O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə23/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
«Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fani pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat fanlari bilan birga o‘quv rejadagi «Ona tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi»bilan uzviy bog’liq.


Fanning ta’limdagi o‘rni
«Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fani tinglovchilarda ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish, ta’limda kutilgan natijalarga erishish, ta’lim oluvchilarning badiiy tafakkurini yanada o‘stirish va ijodiy faoliyat ko‘nikmasini tarkib toptirish imkoniyatini yaratadi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish»fanini o‘qitishda zamonaviy (xususan interaktiv) metodlar, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, prezentatsion, elektron-didaktik) texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutiladi. «Ona tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanida ko‘rgazmali va kompyuter vositalaridan, tarqatma materiallardan, shuningdek, mavzu mohiyatiga tayangan holda o‘rganilayotgan metod va usullarning aynan o‘zidan foydalaniladi.


ONA TILI VA ADABIYOTINI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI VA


LOYIHALASHTIRISH MODULINING
O‘QUV REJASI



Mavzular

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

seminar







1

Ona tili va adabiyotfani bo‘yicha o‘quv topshiriqlarini yaratishga qo‘yiladigan talablar (test tuzish, ijodiy topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi)

2

2






2

Ona tili va adabiyot fanidan dars ishlanmasi yaratish. Darsning texnologik xaritasini ishlab chiqish va loyihalashtirish.

2


2





3

Ona tili va adabiyot darslarida o‘quv tadqiqotlari tashkil etish va o‘tkazish metodikasi. Loyihalar metodining adabiyot darslariga tatbiqi

2



2




4

Ona tili va adabiyot fanlari yo‘nalishida sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil etish metodikasi (tadbir stsenariycini yaratish)

2

2






5

Dars jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish metodikasi (darsning maqsadi va kutilayotgan natijalarni belgilash metodikasi)

2


2





6

Ona tili va adabiyotdarslarida rolli va didaktik o‘yinlarni qo‘llash, davra suhbati tashkil etish metodikasi

2



2




7

Adabiyot darslarida muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi

2

2






8

Ona tili va adabiyotdarslarida «Debatlar»tashkil etish va o‘tkazish metodikasi

2


2





9

«T» –chizmasi metodining tavsifi, «Idrok xaritasi» interfaol uslubini ona tili va adabiyot darslarida qo‘llash

2



2




10

Ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida yaratilgan elektron darsliklar, elektron ta’lim vositalari va ularni dars jarayonida qo‘llash

2

2






11

Maktab ona tili va adabiyot kursini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan va texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarish (o‘qituvchi o‘zining elektron portfoliosini yaratishi)

2


2





12

Microsoft Office Power Point dasturi yordamida o‘quv materiallarini, dars taqdimotlarini tayyorlash va filmlar to‘plamidan dars jarayonida foydalanish metodikasi

2



2




13

Virtual muzeylar, virtual kutubxona materiallaridan ona tili va adabiyot darslarida foydalanish

2

2






14

Ona tili va adabiyot fanidan audiovizual multimedia vositalari yordamida metodik mahsulot yaratish usullari va undan foydalanish

2


2





15

Tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bo‘yicha dars ishlanmalari taqdimoti

2



2





Jami

30

10

10

10






1-mavzu: Pedagogik texnologiya turlari va dars modullari. Ona tili va adabiyot fanida darslar mazmuni va jarayoni modullarini belgilash mashqlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot)

Pedagogik texnologiya turlari va dars modullari. Pedagogik texnologiya turlari. Pedagogik texnologiya ko‘rinishlari. Pedagogik texnologiyaning faoliyat, ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi, ta’lim-tarbiya jarayoni, xususiy fanlarni o‘qitish texnologiyalari, turli fanlar bilan bog’liqligi va ilmiy tadqiqotlar sohasiga xos ko‘rinishlari. Umumpedagogik, xususiy va kichik pedagogik texnologiyalar. Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari. Pedagogik texnologiyalarni tasniflash.
Dars modullari. Pedagogik texnologiyada modul va algoritm tushunchalari. Modullar–o‘quv materiali mazmuni hamda dars jarayoni modullaridan tashkil topishi, ularning o‘zaro uzviyligi. Kichik modul, modul to‘plami, birlamchi modul va modul darajasi tushunchalari haqida. Pedagogik texnologiya materiallarini modullarga ajratish-modullashtirish jarayonining amaliy ahamiyati.
Pedagogik texnologiyada algoritm va algoritmlash tushunchalari. Algoritmlash-pedagogik texnologiya tarkibiy bo‘laklari (modullari)ning o‘zaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligi tartibi (qoidasi)ni belgilash jarayoni ekanligi.
O‘quv fanlari misolida darslar mazmuni va jarayoni modullarini belgilash mashqlari Kursdagi tinglovchilar guruhining mutaxassislik fanlari bo‘yicha ayrim darslar misolida ularning mazmunini hamda jarayonini darsdan ko‘zlangan maqsadga muvofiq ravishda modullashtirish bo‘yicha tinglovchilar ishtirokida amaliy mashqlar bajarish.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin