O‘quv bloklari, fanlar va faoliyat turlarining nomlari Soatlarning oylar va haftalar kesimidagi taqsimoti


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi



Yüklə 305,57 Kb.
səhifə31/73
tarix20.09.2023
ölçüsü305,57 Kb.
#145718
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
O\'zbek tili va adabiyoti 2023

Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
Mazkur fan o‘quv rejadagi o‘zbek adabiyoti tarixi, adabiyot nazariyasi, o‘zbek xalq og’zaki ijodi kabi fanlar bilan o‘zaro bog’liq.


Fanning ta’limdagi o‘rni
“Jahon adabiyoti” fanini o‘rganish tinglovchilarga umumta’lim maktab o‘quvchilariga jahon badiiy tafakkuri tadriji, eng qadimgi adabiy manbalar, yirik adabiy yo‘nalishlar va oqimlar XIX –XX asrlarda jahon adabiyoti, MDH mamlakatlari adabiyoti yirik namoyandalari ijodi, o‘zbek-xorij adabiy aloqalarini to‘g’risidagi umumiy ma’lumotlarni berish, mazmun-mohiyatini ochib berib imkonini beradi.


Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Jahon adabiyoti” fanini o‘qitishda adabiy-badiiy adabiyotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, audio-video lavhalar, o‘quv filmlari, elektron vositalardan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol usullarni qo‘llash muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
JAHON ADABIYoTIMODULINING
O‘QUV REJASI





Mavzular

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

seminar







1

“Jahon adabiyoti” fanining maqsad vavazifalari. Fanning ob’ekti, geografik miqyosi, davrlashtirilishi

2

2






2

Eng qadimgi Sharq adabiyoti

4

2

2





3

Antik davr, attika va ellinizm davrlari yunon adabiyoti. Rim adabiyoti.

4

2


2




4

O‘rta asrlar adabiyoti

4

2

2





5

Uyg’onish davri adabiyoti

4


2

2




6

XVIII asr adabiyoti: ma’rifatparvarlik adabiyoti, romantizm davri adabiyoti

4

2


2




7

XX asr oxiri va XXI asr jahon adabiyoti

4


2

2




8

MDH mamlakatlari adabiyoti

4


2

2





Jami

30

10

10

10






1-mavzu. “Jahon adabiyoti” fanining maqsad vavazifalari.
Fanning ob’ekti, geografik miqyosi, davrlashtirilishi
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
“Jahon adabiyoti” fanining nomlanishi, ob’ekti, geografik miqyosi. Adabiy jarayonni davrlashtirish. Fanning maqsad va vazifalari. Mif va jahon adabiyoti. Mifning jahon adabiyoti tadrijidagi o‘rni. Mifologiya va mif poetikasi jahon adabiyotini o‘rganishda adabiy-nazariy, falsafiy-estetik asos sifatida.


2-mavzu. Eng qadimgi Sharq adabiyoti (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Jahon badiiy tafakuri rivojida eng qadimgi adabiy manbalarning o‘rni. Hududiy va milliy tarkibi: Shumer – Bobil adabiyoti, Misr adabiyoti, Eron adabiyoti, Hind adabiyoti, Xitoy adabiyoti. Mifologiyasi, adabiy namunalari, qadimgi Sharq xalqlari adabiyotining jahon adabiyotiga ta’siri masalasi. Shumer adabiyoti jahon adabiyotining ibtidosi sifatida. Shumerlar tamadduni. Shumer adabiyoti yodgorliklarining ko‘lami va janrlari. Gilgamish haqida doston” eposi. Gilgamish – abadiy hayot izlovchi epik qahramon. Qadimgi hind madaniyati. “Rigveda” – hind adabiyoti va madaniyatining buyuk ibtidosi. Hind eposlari.


3-mavzu. Antik davr, attika va ellinizm davrlari yunon adabiyoti.
Rim adabiyoti(2 soat ma’ruza, 4 soat laboratoriya ishi)
Qadimgi Sharq adabiyotining antik adabiyot bilan mushtarak jihatlari: mifologiyadagi va eposdagi mushtaraklik. Homerning “Iliada” va “Odessiya” dostonlari. Dostonlarning mavzusi, tarixiyligi va mifologik elementlari. Axill va Odessey obrazlarida aks etgan Homerning axloqiy-estetik qarashlari, “Odessiya” va “Alpomish”. Gesiodning “Mehnat va kunlar” asari. “Mehnat va kunlar” didaktik asar sifatida. Gesiod va Sharq didaktikasi. Yunon lirikasi. Monodik va tantanali lirika. Elegiya va Yamb. Yunon lirikasida vazn.Attika va ellinizm davri yunon adabiyoti.Dramaning paydo bo‘lishi. Yunon teatrining xususiyatlari. Ilk dramaturglar: Esxil, Sofokl, Evripid. Aristofon va komediya janri. Yunon prozasi va uning yo‘nalishlari. Tarixiy, ritorik, falsafiy proza va ularning badiiy adabiyotga aloqadorligi. Ellinizm davrida yangi komediya. Aleksandriya poeziyasi va uning o‘ziga xosliklari. Yunon adabiyotining jahon adabiyotiga ta’siri.Rim adabiyotining asosiy taraqqiyot bosqichlari va yo‘nalishlari. Dastlabki Rim shoirlari. Rim adabiyotida tarixshunoslik. Rim adabiyotining “oltin davri”. Vergiliyning “Eneida” dostoni. “Bukolikalar” va “Georgikalar”. Rim poeziyasining o‘ziga xosliklari. Goratsiy ijodi. Goratsiy “Epodlar”i, “Satiralar”i va “Nomalar”i. Rim elegiyasi va Ovidiy ijodi. Ovidiyning “Metamorfozalar” asari.



Yüklə 305,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin