2-ilova. Gruntni suv ostidan qazish maxsus suv so’rish quvuri orqali nasos yordamida
so’rish yo’li bilan bajirladi. So’rilish quvuri, ya’ni qurilmaning ishchi a’zosi
atrofida suvning harakati o’zi bilan tezligi hisobiga gruntni so’radi. Suv grunt
aralashmasi so’rish quvuri oldida 1,5-2.0 m/s tezlikda harakatlanadi. Undan kam
tezlikda gruntni so’rish, yuvish uchun gidravlik kuch etishmaydi (1-rasm).
Gruntni suv ostidan surishda zemsnaryadlarning quvvati 80-1000m3/soat bo’lishi
mumkin.
Zemsnaryadlarni ishlatishda har xil sxemalarni qo’llash mumkin. U
qazilayotgan joyning o’lchamlari va loyihaviy qazilma turiga bog’liq.
Zemsnaryadni qazish kengligini quyidagicha aniqlash mumkin
1-rasm. Gruntni suv ostidan so’rish: a-suvning harakat chiziqlari; b-gruntni so’rilishida yuvilish sxemasi; v-gruntni so’rilish joyida mexanik qazish; g-zemsnaryadning ishlashida ko’ndalang kesimi va plani.