3-mavzu. XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiy tanqidchiligi. O‘zbek adabiy tanqidchiligi namoyandalari (4 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi) XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiy tanqidchiligi. Professional tanqidchiligining yuzaga kelishi. Yangi janrlarning (taqriz) paydo bo‘lishi. Turg’unlik davri o‘zbek adabiy tanqidchiligi, unda tanqidchilik janrlari rang-barangligi.M. Qo‘shjonov, O.Sharafiddinovning adabiy jarayondagi asarlarga nisbatan tanqidiy qarashlari. Jumladan, M.Qo‘shjonov (1919-2005) ning adabiy tanqidchilikka oid «Oybek mahorati», «Abdulla Qahhor mahorati», «Mahorat sirlari», «Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati», «O‘zbekning o‘zligi», Onajonim she’riyat», «Abdulla Oripov» kitoblari tahlili. Ozod Sharafiddinov (1929-2005)ning «Zamon. Qalb. Poezziya.», «Lirika haqida mulohazalar». «Nihollar» maqolalari, «Adabiy etyudlar»,«Iste’dod jilolari», «Birinchi mo‘’jiza», «Adabiyot-hayot darsligi», «Hayot bilan hamnafas», «Go‘zallik izlab», «Abdulla Qahhor», “Dovondagi o‘ylar”, “Ijodni anglash baxti” kitoblari tahlili.
4-mavzu. Milliy istiqlol davri tanqidchiligi (4 soat ma’ruza, 6 soat laboratoriya ishi) Milliy istiqlol davri tanqidchiligi: adabiy jarayon va adabiy tanqid. Tanqidchilikda ijodiy metod va adabiy konseptsiyaning o‘zgarishi. Ijod erkinligi. Estetik tahlil – adabiy tanqidchilikning asosiy mezoni.
Mustaqillik yillarida tarixiy-biografik tadqiqotlar yaratishga e’tibor kuchayganligi. M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, N.Karimov, E.Karimov, U.Normatov, B.Qosimov, A.Aliev, Sh.Turdiev, A.Jalolov, I.Haqqulov singari adabiyotshunoslar XX asr yozuvchilari haqida salmoqli tadqiqotlar yaratganligi. Ular safiga B.Karimov, N.Jabborov, D.Quronov, U.Hamdam, I. G’aniev, S.Meliev, Sh. Rizaev, R.Qo‘chqor kabi yangi avlod vakillarining kelib qo‘shilganligi. Adabiy tanqidda yangilanish tamoyillari va omillari. Istiqlol davri tanqidida adabiy tanqid metodologiyasining yangilanish tamoyillari. Adabiy tanqidda germenevtik, struktural, semiotik, ontologik, biografik metodlarga e’tibor qaratilganligi. Tanqid va adabiy jarayondagi izlanishlar. Adabiy tanqidda modernizm masalalari. Modernizm atrofidagi bahslar.