 mlnga yetishi mumkin. Shuning uchun bu dardni "XX asr o'lati" deb xam ataladi.
Etiologayasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi retroviruslar sinfiga mansub, odamda immunotanqislikka sababchi virus (OISV) xisoblanadi. U 1983 yilda amfikalik va fransuz olimlari tomonidan deyarli bir vaqtda kashf etilgan. Bu virus genomi odam qoni xujayralariga, jumladan, limfotsitlarga joylashib olishi mumkin. Odamga OISV yuqqanidan so'ng ko'p hollarda 5 yilgacha kasallik alomatlari paydo bo'lmaydi. Bunday kishilar ko'rinishdan sog'lom bo'ladilar, xech narsadan shikoyat qilmaydilar. Lekin ular virusni boshqa odamlarga tarqatishga qodir.
Viruslar yuqqaniga javoban organizmning immun tizimi ularga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Bu antitelolarni topish virusning o'zini topishga nisbatan osonroq. Eslatib o'tish lozimki, virus qonga tushgan vaqtdan, antitelolarni laboratoriya tekshirishlarida topish imkoniyati paydo bo'lguncha 3 oy o'tadi. Bu vaqt ichida ushbu odam virusni ko'pchilikka tarqatib ulgurushi mumkin. Zeroki, u umrining oxirigacha virusdan xalos bo'la olmaydi. 3 oylik muddatdan so'ng virus yuqqan odam qonida OISV ga qarshi antitelolar topiladi. Uni OISV yuqqan odam deb xisoblanada. Yillar davomida virus uning qonidagi immunitetga mas'ul hujayralarga, ayniqsa, T-limfotsitlarga qiron keltirib boradi. Oqibatda OITS ga xos belgilar paydo bo'ladi. Pirovard natijada kasallik o'lim bilan tugaydi.
1985 yidda OISV ning boshqacharoq ko'rinishi kashf etildi. U tuzilishi jixatidan OISV dan biroz farq qiladi. Kasallik oqibatida esa OITS alomatlari yuzaga keladi. Bu virusni SISV-2 deb ataldi. Dastlabki vaqtlarda bu virus G'arbiy Afrikada yashovchilarda topilgan edi. Keyingi kuzatuvlar bu virusning boshqa qit'alarga ham tarqalganidan darak bermoqda.
Hozirgi vaqtda OISV ga ta'sir etib, uni o'ldiruvchi preparatlar topilgan emas.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai — OISV yuqqan odam yoki OITS bilan og'rigan bemor. U kasallik yuqqan vaqtidan boshlab, umrining oxirigacha kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Virus infeksiya manbai bo'lgan odamdan shaxvat, qindan ajraladigan suyuqlik, ko'z yoshlari, so'lak, orqa miya suyuqligi, siydik va ona suti bilan ajraladi. Shuningdek, virus qon zardobi, limfotsitlar vositasida xam tarqaladi. Sperma, qon va qin shilliq qavati suyuqligida virus ayniqsa ko'p bo'ladi.
Tarqalish yo'llari xam turlicha. Virus asosan jinsiy aloqa paytida yuqadi (70-80%). Tug'run vaqtida va ko'krak suti orqali kasal onadan homilaga yuqishi 5-10% xollarda kuzatiladi. Giyohvandlar bir ignadan foydalanishi natijasidagi yuqish ham 5-10 % ni tashkil etadi. Tibbiyot xodimlari igna sanchayotgan vaqtida terisiga kirib ketib, yuqish hollari kam bo'lsa-da, uchrab turadi (0.01%).
Jinsiy aloqa paytida OISV erkaklardan ayollarga yuqish ehtimoli, aksinchasiga qaraganda yuqoriroq hisoblanadi. Erkak bilan erkak jinsiy aloqa qilganida virus yuqib qolish ehtimoli g'oyat yuqori. Shu bosidan gemoseksualistlar bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi. Giyohvandlar ham shu g'uruha kiradi. OISV infeksisining asosiy tarqalish yo'llari teri-tanosil kasalliklariga o'xshash bo'lgani uchun fohishalar, tanosil kasalligi bor bemorlar ham bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi.
OISV yuqqan yoki OITS bilan og'rigan bemor bilan birga yashaganda, yonma-yon ovqatlanganda, cho'milganda, umumiy hojatxonadan foydalanganda kasallik yuqmaydi. Kasallikni tarqatishda chivinlarning xech qanday ahamiyati yo'q.
Kasallik shahar aholisi orasida qishloqdagilarga nisbatan ko'proq uchraydi. Shahvoniy nafsga berilib tartibsiz ravishdv jinsiy aloqa qilib ketaveradigan odamlar ko'p kasallanadi. Uspirinlar va balog'at yoshidagilarga nisbatan ko'proq qayd qilinadi.
OISV infeksiyasi va OITS barcha mamlakatdarda uchraydi, JSST ma'lumotlariga ko'ra bu kasalliklar hozir 180 mamlakatda tarqalgan. Eng ko'p kasallanish Afrika qit'asida, ayniqsa, Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan davlatlarda qayd etiladi.
O'zbekistonda asosan chet eldan kelgan fuqarolar orasida OISV aniqlanib turadi. Ming afsuski oxirgi yillarda mahalliy aholi orasida ham bu kasallik kayd etilmoqda.
Klinikasi. Eslatib o'gilganidek, virus yuqqan vaqtdan organizmda unga qarshi antitelolar paydo bo'lguncha 2 haftadan 3 oygacha muddat o'tadi. Ba'zi bemorlarda kasallik yuqanidan so'ng bir necha hafta o'tgach, isitma ko'tarilishi, tomoq og'rishi va terida toshmalar paydo bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda limfa tugunlari kattalashadi. Tabiiyki, bu belgilar umumiy alomatlardan hisoblanadi.
Kasallikning asosiy alomatlari virus immunitet tizimiga kuchli ta'sir ko'rsatganidan so'ng yuzaga keladi. Qonda virusga qarshi antitelolar paydo bo'lishiga qaramay, virusni yuqotishga ularning kuchi yetmaydi. Chunki virus T-limfotsitlarni yemirib, yangilari ichiga kiradi va ularni ham qaloq qiladi. Oqibatda organizm himoya qobiliyatini yo'qotadi. Shu vaqtdan boshlab OITS alomatlari paydo bo'ladi. Unga qadar OISV borligi to'g'risida darak beruvchi alomatlar kuzatiladi. Noxushlik, uzoq muddatli isitma, kechalari terlash, ozib ketish shunday darakchilardan hisoblanadi.
Limfodenopatiya — limfa tugunlarining kattalashishi ham bu holatda uchrab turadi, asosan bo'yindagi, jag' osti, quloq osti limfa tugunlari kattalashadi. Ular simmetrik ravishda bo'ladi, og'rimaydi. Kattaligi diametri 1 sm dan ortiq. Kattalashgan limfa tugunlari kamida 3 oygacha saqlanib turada. Ayrim hollarda og'iz shilliq qavatida kandidozlar, terida - dermatitlar kuzatiladi.
Ba'zan bemorlarda surunkali ich ketishi kuzatiladi. Bakteriologak tekshirganda ichak guruhi mikroblari topilmayda. Ichni kotiradagan dorilar ta'sir qilmaydi. Ich surishi oylab davom etishi mumkin. Uning oqibatida bemor juda ozib ketadi.
OITS ga xos alomatlar paydo bo'lishi OISV yuqqan bemorda kasallikning so'nggi bosqichi boshlanishidan darak berada. U yagona kasallik emas. Ikkilamchi infeksiyaning qo'shilish turli kasalliklar ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin. Ko'pincha ular bir biriga ulanib ketadi. OITS holatida organizmniig barcha sistemalari shikastlanishi mumkin. Eng ko'p uchraydagan kasallik pnevmoniya hisoblanadi. Ko'pincha uni pnevotsistalar qo'zg'atadi. Inflyuensa, streptokokk, viruslar va zamburug'lar ham pnevmoniya sababchisi bo'lishi mumkin. Bemorlar quruq yo'tal, nafas qisishidan shikoyat qiladilar. Isitma ko'tariladi. Pnevmoniya 6-8 hftagacha va undan ham uzoqroq davom etadi.
Markaziy nerv sistemasining shikastlanish alomatdari ham uchraydi. Ular bakteriyalar, viruslar, oddiy mikroblar (toksoplazma), zamburug'lar ta'sirida yuzaga kelada. OISV ning bevosita ta'sirida ham markaziy nerv sistemasi jarohatlanishi mumkin. Kasallik, ensefalit, meningit, miyelopatiya nevropatiya ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ularning har biriga xos alomatlar kuzatiladi.
OITS yuz bergan bemorlarda ba'zi xavfli o'smalar paydo bo'lishi ehtimoli ham ortadi. Ular orasida Kaposhi sarkomasi ko'p uchraydi. Bunday o'smalar ayniqsa gomoseksual yoshlarda OITS oqibati sifatida ko'p uchraydi. U qon tomirlarning endoteliy qavatidan o'sib chiqadigan xavfli o'sma hisoblanada. Terining turli joylarida rivojlanadi. Terining kichikroq sohasida tuq qizil yoki binafsha rangli tekis o'sma paydo bo'ladi. U bir necha hafta ichida qattiq og'riq bermaydigan tugunchalarga aylanadi. Ba'zan tanglay, o'pka, me'da-ichak yo'llari xam jaroxatlanadi. Vaqt o'tishi bilan tugunchalar o'rnida yara paydo bo'lishi mumkin.
OITS rivojlanganida qonda limfopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya va anemiya kuzatiladi. Ayniqsa, T-limfotsitlar soni kamayib ketadi.
Odatda, OITS ga xos kasalliklar rivojlanganidan so'ng bemor o'zoq yashamaydi. Ko'p xollarda kasallik 2 yil davom etib o'lim bilan tugaydi.
Tashxisi. OITS tashxisini laboratoriya tekshiruvisiz qo'yishi mumkin emas. Keng miqyosda olib boriladigan laboratoriya tekshirishi qondagi OISV ga qarshi antitelolarni aniqlashga asoslangan. Virus yuqqan vaqtda 3 oygacha bo'lgan muddatda qonda antitelolar bo'lsa xam, ular kam miqdorda bo'ladi. Shu sababli reaksiya salbiy natija berishi mumkin. Noto'g'ri xulosa chiqarib qo'ymaslik uchun shubxa bo'lgan xollarda 3 oy oralatib qaytadan tekshirish o'tkaziladi.
Antitelolarni aniqlash uchun immun ferment taxlili (IFA) va radioimmun taxlil (RIA) usullaridan foydalaniladi. Ijobiy natija olinganida darxol OITS tashxisini ko'yish mumkin emas. Qo'shimcha ravishda immunoblot va radioimmunopretsipitat reaksiyalari xam qo'yilada. Bu reaksiyalar xam ijobiy natija bersa, epidemiologik va klinik ma'lumotlarni e'tiborga olgan xolda OISV infeksiyasi yoki OITS tashxisi qo'yiladi.
Keyingi yillarda OISV antigenini aniqlash usuli ham topildi. U virus yuqqan dastlabki bosqichlarda hamda bolalarga tashxis qo'yishda yordam beradi. Bu ancha murrakab va qimmat turadigan usullardan hisoblanadi va yirik laboratoriyalarda qo'yiladi.
OISV infeksiyasi yoki OITS ga shubha qilingan bemor venasidan qon olishda xamshira g'oyat ehtiyot bo'lishi, tasodifan o'ziga igna sanchib yuborilishi yoki terisiga bemor qoni tushishidan saqlanishi kerak. Ishlatilgan shpris va igna maxsus ajratilgan joyga tashlab yuboriladi. Qon solingan probirka zich yopiladigan konteynerga solinib, yo'llanma bilan laboratoriyaga yuboriladi.
Laboratoriyada tekshirish ijobiy natija berganda uni ovoza qilib yuborilmaydi. Bu xaqda darhol shaxar, tuman ORTGS ga qarshi kurash markazlariga xabar beriladi. Ushbu tashkilot mutaxassislari shaxsan bemor bilan ish olib boradilar.
Davolash. OISV infeksiyasi aniqlangan bemorlar shifoxonaga yotqizilmaydi. Ular har 3 oyda qaytadan tibbiy ko'rikdan va laboratoriya tekshiruvidan o'tib turadi. Bemorga kasallik moxiyati tushuntiriladi va qasddan kasallikni tarqatadigan bo'lsa, jinoiy javobgarlikka tortalishi xaqida ogoxlantirib, tilxat odinadi. Bunday javobgarlik OITS bo'yicha O'zbekistonda chiqarilgan qonunda qayd etilgan.
Kasallik viruslariga qarshi samarali ta'sir ko'rsatuvchi dorilar yo'q. Azidotimidin, zidovudin kabi preparatlar virusga qarshi ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi OITS alomatlari avj olganida bemor OITS ga qarshi kurash markazlari qoshidagi maxsus o'rinlarga yotqizib davolanadi. Qaysi a'zo kasallgani va uni qaysi mikrob ko'zg'atganiga qarab, antibiotiklar, viruslar va zamburug'larga qarish dorilar tayinlanadi. Kaposhi sarkomasida kimyoterapiya va immunoterapiya olib boriladi. Terining ayrim joylariga renten nuri bilai ta'sir ko'rsatish mumkin.
Oldini olish. OISV infeksiyasi va OITS tarqalish turli millat va elatlarning an'analariga ko'p jixatdan bog'liq. Sog'lom turmush aqidalariga rioya etadigan, oilani muqaddas deb xisoblaydigan jamiyatga bu kasallikning asosiy (jnnsiy) tarqalish yo'li cheklanadi. Oilada eru-xotinning umrbod bir-biriga vafodor bo'lib qolishi, yoshlarni ham shu ruxda tarbiyalash OITS ning eng yaxshi profilaktikasi xisoblanadi.
Giyoxvandlikka qarshi kurash xam OITS ning oldini olishda katta axamiyatga ega. Zeroki, giyoxvandlar narkotik moddalardan inyeksiya vositasida OITS ni yuqtirib oladilar. Qolaversa, bu toifa odamlar ko'pincha yengil tabiat bo'lganlari uchun jinsiy aloqa borasida xam chegara bilmaydilar. Bu yo'l vositasida ham OISV yuqishiga moyil bo'ladilar. Shuning uchun ular xar 3 oyda laboratoriya tekshiruvidan o'tadilar.
Respublikada qabul qilingan qonunga muvofiq, yurtimizga 3 oydan ortiq muddatga shartnoma asosida kelgan mutaxassislar, talabalar kelishlari bilan va keyinchalik xar 6 oyda OISV antitelolariga laboratoriya tekshiruvidan o'tib turadilar. Chet elga 3 oydan ortiq muddatga borgan O'zbekiston fuqarolari xam qaytganidan so'ng shunday tekishruvdan o'tadi.
Sababi aniqlanmagan, uzoq muddat davom etadigan isitma, pnevmoniya, diareya kasalliklari, jigar xastaligi, Kaposhi sarkomasi va shunga o'xshash boshqa kasalliklarda bemor qoni virus antiggelolariga tekshirish uchun olinadi.
Kasallik donor qoni vositasida yuqishining oldini olish uchun xar safar olingan qon OISV antitelolariga tekshirib ko'rilganidan so'ng ishlatishga ruxsat beriladi.
Respublikada OITS ga qarshi tadbirlarni amalga oshiruvchi maxsus tashkilotlar bor. Ular OITS ga qarshi kurashish markazlari deyiladi. Bu markazlar respublika, viloyat va shaxar, tuman mavqyeiga ega. Ularning asosiy vazifasi bu kasallikka qarshi barcha tadbirlarni muvofiqlashtirish va laboratoriya tekshirishlarini o'tkazishdir. Markazlar faoliyatida targ'ibot ishlari muhim o'rinni egallaydi. Yirik markazlar qoshida odamni o'z xohishiga ko'ra yashirincha tekshirib berish xonalari mavjud. Ularda tekshiriluvchining nasl-nasabi, turar joyi surishtirilmaydi.
OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassislari xar bir bemorning jinsiy aloqadoshlarini surishtiradi va ularni majburiy xolda tibbiy ko'rikdan va laboratoriya tekshiruvidan o'tishini tashkil qiladi.
|
2-rasm. Qorin tifida ingachka ichakning limfa tug'unlari.
a) charv limfa tugunlarining gaperplaziyasi.
b) nekrotik qatlamni ko'chishi va yara hosil bo'lishi (I.V. Davыdovskiy bo'yicha)
3-rasm. Korni tifi: isitma egri chizigi ko'rinishlari.
A-Vunderlix;
B-Kildyushevskiy;
V-Botkin tipidagi egri chiziqlar.
4-rasm. Qorin tifi.
Qorin terisida rozeolalarning ko'rinishi (A.F. Bilibin bo'yicha)
|
|
|
5-rasm
6-rasm 7-rasm
5-rasm. Dizenteriyada yo'g'on ichak shilliq qavatining jarohatlanishi.
a) o'tkir kataral kolit: shilliq qavat burmalari qalinlashgan, qizargan, qon quyilishlar bor.
b) difteritik kolit: ichak devori va shilliq qavat burmalari qalinlashgan, fibrinli parda bilan qoplangan (I.V. Davыdovskiy bo'yicha).
6-rasm. Iyersiniozda toshmalarning turlari.
a) skarlatinasimon; b) nodozli eritema; v) urtikar (YE.P. Shuvalova bo'yicha)
7-rasm. Soxta silda teri va shilliq qavatning o'ziga xos jarohatlanishi. Eritema a) qo'llar; b) oyoqlar terisida: enantema; v) og'iz shilliq qavatida.
9-rasm
8-rasm. Meningokokksemiya: qo'l va oyoq terisida yulduzsimon gemorragik toshmalar (YE.P. Shuvalova bo'yicha).
9-rasm. Tomoq bo'g'masi:
a) cheklangan shakli; b) tarqalgan shakli (N.I. Nisevich va V.F. Uchaykin bo'yicha)
10-rasm. Kuydirgi. Teri karbunkulining ko'rinishi (V.I. Nikiforov va V.V. Nikiforov bo'yicha)
11-rasm
11-rasm. Bezgak qo'zg'atuvchisining hayotiy sikli. Yuqorida - chivin tanasidagi sporogoniya, pastda - inson tanasidagi shizogoniya (A.YA. Lisenko bo'yicha)
12-rasm. Epidemik toshmali tifda teridagi toshmalar (A.I. Ivanov bo'yicha).
Dostları ilə paylaş: |