Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi «Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fani pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat fanlari bilan birga o‘quv rejadagi «Ona tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi»bilan uzviy bog’liq.
Fanning ta’limdagi o‘rni «Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fani tinglovchilarda ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish, ta’limda kutilgan natijalarga erishish, ta’lim oluvchilarning badiiy tafakkurini yanada o‘stirish va ijodiy faoliyat ko‘nikmasini tarkib toptirish imkoniyatini yaratadi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar «Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish»fanini o‘qitishda zamonaviy (xususan interaktiv) metodlar, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, prezentatsion, elektron-didaktik) texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutiladi. «Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanida ko‘rgazmali va kompyuter vositalaridan, tarqatma materiallardan, shuningdek, mavzu mohiyatiga tayangan holda o‘rganilayotgan metod va usullarning aynan o‘zidan foydalaniladi.
Ona tili va adabiyotdarslarida «Debatlar»tashkil etish va o‘tkazish metodikasi
2
2
9
«T» –chizmasi metodining tavsifi, «Idrok xaritasi» interfaol uslubini ona tili va adabiyot darslarida qo‘llash
2
2
10
Ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida yaratilgan elektron darsliklar, elektron ta’lim vositalari va ularni dars jarayonida qo‘llash
2
2
11
Maktab ona tili va adabiyot kursini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan va texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarish (o‘qituvchi o‘zining elektron portfoliosini yaratishi)
2
2
12
Microsoft Office Power Point dasturi yordamida o‘quv materiallarini, dars taqdimotlarini tayyorlash va filmlar to‘plamidan dars jarayonida foydalanish metodikasi
2
2
13
Virtual muzeylar, virtual kutubxona materiallaridan ona tili va adabiyot darslarida foydalanish
2
2
14
Ona tili va adabiyot fanidan audiovizual multimedia vositalari yordamida metodik mahsulot yaratish usullari va undan foydalanish
2
2
15
Tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bo‘yicha dars ishlanmalari taqdimoti
2
2
Jami
30
10
10
10
1-mavzu: Pedagogik texnologiya turlari va dars modullari. Ona tili va adabiyot fanida darslar mazmuni va jarayoni modullarini belgilash mashqlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot) Pedagogik texnologiya turlari va dars modullari. Pedagogik texnologiya turlari. Pedagogik texnologiya ko‘rinishlari. Pedagogik texnologiyaning faoliyat, ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi, ta’lim-tarbiya jarayoni, xususiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari, turli fanlar bilan bog’liqligi va ilmiy tadqiqotlar sohasiga xos ko‘rinishlari. Umumpedagogik, xususiy va kichik pedagogik texnologiyalar. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari. Pedagogik texnologiyalarni tasniflash.
Dars modullari. Pedagogik texnologiyada modul va algoritm tushunchalari. Modullar–o‘quv materiali mazmuni hamda dars jarayoni modullaridan tashkil topishi, ularning o‘zaro uzviyligi. Kichik modul, modul to‘plami, birlamchi modul va modul darajasi tushunchalari haqida. Pedagogik texnologiya materiallarini modullarga ajratish-modullashtirish jarayonining amaliy ahamiyati.
Pedagogik texnologiyada algoritm va algoritmlash tushunchalari. Algoritmlash-pedagogik texnologiya tarkibiy bo‘laklari (modullari)ning o‘zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligi tartibi (qoidasi)ni belgilash jarayoni ekanligi.
O‘quv fanlari misolida darslar mazmuni va jarayoni modullarini belgilash mashqlari Kursdagi tinglovchilar guruhining mutaxassislik fanlari bo‘yicha ayrim darslar misolida ularning mazmunini hamda jarayonini darsdan ko‘zlangan maqsadga muvofiq ravishda modullashtirish bo‘yicha tinglovchilar ishtirokida amaliy mashqlar bajarish.